Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentyabr oylarida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida bino va inshootlar qurish ishlarining o‘tgan yildagi ulushiga nisbatan 1,1 % punktga ko‘payib, jami qurilish ishlarining 73,3 % ini tashkil etdi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 27,7 % ni tashkil etib, 2019- yilning yanvar-sentyabr oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,5 % punktga ko‘paydi.

Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2019  yilning yanvar-sentyabr oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,8 % punktga kamayib, 48,6 % ni  tashkil etdi.

Axborot xizmati