O'zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, aholida kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirish va sog'lom ovqatlanish targ'ibotini sog'lom turmush tarzi garovi sifatida kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

sportichi1290321

Ma'lumki, hukumat tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta'minlash bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

sportichi2290321

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi davlat statistika idoralari tizimida ommaviy sportni, sog'lom turmush tarzini va sog'lom ovqatlanishni yanada rivojlantirishga ko'maklashish bo'yicha qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

sportichi3290321

Xususan, 2020- yil 13- oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasida "Ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish chora-tadbirlari dasturi" ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu dastur doirasida Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar xodimlari o'rtasida har shanba kuni mini-futbol, basketbol, haftasiga 3 marta gimnastika, stol tennisi bo'yicha mashg'ulotlar o'tkaziladi. Bundan tashqari, tizim xodimlari o'rtasida piyodalar va velosiped harakatini targ'ib qilish ishlari olib borilmoqda.

sportichi4290321

Qo'mita markaziy binosida sport anjomlari bilan jihozlangan sport zali ta'mirlanib, sport bilan shug'ullanish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shuningdek, davlat statistika organlari tizimida sog'lom turmush tarzi, sog'lom ovqatlanishni targ'ib qilish bo'yicha bukletlar va boshqa axborot materiallari tayyorlanmoqda va tarqatilmoqda.

sportichi5290321

Shuningdek, muntazam ravishda markaziy apparat va hududiy statistika organlari xodimlari uchun seminarlar o'tkazilmoqda. Ommaviy sportni yanada rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, pandemiya sharoitida sanitariya qoidalariga rioya qilish bo'yicha malakali mutaxassislar jalb etilmoqda.

sportichi6290321

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Matbuot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Aholini ro'yhatga olish portaliga o'tish

Iltimos, ishonch telefoni xizmati sifatini baholang

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish

Videolar

Aholini onlayn ro'yxatga olish jarayonlari boshlandi

4 ta hududa sinov tariqasida aholi ro'yxatga olinmoqda

Aholini ro'yxatga olish jarayoni bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokida uchrashuv

Xorijiy ekspertlar ishtirokida aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish bo’yicha uchrashuv

Sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish tadbirlari davom etmoqda

Xorijiy ekspertlar sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish jarayonlarida ishtirok etishmoqda

Aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish bo'yicha debrifing

Xorijiy ekspertlar aholini sinov tariqasida ro'yxatga olish bo'yicha tavsiyalar berishdi

Xorijiy ekspertlar sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish jarayonlarida ishtirok etishmoqda

24- oktabr – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

Davstatqo'm boshqarma boshlig'i Qobil Berdiqulov bilan suhbat

Aloqa va axborotlashtirish sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi

2021- yil noyabr oyida 4 ta hududda aholi sinov tariqasida ro'yxatga olinadi

Ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari

Uzreport TV “Rasmiy statistika to'g'risida”gi qonunining mazmuniga bag'ishlangan matbuot anjumani

Uzreport TV Multiindikator klaster kuzatuvlariga bag'ishlangan matbuot anjumani

Multiindikator klastеr kuzatuvlarida faol qatnashing!

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Oliy Majlisda muhokama qilindi

Farg'ona viloyatida ham aholini ro'yxatga olish ishlariga puxta tayyorgarlik ko'rilmoqda

Peshku tumanidagi aholini ro'yxatga olish tadibirlariga tayyorgarlik jarayonidan lavha

OCHIQ MA`LUMOTLAR PORTALI

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portalining asosiy muvofiqlashtiruvchisi va asosiy etkazib beruvchisi hisoblanadi.

 

10,000+

MA'LUMOTLAR BERILDI

19

KATEGORIYALAR

149

TASHKILOTLARI

 

data.gov.uz

 

AHOLINI RO'YXATGA OLISH 2023 

O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq me'yoriy-xujjatlar, uslubiy qo‘llanmalar, nashrlar, foto materiallar, videoroliklar va boshqa ma'lumotlar mavjud.

 

 

 

aholi.stat.uz

 

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI

2015 yil 25 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 70/1-sonli "Dunyomizni o'zgartirish. 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi" rezolyutsiyasini qabul qildi va u 2016 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.Ushbu hujjat kompleks xarakterga ega 17 maqsad va 169 vazifani o'z ichiga olgan bo'lib, barqaror rivojlanishning har uchta komponenti - iqtisodiy o'sish, ijtimoiy integratsiya va ekologik barqarorlik muvozanatini ta'minlaydi.

 

17

MAQSADLAR

169

VAZIFALAR

100+

KO'RSATKICHLAR

 

nsdg.stat.uz

USLUBIY MATERIALLAR

Uslubiy materiallarning elektron kutubxonasi, uslubiy nizomlar va yo’riqnomalarning tizimlashtirilgan ro’yxati, statistik kuzatuvlar o’tkazish va tashkillashtirish masalalarini reglamentlashni o’z ichiga oladi.

 

197

UMMUMIY MATERIALLAR

167

AMALDAGI MATERIALLAR

30

BEKOR QILINGAN MATERIALLAR

 

lib.stat.uz

 

 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining “kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi” (kMTUT) mamlakatlarni iqtisodiy salohiyatini namoyon qiluvchi asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Tizim doirasida asosiy iqtisodiy, moliyaviy va ayrim ijtimoiy ko‘rsatkichlar belgilangan talablar asosida e’lon qilib boriladi.

Mazkur sahifada nafaqat Davlat statistika qo‘mitasi, balki tizimning boshqa ishtirokchilari, ya’ni Moliya vazirligi, Markaziy bank va “Toshkent” RFBning tegishli ma’lumotlari bir resursga mujassamlashtirilgan.

 

24

KATEGORIYA

420+

INDIKATORLAR

4

TASHKILOTLAR

 

nsdp.stat.uz

GENDER STATISTIKASI

Gender statistikasi bu - ayollar va erkaklarning gender nuqtai nazaridan farqini aniqlash va buni tizimli ravishda o`rganib borish uchun, ayol va erkaklarning muhim ahamiyatga ega bo`lgan barcha yo`nalishlardagi haqiqiy o`rnini xolisona aks ettiruvchi statistika hisoblanadi 

8

ASOSIY KO'RSATKICHLAR

8

TAHLILIY MALUMOTLAR

5

GENDER KO'RSATKICHLARI

 

gender.stat.uz

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech