Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha mulkchilik shakllaridagi tashkilotlarning 2016 yilda 49770,6 mlrd.so`m (16782,3 mln. AQSh dollari dollar ekvivalentida) yoki 2015 yilga nisbatan 107,7 foiz asosiy kapitalga investitsiyalaridan foydalanildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991 yilga nisbatan 4,2 martta, 2000 yilga nisbatan 5,4 martta, 2005 yilga nisbatan 4,3 martta va 2010 yilga nisbatan 170,1 foizga ko`paydi.

1 diagramma

Asosiy kapitalga investitsiyalar

YaIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2016 yilda 25,0 foizni tashkil etib, o`tgan yildagiga nisbatan 0,6 foiz punktga o`sdi (1991 yil 18,8 foiz, 2000 yilda 22,9 foiz, 2005 yilda 19,9 foiz, 2010 yilda 24,6 foiz va 2015 yilda 24,4 foizni tashkil etgan).

2 diagramma

Asosiy kapitalga investitsiyalarning YaIMdagi ulushi

(foizda)

3 diagramma

2016 yilda hududlarning Respublika bo'yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmidagi ulushi

2016 yilda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 62,0 foizi Toshkent shahri, Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida o`zlashtirildi (mos ravishda jami investitsiyalarning 20,5 foizi, 14,2 foizi, 11,6 foizi, 8,0 foizi va 7,5 foizi o`zlashtirildi).

Investitsion faollik ko`proq Surxondaryo, Buxoro viloyatlari, Toshkent shahri va Navoiy viloyatlarida kuzatildi (2015 yilga nisbatan 1,1 – 1,5 martta ko`payish). Toshkent viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikalarida esa o`tgan yilga nisbatan asosiy kaitalga investitsiyalar 12,6 – 44,0 foizga kamaydi. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar 2016 yilda 1562,8 ming so`m yoki 2015 yilga nisbatan 105,8 foizni tashkil etdi.

4 diagramma

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar

5 diagramma

2016 yil uchun aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga investitsiyalar

6 diagramma

2016 yilda aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalarning o'sish surati

(foizda)

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar Toshkent shahrida 4243,4 ming so`m yoki o`tgan yilining mos davriga nisbatan 131,0 foiz, mos ravishda Buxoro (3146,8 ming so`m yoki 120,9 foiz), Qashqadaryo (2305,7 ming so`m yoki 107,6 foiz), Navoiy (3043,7 ming so`m yoki 145,2 foiz), Sirdaryo (1557,3 ming so`m yoki 106,5 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

57 foizdan ortiq asosiy kapitalga investitsiyalar quyidagi iqtisodiy faoliyat turlariga yo`naltirildi: qayta ishlash sanoati (18,1 foiz), tog`-kon sanoati (14,4 foiz), tashish va saqlash (11,6 foiz), elektr energiyasi, gaz, bug` va konditsiyalangan havo (5,4 foiz), ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalar va mototsikllarni ta`mirlash (4,9 foiz), ta`lim (2,7 foiz), sog`liqni saqlash va ijtimoiy hizmatlar ko`rsatish (2,3 foiz), jami faoliyat turlaridan tashqari: turar joy qurilishiga investitsiyalar (22,3 foiz).

1 jadval

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi

  2015 y. 2016 y.
  mlrd. Jamiga nisbatan mlrd. Jamiga nisbatan
so`m foizda so`m foizda
Jami 41670,5 100,0 49770,6 100,0
qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi 1375,5 3,3 1646,4 3,3
tog` – kon sanoti 9701,1 23,3 7173,4 14,4
ishlab chiqarish sanoati 5346,2 12,8 8992,0 18,1
elektr energiyasi, gaz, bug` va konditsiyalangan havo 2244,5 5,4 2722,6 5,4
suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig`ish va qayta ishlash 446,6 1,1 717,3 1,4
qurilish 1057,1 2,5 932,0 1,9
ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalar va mototsikllarni ta`mirlash 2028,8 4,9 2459,2 4,9
tashish va saqlash 3739,5 9,0 5785,0 11,6
ovqatlanish va yashash bo`yicha hizmatlar 476,3 1,1 929,7 1,9
axborot va aloqa 985,3 2,4 1098,5 2,2
moliya va sug`urta faoliyati 511,4 1,2 345,4 0,7
professional, ilmiy va texnik faoliyat 895,4 2,1 501,9 1,0
ta`lim 963,7 2,3 1330,6 2,7
sog`liqni saqlash va ijtimoiy hizmatlar ko`rsatish 950,2 2,3 1140,2 2,3
san`at, ko`ngil ochish va dam olish 189,8 0,5 378,9 0,8
jami faoliyat turlaridan tashqari: turar joy qurilishiga investitsiyalar 9116,3 21,9 11081,7 22,3
boshqa faoliyat turlari 1642,8 3,9 2535,8 5,1

 

7 diagramma

2016 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalar

(jamiga nisbatan foizda)

Jami asosiy kapitalga investitsiyalardan ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalarning ulushi 2015 yilga nisbatan 5,3 foizga oshdi. Undan: kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish (3,9 foiz), to`qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak ishlab chiqarish (1,4 foiz), nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish (0,5 foiz). Mos ravishda, quyidagi faoliyat turlariga o`sish kuzatildi: tashish va saqlash (2,6 foiz), ovqatlanish va yashash bo`yicha hizmatlar (0,8 foiz), suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig`ish va qayta ishlash (0,3 foiz).

Asosiy kapitalga investitsiyalar ulushi tog`-kon sanoatida (8,9 foiz), ulardan xom neft va tabiiy gaz (7,9 foiz), professional, ilmiy va texnik faoliyat (1,1 foiz), qurilish ( 0,6 foiz), moliya va sug`urta faoliyati (0,5 foiz), san`at, ko`ngil ochish va dam olish (0,3 foiz), axborot va aloqada (0,2 foiz) kamayish kuzatildi.

2 jadval

Mulkchilik shakllari bo`yicha asosiy kapitalaga investitsiyalarning tarkibi

(jamiga nisbatan foizda)

  2016y. Ma`lumot uchun
2005y. 2010y. 2015y.
Asosiy kapitalga investitsiyalar 100 100 100 100
Xususiy mulki 83,4 69,1 78,2 83,7
Ommaviy (Davlat) mulki 16,6 30,9 21,8 16,3

 

Nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2016 yilda 83,4 foizni tashkil etdi, bu ko`rsatkich 2010 yilga nisbatan 5,2 foiz punktga ko`paydi. Moliyalashtirishning asosiy hajmi, ya`ni 61,4 foizni xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va xususiy mulkchilik shaklidagi korxnona va tashkilotlar amalga oshirdi va mos ravishda 15,8 foiz punktga ko`paydi.

8 diagramma

Mulkchilik shakillari bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibi

(jamiga nisbatan foizda)

2016 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy qismi, jami investitsiyalarning 55,2 foizi bino va inshootlar qurilishiga yo`naltirildi. Asosiy fondlarning faol qismini rivojlantirishga investitsiyalarning ulushi 2015 yilda 39,8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda 38,3 foizni tashkil etib, 1,5 foiz punktga (2005 va 2010 yilga nisbatan 1,7 foiz punktga) kamaydi.

3 jadval

Asosiy kapitalga investitsiyalarning turlari bo`yicha tarkibi

  2016y. Ma`lumot uchun jamiga nisbatan foizda
mlrd. Jamiga nisbatan foizda
so`m 2005y. 2010y. 2015y.
Asosiy kapitalga investitsiyalar 49770,6 100 100 100 100
shu jumladan: turar joy 11126,7 22,4 11,0 15,1 20,3
bino (turar-joydan tashqari) va inshootlar 16347,4 32,8 40,0 39,1 31,1
mashina, uskuna, transport vositalari 19070,1 38,3 40,0 40,0 39,8
boshqalar 3226,4 6,5 9,0 5,8 8,8

 Mashina, uskuna, transport vositalariga investitsiyalarning hududlar tarkibida quyidagilar salmoqli hajmlarni o`zlashtirdi: Qorqalpog`iston Respublikasi – 59,2 foiz, Navoiy viloyati – 57,8 foiz, Toshkent shahri – 55,6 foiz va Toshkent viloyati – 52,3 foiz.

9 diagramma

2016 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibi

10 diagramma

Asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibi dinamikasi

2016 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 62,5 foizi obyektlarning yangi qurilishiga yo`naltirildi. Mavjud obyektlarni rekonstruksiya qilishga esa jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 19,9 foizi yo`naltirildi, mos ravishda kengaytirishga 0,6 foiz va boshqa yo`nalishlarga 17,7 foiz ionvestitsiyalar yo`naltirildi.

11 diagramma

Moliyalashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalar

2016 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy moliyalashtirish manbaining 53,0 foizini korxonalar va aholining o`z mablag`lari tashkil etgan bo`lsa, jami investitsiyalarning qolgan 47,0 foizi jalb etilgan mablag`lar hisobiga to`g`ri keldi. 2010 yilga nisbatan korxona va aholining o`z mablag`lari ulushi 4,0 foiz punktga o`sdi.

Davlat byudjeti mablag`ining jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 4,5 foizni tashkil etib, 2010 yildagiga nisbatan 1,1 foiz punktga kamaydi.

Bank sohasi va iqtisodiyotning real sektori boshqa qarz mablag`lari ulushi 11,1 foizni tashkil etib, o`tgan yildagiga nisbatan 0,7 foizga kamaydi.

Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 2015 yildagi 19,9 foizga qaraganda ko`proq, 21,3 foizni tashkil etib, o`tgan yildagidan 1,4 foiz punktga ko`paydi.

Davlat byudjetidan investitsiyalar O`zbekiston Respublikasi infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sohani qo`llab-quvvatlash va turmush tarzini yaxshilash maqsadlaridagi manzilli investitsiya dasturini bajarishga yo`naltirildi.

2016 yilda davlat byudjeti mablag`larining asosiy qismi: Toshkent shahri (davlat byudjeti mablag`i hisobidan moliyalashtirilgan jami investitsiyalarning 18,4 foizi), Sirdaryo viloyati (13.6 foiz), Farg`ona viloyati (12,3 foiz), Toshkent viloyati (9,6 foiz), Surxondaryo viloyati (7,6 foiz), Samarqand viloyati (7,3 foiz), Navoiy viloyatlarini (6,5 foiz) rivojlantirishga yo`naltirildi.

4 jadval

Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo`yicha tarkibi

  2016y. ma`lumot uchun
mlrd. jamiga nisbatan foizda jamiga nisbatan foizda
so`m 2005y. 2010y. 2015y.
Asosiy kapitalga investitsiyalar - jami 49770,6 100 100 100 100
shu jumladan mablag`lar xisobidan moliyalashtirildi::          
respublika byudjeti 2221,2 4,5 12,3 5,6 4,5
korxona va aholi 26404,0 53,0 57,5 49,0 52,9
bank kreditlari va boshqa qarz mablag`lari 5523,9 11,1 3,8 9,7 11,8
xorijiy investitsiya va kreditlar 10611,4 21,3 21,7 28,3 19,9
byudjetdan tashqari fondlar, tiklanish va taraqqiyot fondi, sug`oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash fondlarini qo`shgan holda x x 4,8 7,4 x
davlat maqsadli fondlari, bolalar sportini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish fondini qo`shgan holda 5010,1 10,1 x x 10,9

 2016 yilda Davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun amalda 2362,6 mlrd. so`m foydalanildi, ulardan 43,3 foizini Umumta`lim va tibbiyot muassasalarini kapital ta`mirlash va jihozlash, rekonstruktsiya qilish fondi hisobidan (1021,7 mlrd.so`m); mos ravishda 37,7 foiz Respublika yo`l jamg`armasi (891,1 mlrd.so`m), 11,7 foiz OO`Mning material texnik bazasini rivojlantirish fondi (276,4 mlrd.so`m), 7,3 foiz Sug`oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash fondi (173,4 mlrd.so`m) hisobidan investitsiyalar o`zlashtirildi.

Asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar va kreditlar

2016 yilda 10611,4 slrd.so`m (dollar ekvivalentida 3578,1 mln. AQSh dollari) yoki o`tgan yilga nisbatan 114,5 foiz asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o`zlashtirildi va uning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 21,3 foizni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning yaIMdagi ulushi 2016 yilda 5,3 foizni tashkil etib, o`tgan yilga nisbatan 0,5 foiz punktga ko`paydi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar tomonidan 6587,5 mlrd.so`m yoki jami xorijiy investitsiyalarning 62,1 foizi o`zlashtirildi.

2016 yilda to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiya va kreditlarning yaIMdagi ulushi 3,7 foizni tashkil etdi.

12 diagramma

Asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar va kreditlar

(mln. AQSH dollari)

Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida olib borilgan qator islohotlar natijasida o`zlashtirilgan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2016 yilda 7353,7 mlrd.so`mni (dollar ekvivalentida 2479,6 mln. AQSh dollari) tashkil etib, 7,5 foizga ko`paydi va jami investitsiyalardagi ulushi 14,8 foizni tashkil etdi.

13 diagramma

2016 yilda hududlarning Respublika bo'yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmidagi ulushi

(foizda)

 

14 diagramma

2016 yil investorlar bo'yicha asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar

 

15 diagramma

Asosiy xorijiy investorlarning jami xorijiy investitsiyalardagi ulushining o'zgarish dinamikasi

 

16 diagramma

Asosiy kapitalga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya va kreditlar

To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiya va kreditlarining hajmi 2000 yilda 105,2 mln. AQSh dollarini yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 3,4 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2005 yilda 422,6 mln AQSh dollari yoki 14,9 foizni, 2010 yilda 2454,7 mln AQSh dollari yoki 25,3 foizni tashkil etdi.

2016 yilda o`zlashtirilgan asosiy kaitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning tarkibi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanishi mukin:

5 jadval

2016 yilda o`zlashtirilgan asosiy kaitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning tarkibi

  mlrd. so`m jami hajmga nisbatan foizda
hukumat kafolati to`g`ridan-to`g`ri
asosida va boshqalar
Jami 10611,4 30,7 69,3
shu jumladan:      
davlat 1536,4 76,4 23,6
nodavlat 9075,0 23,0 77,0

 2016 yilda O`zbekison Respublikasida jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida, iqtisodiyotning nodavlat sektorining to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiya va kreditlari ulushi 77,0 foizni tashkil etdi.

Buxoro viloyatida 29,2 foiz (jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi ulushi), Qashqadaryo viloyatida 18,9 foiz, Qoraqalpog`iston Respblikasida 15,9 foiz va Toshkent shaxrida 14,3 foiz ko`rsatkich bilan nisbatan katta bo`lgan hajmdagi iqtisodiyotning nodavlat sektori xorijiy investitsiya va kreditlaridan foydalanildi.

6 jadval

Alohida Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha asosiy kapitalga xorijiy investitsiya v kreditlar hajmi

  2015 y. 2016 y.
  mlrd. jamiga nisbatan foizda mlrd. jamiga nisbatan foizda
so`m so`m
Jami 8309,5 100 10611,4 100
qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi 64,8 0,8 171,8 1,6
tog` – kon sanoti 4350,9 52,4 3296,6 31,1
ishlab chiqarish sanoati 469,6 5,8 2905,4 27,4
elektr energiyasi, gaz, bug` va konditsiyalangan havo 1119,1 13,5 1306,3 12,3
suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig`ish va qayta ishlash 144,1 1,7 318,8 3,0
tashish va saqlash 1088,0 13,1 1390,9 13,1
axborot va aloqa 620,7 7,5 761,3 7,2
sog`liqni saqlash va ijtimoiy hizmatlar ko`rsatish 62,9 0,8 182,9 1,7
boshqa faoliyat turlari 389,4 4,4 277,4 2,6

2016 yilda nisbatan katta hajmdagi xorijiy investitsiya va kreditlar quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o`zlashtirildi: xom neft va tabiiy gaz qazib olish 31,0 foiz (jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi ulushi), kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 15,8 foiz, tashish va saqlash 13,1 foiz, elektr energiyasi, gaz, bug` va konditsiyalangan havo 12,3 foiz, axborot va aloqa 7,2 foiz, to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 4,7 foiz, suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig`ish va qayta ishlash 3,0 foiz.

Alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha xorijiy investitsiya va kreditlardan foydalanishni quyidagi ma`lumotlardan ko`rish mumkin:

17 diagramma

Alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha xorijiy investitsiya va kreditlar

Xorijiy investitsiya va kreditlarning takror ishlab chiqarish tarkibida yangi qurilish va kengaytirishga investitsiyalarning ulushi xorijiy investitsiya va kreditlarning umumiy hajmida 80,5 foizni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 9,6 foiz punktga oshdi.

Xorijiy investitsiya va kreditlarning yangi qurilish va kengaytirishga yo`naltirilgan xajmlari Qoraqalpg`iston Respublikasida (hududdagi jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmining 96,6 foizi), Qashqadaryo viloyati (89,8 foiz), Namangan viloyati (87,8 foiz), Toshkent viloyati (87,1 foiz), Buxoro viloyati (83,6 foiz) va Sirdaryo viloyatlarida (79,6 foiz) nisbatan katta bo`ldi.

Zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni, transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini o`z vaqtida tashkil etish orqali ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirishga yo`naltirilgan faol investitsiya faoliyatini olib borish 2016 yilda kapital qo`yilmalar hajmini 7,7 foizga, qurilish pudrat ishlarini 10,2 foizga o`sishini ta`minladi.

2016 yilda 30231,4 mlrd. so`m, ulardan kichik pudrat tashkilotlari va mikrofirmalar tomonidan 9034,1 mlrd. so`m yoki 2015 yilga nisbatan 115,6 foiz qurilish ishlari bajarildi.

18 diagramma

Qurulish ishlari

(mlrd. so'm)

 

19 diagramma

2016 yil uchun hududlar kesimida qurulish ishlari

(mlrd. so'm)

Kichik pudrat tashkilotlari va mikrofirmalar tomonidan salmoqli qurilish ishlari hajmi Toshkent shahrida – 1509,2 mlrd. so`m yoki 2015 yilga nisbatan 114,0 foiz, mos ravishda Qashqadaryo viloyatida – 927,1 mlrd. so`m (129,6 foiz), Farg`ona viloyatida – 922,5 mlrd. so`m (115,8 foiz), Samarqand viloyatida – 726,4 mlrd. so`m (118,1 foiz), Surxondaryo viloyatida – 598,2 mlrd. so`m (119,9 foiz) va Toshkent viloyatida – 455,2 mlrd.so`m (148,1 foiz) bajarildi.

Jami qurilish ishlari hajmida, korxonalarning yangi qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi, kengaytirilishi va texnik qayta qurollantirilishining ulushi 79,6 foizni, kapital, joriy ta`mirlash va boshqa pudrat ishlarining ulushi esa 20,4 foizni tashkil etdi.

20 diagramma

Qurulish ishlari tarkibi

(jamiga nisbatan foizda)

2016 yilda umumiy maydoni 12,7 mln. m.kv. (2015 yilga nisbatan 105,6 foiz), shu jumladan qishloq joylarda 9,0 mln. m.kv. (2015 yilga nisbatan 105,7 foiz) bo`lgan 86,5 mingta uy yoki 92,9 ming xonadon foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, 2016 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida maqbul turar joylar qurilishi Dasturi asosida umumiy maydoni 1,9 mln. m.kv. bo`lgan 13,4 mingta turar joy qurilishi tamomlandi.

Kommunal qurilishda 2 494,9 km suv tarmog`i (qishloq joylarda 2 002,8 km) va 312,4 km gaz tarmog`i (qishloq joylarda 212,1 km) ishga tushirildi va mos ravishda 2015 yilga nisbatan 94,4 va 87,8 foizni tashkil etdi. Qishloq joylar hisobiga ishga tushirilgan suv tarmog`ining 92,7 foizi va gaz tarmog`ining 87,1 foizi to`g`ri keldi.

2016 yil uchun Investitsiya dasturi doirasida quvvati 450 MVt bo`lgan ikki bug`gaz uskunalarini qurish bilan Tolimarjon IeSni kengaytirish , Angren IeS da quvvati 130-150 MVt bo`lgan energoblok qurilishi, Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konini o`zlashtirish va obodonlashtirish, Jizzax viloyatida sement zavodini kengaytirish, Mis erituvchi zavodda yangi erituvchi qozon qurilishi, “OTMK” AJga tegishli Kalmaqir konida yaroqsiz rudalarni qayta ishlash, “Jiem O`zbekiston” AJda “T-250” modelidagi yengil avtomobillarni qatorli ishlab chiqarishni tashkil etish, Angren-Pop elektrlashgan temiryo`l liniyasi qurilishi, “O`zbekiston xavo yo`llari” MAK xavo kemalari parkini birlashtirish va yangilash (ikki “Boing-787” samalyotini sotib olish), “Indorama Kokand Tekstil” MChJ shaklidagi XKda yigiruv ishlab chiqarishini tashkil etish (IV bosqich), Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida “Fanteks” MChJda yigiruv ishlab chiqarishini tashkil etish, “Meylisoy” bulog`i qurilishi, TMZ-3da texnik suvlar uchun quvur va chuchuklantiruvchi qurilmalar qurilishi, “Jizzax plastmassa” AJda polietilen plenka va quvur ishlab chiqarishni tashkil etish, Jizzax eIZda shishatoladan issiqlik izolyatsiyasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, keng assortimentdagi elektroqurilmalar, elektrotexnik mahsulotlar ishlab chiqarishni tashktl etish va boshqa ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash