Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Murojaat uchun shaxs №1

F.I.SH.:

Sharipov Jamshid Tuxtasinovich

Lavozimi:

Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig`i

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100192

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 2308047

Faks(davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 2308046

Elektron pochta:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Murojaat uchun shaxs №2

F.I.SH.:

Avakova Anjela Georgievna

Lavozimi:

Sanoat bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni va sanoatni rivojlantirish dasturlarining indikatorlarini shakllantirish bo`limi boshlig`i

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100192

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998– 71 – 2308061

 

0-1. ASOSLAR

0.2 Resurslar

0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnik, elektron hisoblash va moliyaviy resurslar

Ishlab chiqarish indeksini shakllantirish bilan Markaziy apparatda 15 nafar xodim va hududiy statistika boshqarmalarining sanoat bo`limlarida 4-5 nafar xodim shug`ullanadi.

Xodimlar soni sanoat statistikasi bo`yicha statistika ma`lumotlarini shakllantirish uchun qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli.

Barcha xodimlar iqtisodiy sohada oliy ma`lumotga ega va har ikki yilda kamida bir marta Davlat statistika qo`mitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida o`qitiladi.

Har bir ish o`rni shaxsiy kompyuter bilan ta`minlangan, dasturiy ta`minot muntazam yangilanib turiladi.

Taqdim etilgan moliyaviy resurslar sanoat statistikasi bo`yicha Davlat statistika ishlari dasturida keltirilgan ishlarni bajarish uchun yetarli.

 

2. METODOLOGIYA

2.1 Kontseptsiya va ta`riflar

2.1.1 Kontseptsiya va ta`riflar

Davlat statistika qo`mitasi Xalqaro standartlar talablariga moslashtirilgan uslubiyatni qo`llagan holda ishlab chiqarish indeksini hisoblashni 2003 yildan beri Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasining tavsiyalariga muvofiq ravishda amalga oshiradi.

Ishlab chiqarish indeksini hisoblashning uslubiy asosi bo`lib O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2014 yil 10 dekabrdagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Deflyatsiyalash usuli bilan qayta ishlash sanoatining jismoniy hajmi indeksini hisoblash bo`yicha uslubiy nizom»i hisoblanadi.

Uslubiy nizomlar «Sanoat statistikasi bo`yicha xalqaro tavsiyalar 2008 yil», «Sanoat ishlab chiqarish indeksi uchun xalqaro tavsiyalar 2010 yil» bilan muvofiqlashtirilgan.

2.2 Statistik qamrov

2.2.1 Statistik qamrov

2.2.1.1 Ma`lumotlarning statistik qamrovi

Ma`lumotlarning geografik qamrovi Qoraqalpog`iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrini o`z ichiga oladi.

Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi quyidagi sanoat faoliyatlarini o`z ichiga oladi:

a) yirik korxonalar;

b) kichik korxona va mikrofirmalar;

v) yakka tartibdagi tadbirkorlar va uy xo`jaliklari tomonidan o`z iste`moli va sotish uchun sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish.

2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar

Hech qanday istisnolar yo`q.

2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat

Yashirin iqtisodiyot hisobga olinmaydi.

2.3 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2.3.1 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

Faoliyat turlari bo`yicha taqsimlash O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (OKED 2-nashr) ga muvofiq amalga oshiriladi, bu Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy faoliyat tasniflagichi (KDES 2-nashr) ga tengdir.

Hisobning asosiy birligi bu – institutsional birlik.

2.4 Hisobga olish asosi

2.4.1 Baholash

Sanoat mahsuloti hajmining qiymatini aniqlashda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning ularning qachon sotilishidan qat`iy nazar ishlab chiqarish vaqtidagi narxlarda aniqlanadi.

Deflyator sifatida, joriy narxlardagi ishlab chiqarish xajmini tayanch davridagi narxlarga olib kelish uchun ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksidan foydalaniladi.

2.4.2 Hisobga olish asosi

Yuridik shaxslar bo`yicha ma`lumotlar hisoblash asosida tuziladi.

2.4.3 Yalpi/sof ko`rsatkichlarni hisoblash tartiblari

Sanoat ishlab chiqarishining qiymati yalpi ko`rsatkich sifatida tavsiflanadi. Sanoat ishlab chiqarish indekslari yalpi qo`shilgan qiymatning vaznlaridan foydalanilgan holda iqtisodiy faoliyat turi bo`yicha hisoblanadi.

 

3. ANIQLILIK VA ISHONCHLILIK

3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar

3.1.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish dasturlari

Keng qamrovli va muntazam yangilanadigan korxona registri korxonalarning statistik kuzatuvlarini o`tkazish asosi hisoblanadi. Korxonani ro`yxatga olish tartibi (jumladan birliklarni qo`shish, faoliyatini to`xtatgan birliklarni chiqarib tashlash, mulkchilikka qo`shilish va o`zgartirishlarni qayd etish) talablarga mos keladi. Boshlang`ich ma`lumotlar, ma`lumotlar yig`ish dasturining keng qamrovli xususiyatini ta`minlash maqsadida doimiy ravishda tahlil qilinadi. Hisobot shakllari o`zgargan vaziyatlarni hisobga olish uchun vaqti-vaqti bilan ko`rib chiqiladi.

Sanoat mahsuloti indeksini hisoblash uchun davlat statistika hisobotlarining birlamchi statistik ma`lumotlar bazasi bo`lib:

- yiliga bir marta, yirik korxonalar uchun davlat statistika hisoboti, kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo`jaliklari uchun yagona hisobot, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkolar va uy xo`jaliklarining sanoat mahsulotlari (ish, xizmat) ishlab chiqarishdagi faoliyatini baholash bo`yicha ma`lumotlari asosida sanoat mahsulotlari umumiy hajmiga doir aniqlashtirilgan ma`lumotlar shakllantiriladi;

- oylik sanoat mahsuloti hajmi yirik sanoat korxonalari va tashkilotlarning hisobot ma`lumotlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat ishlab chiqarish hajmini baxolash asosida tezkor tartibda aniqlanadi.

Uy xo`jaliklarini statistik kuzatuvlari muntazam ravishda o`tkaziladi. yakka tartibdagi tadbirkorlarning ishlab chiqarish faoliyatini hisoblash uchun ma`muriy hisob ma`lumotlari yetarli darajada detallashtirilgan.

3.1.2 Ta`riflar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, baholashlar va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri

Dastlabki ma`lumotlar asosiy davrda qilingan hisob-kitoblar vaqti bilan to`g`ri keladi. Faoliyat doirasi eng muhim sanoat guruhlari ichiga mos keladi.

Ma`lumotlarni chop etish muddatlari: oylik – hisobot davridan keyingi 8 ish kunidan kechiktirmay, yillik – hisobot davridan keyingi 5 oydan kechiktirmay.

3.1.3 Boshlang`ich ma`lumotlarning o`z vaqtida tayyor bo`lishi

Ma`lumotlarni yig`ish dasturi Davlat statistika ishlari dasturi tomonidan tartibga solinadi.

Sanoat mahsuloti indekslari to`g`risidagi ma`lumotlar Davlat statistika qo`mitasi tomonidan har oyning 7 sanasida shakllantiriladi va ushbu ma`lumotlar tegishli standartlarga mos keladi.

3.2 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

3.2.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

Korxonalardan olingan ma`lumotlar tahlil qilinib, nafaqat tuman va viloyat statistika organlari darajasida, qolaversa Davlat statistika qo`mitasida ham nazorat va tekshiruvdan o`tadi. Ro`yxatga olish, tasniflash va xatolarni tekshirishda aniqlangan xato va kamchiliklar albatta repondentlar bilan yana bir bor aniqlashtirilib olinadi.

Dastlabki ma`lumotlar boshqa tegishli ma`lumot manbalari bilan taqqoslama qilish maqsadida tahlil qilinadi.

3.3 Statistik usullar

3.3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar bilan ishlashda statistik usullar

Ayrim toifalar (jismoniy shaxslar, ikkilamchi faoliyat va boshqalar) uchun baholash hisob kitoblari so`rovnomalar ma`lumotlari bilan kontseptual muvofiqlashtirilgan va umumiy yondashuvlarga ega.

Respondentlar tomonidan taqdim etiladigan ma`lumotlarning majburiyligi «Davlat statistikasi to`g`risida» gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilab qo`yilgan.

Ishlab chiqarish indeksini hisoblash mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) qiymat jihatidan ishlab chiqarish dinamikasiga oid ma`lumotlardan foydalanish asosida deflyatsiya usuli bilan amalga oshiriladi, keyinchalik iqtisodiy faoliyat turi bo`yicha kengaygan individual indekslarni bosqichma-bosqich birlashtiradi.

Sanoat mahsuloti indekslari ma`lum bir vaqt mobaynida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini aks ettiruvchi vazndagi miqdor hisoblanadi.

Aggregatsiya uchun vazn sifatida, asosiy yilning iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning yalpi qo`shilgan qiymati ishlatiladi. Hisob-kitoblarda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning narx indekslari qo`llaniladi.

Asosiy davr uchun ishlab chiqarish indeksini hisoblashga hisobot yilidan oldingi yil ishlatiladi (t-1); narx indekslari va qo`shilgan qiymatni hisoblashning asosiy davri sifatida ishlab chiqarish indeksini hisoblash uchun qabul qilingan asosiy davrga nisbatan avvalgi yil ko`rsatkichlari (t-2) ishlatiladi.

3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar

Ma`lumotlarni tuzatish va qayta ishlash asoslangan usullar yordamida amalga oshiriladi. «2008 yil uchun sanoat statistikasi bo`yicha xalqaro tavsiyalar» va «2010 yil uchun sanoat mahsuloti indeksi bo`yicha xalqaro tavsiyalar» bilan muvofiqlashtirilgan, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2015 yil 9 iyundagi 9-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmini baholash bo`yicha metodik qo`llanma» ga asosan ishlab chiqarish faoliyati hajmi xisoblanadi.

Hisob-kitoblarda soliq organlari ma`lumotlaridan, o`zi ishlab chiqargan mahsulotni sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tanlanma kuzatuvi ma`lumotlaridan, uy xo`jaliklari kuzatuvlari ma`lumotlaridan foydalaniladi.

3.4 Ma`lumotlarni taqqoslash

3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash

Baholangan va hisobot ma`lumotlari muntazam ravishda solishtirib boriladi. Dastlabki va aniqlashtirilgan ma`lumotlar orasidagi farq judayam kichik.

3.4.2 Oraliq ma`lumotlarni baholash

 

3.4.3 yakuniy statistik ma`lumotlardagi farqlarni va boshqa muammolarni baholash

Avval nashr etilgan ma`lumotlarda nomuvofiqlik mavjud bo`lsa, keyingi ma`lumotlarda bu ma`lumotlarga o`zgartirish kiritiladi.

3.5 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish tahlili

3.5.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni o`rganish va tahlil qilish

Dastlabki yillik yanvar-dekabr oylari uchun ko`rsatkichlari yillik hisobot ma`lumotlari bilan hisobot davridan 5 oydan keyin taqqoslanadi. 2016 yildan boshlab OKED (2-nashr) tasniflagichiga o`tilishi sababli 2010 yildan 2015 yilgacha yillik hajmlar va sanoat ishlab chiqarish indekslari qayta hisoblab chiqildi.

 

4. AMALIY YAROQLILILIK

4.1 Davriylik va o`z vaqtidaligi

4.1.1 Davriylik

Sanoat ishlab chiqarish indekslari har oyda hisoblanadi, aniqlashtirilgan ma`lumotlar esa yillik hisobot asosida.

4.1.2 O`z vaqtidaligi

Ishlab chiqarish indeksi hisobot davridan keyingi oyning 8 kuni, yillik ko`rsatkichlar esa hisobot davridan keyin 5 oydan kechikmasdan e`lon qilinadi (MTUT ma`lumotlarini tarqatish standartlariga to`g`ri keladi) . MTUT ma`lumotlarni nashr qilish taqvimida belgilangan vaqt jadvaliga asosan e`lon qilinadi.

4.2 Qiyosiylik

4.2.1 Ichki qiyosiylik

Statistik qatorlar ichki taqqoslash bilan tavsiflanadi.

4.2.2 Vaqt bo`yicha qiyosiylik

1992 yildan beri sanoat ishlab chiqarish bo`yicha dinamik qatorlar mavjud. Xalqaro valyuta jamg`armasining missiyasi tavsiyalariga muvofiq Davlat statistika qo`mitasi 2003 yildan beri xalqaro standartlar talablariga moslashtirilgan ishlab chiqarish indeksini hisoblab boradi.

1995 yildan buyon fizik hajm indeksi bo`yicha dinamik qatorlar mavjud, 2010 yildan buyon IFTUT ko`rsatkichlari tarkibi bo`yicha qayta hisoblab chiqilgan.

4.2.3 Sektorlar va sohalar o`rtasidagi qiyosiylik

 

4.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish

4.3.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish jadvali

Oylik ma`lumotlar qayta ko`rib chiqilmaydi, yillik ma`lumotlar may oyida aniqlashtiriladi.

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko`rib chiqilgan ma`lumotlarni aynan shu toifasi bo`yicha belgilash

Sanoat ishlab chiqarish indeksi bo`yicha ma`lumotlar Davlat statistika qo`mitasi dasturida belgilangan muddatlarda aniqlashtirilgan yillik hisobotlar asosida qayta ko`rib chiqiladi.

4.3.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni tahlil qilish va o`rganish bo`yicha olingan natijalarni tarqatish

Statistik to`plamlarda oldingi yil uchun ayrim ko`rsatkichlar qayta ko`rib chiqilganligi ko`rsatiladi. Qayta ko`rib chiqilgan (yakuniy) ma`lumotlar Davlat statistika qo`mitasining nashrlari orqali chop etiladi.

 

5. QULAYLIGI

5.1 Ma`lumotlar

5.1.1 Statistik ma`lumotlarni taqdim etish shakli

Ishlab chiqarish indekslari to`g`risidagi ma`lumotlar foydalanuvchilarga «O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati», «O`zbekiston Respublikasining statistik tasviri», «O`zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» va boshqa nashrlar orqali taqdim etiladi.

5.1.2 Ma`lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari

5.1.2.1 Bosma shaklida – yangi nashrlar

Ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining nashrlari orqali chop etilgan shaklda foydalanuvchilarga tarqatiladi: «O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati» (choraklik), «O`zbekiston Respublikasining statistika taviri» (choraklik), «O`zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» (2 yilda bir marta) va boshqalar.

5.1.2.2 Bosma shaklida – yangi nashrlar

Mavjud emas.

5.1.2.3 Bosma shaklida – Oylik byulletenlar

Oylik byulletenlarda chop etilmaydi.

5.1.2.4 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar

«O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati», «O`zbekiston Respublikasining statistik tasviri».

5.1.2.5 Bosma shaklida – Boshqalar

Foydalanuvchilarning maxsus talablari bo`yicha jadvallar.

5.1.2.6 Elektron shaklda – Onlayn byulletenlar yoki ma`lumotlar

Har chorakda veb saytda «O`zbekiston Respublikasining statistik tasviri» nashr etiladi.

. 5.1.2.7 Elektron shaklda – Boshqalar

Davlat boshqaruv organlari va boshqa foydalanuvchilarga so`rovlar bo`yicha har chorakda va har yili ma`lumotlar elektron shaklda jadvallarda taqdim etiladi.

5.1.5 So`rov bo`yicha ma`lumotlarni tarqatish

O`zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi to`g`risida» gi qonuniga, «O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi to`g`risida» gi nizomga, Statistik axborotlarni tayyorlash va tarqatish ishlarini tashkil etish qoidalari va boshqa me`yoriy hujjatlarga muvofiq, statistik ma`lumotlar foydalanuvchilarga so`rovlari bo`yicha belgilangan tartibda taqdim etib boriladi. Statistik axborotlarni tarqatish yuridik va jismoniy shaxslarni yozma so`rovlari bo`yicha bosma yoki elektron jadval ko`rinishda, statistik to`plamlar, byulletenlar, tezkor axborot shaklida, shuningdek tomonlar o`rtasidagi axborot almashinuvi to`g`risidagi bitimlarga asosan amalga oshiriladi.

5.2 Metama`lumotlar

5.2.1 Kontseptsiyalar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, hisobga olish asosi, ma`lumotlar manbasi va statistik usullar to`g`risidagi hujjatlarni tarqatish

Davlat statistika qo`mitasining veb saytida (https://lib.stat.uz/uz/uslub-mater-uz/sanoat) statistika ko`rsatkichlarini shakllantirish va hisoblash uchun uslubiy ko`rsatmalar joylashtirilib kelinadi.

 

9. REJALAR

9.1 Oxirgi

9.1.1 Takomillashtirish rejalari – Oxirgi takomillashtirishlar

 

9.2 Umumiy

9.2.1 Takomillashtirish rejalari – Qisqa muddatlilari

 

9.2.2 Takomillashtirish rejalari – O`rta muddatlilari

Zamonaviy xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining hajmini hisoblash metodologiyasini takomillashtirish.

2018 yildan boshlab ishlab chiqarish indeksini diskret choraklar bo`yicha hisoblashni amalga oshirish.

9.3 Moliyaviy

9.3.1 Takomillashtirish rejalari – Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar – Qisqa muddatli

Moliyalashtirish Davlat statistika ishlari dasturi doirasida ko`zda tutilgan.

9.3.2 Takomillashtirish rejalari - Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar– O`rta muddatli

Moliyalashtirish Davlat statistika ishlari dasturi doirasida ko`zda tutilgan.

Tugmani bosing Tinglash