Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi.
 
Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadi.
 
Davlatimiz rahbari sessiyaning yalpi qismida soʻzga chiqib, xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan oʻz nuqtayi nazarini taqdim etadi hamda Oʻzbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi.
 
Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib oʻtish masalalariga toʻxtalib oʻtiladi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.
 
Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari 2017-yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham qator muhim taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi.
 
Ularni amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam oʻtkazilmoqda. Xususan, ikkinchi shunday uchrashuv oʻtgan yili noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi.
 
2018-yil mart oyida poytaxtimizda Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi, uning yakunida afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlash boʻyicha oʻziga xos “yoʻl xaritasi”ga aylangan deklaratsiya qabul qilingan edi.
 
Oʻsha yilning dekabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.
 
Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konvensiyaning dolzarbligi joriy yil avgust oyida oʻtgan “Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” Samarqand forumining xalqaro ishtirokchilari tomonidan yana bir bor qayd etildi.
 
Ikki yil avval tashkil etilgan Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik asosidagi Trast fondi amaliy faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Qayd etish joizki, Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
 
  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash