Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Namangan tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan seminarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari haqida fikr-mulohaza yuritildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma'lumotlar ularni ro‘yxatga olish asosida olinishi, bu aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflar bilan belgilanishi haqida so‘z yuritdi.

Shovot tumani hokimligida o‘tkazilgan tadbirda aholini ro‘yxatga olishda vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli komissiyalar rahbarlari farmonda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi borasida so‘z yuritildi. Viloyat statistika boshqarmasining Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zokir Babadjanov farmonning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g’risida to‘xtalib o‘tdi.

Payariq tumanida tashkil etilgan seminarda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda jismoniy hamda yuridik shaxslarning ishtiroki, ular mehnatiga haq to‘lashning aniq mexanizmlari borasida so‘z bordi.

Qamashi tumanida o‘tkazilgan tadbirda hududlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni aniq chora-tadbirlar asosida bajarish va bu borada mas'ul ijrochilar malakasini oshirish xususida to‘xtalib o‘tildi.

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida bo‘lib o‘tgan seminarda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, statistika, tashkilot va korxona rahbarlari, yer resurslari va kadastr bo‘limi hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirok edi. Unda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga vakolatli organ hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish masalari haqida fikr-mulohaza bildirildi.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tadbirda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini nazorat qilish, ro‘yxatga olish materiallarni qayta ishlashni tashkil etish va yakuniy natijalarni e'lon qilish masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

 

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash