Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O’zbekiston Respublikaga kelgan va ketgan shaxslar soni

RAQAMLAR:

Joriy yilning 9 oyi davomida O’zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 2004,5 ming nafarni tashkil etdi *)

· Joriy yilning 9 oyi davomida ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 5030,8 ming nafarni tashkil etdi *)

*) Rasmiy deklarasiyadan o’tganlar, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi ma’lumotlariga asosan

Joriy yilning 9 oy yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikaga kelgan chet el fuqarolari 2004,5 ming nafarni tashkil etdi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 25,2 foizga ko’pdir. O’zbekiston Respublikaga kelgan chet el fuqarolarining 897,7 ming nafari (yoki 44,8 foizi) erkaklar, 1106,9 ming nafari esa (55,2 foizi) ayolarni tashkil etadi.

Shuningdek ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 5030,8 ming nafarni tashkil etdi, xamda o’tgan yilning shu davriga nisbatan 21.9 foizga ko’p. Ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining 3322,0 ming nafari (yoki 66,0 foizi) erkaklar, 1708,8 ming nafari esa (34,0 foizi) ayolarni tashkil etadi.

 

O’zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari soni

 

   2017 yil 9 oyi davomida ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolaring 61,5 foizi (3096,1 ming nafar) qarindoshlarini yo`qlash uchun, 25,9 foizi (1304,3 ming nafar) ishlash maqsadida, 5,8 foizi (289,9 ming nafar) sayoxat qilish maqsadida, 5,0 foizi (250,0 ming nafar) xizmat yuzasidan, 0,7 foizi (33,8 ming nafar) o`qish maqsadida, 0,5 foizi (24,6 ming nafar) davolanish maqsadida, 0,4 foizi (22,8 ming nafar) tijorat maqsadida, 0,2 foizi (9,2 ming nafar) doimiy yashash joyiga kelgan. 

 

 2017 yil 9 oyi davomida O’zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining 78,7 foizi (1577,9 ming nafar) qarindoshlarini yo`qlash uchun, 8,0 foizi (159,9 ming nafar) sayoxat qilish maqsadida, 5,4 foizi (108,2 ming nafar) xizmat yuzasidan, 3,2 foizi (64,7 ming nafar) doimiy yashash joyiga, 2,6 foizi (51,8 ming nafar) ishlash maqsadida, 1,1 foizi (22,3 ming nafar) davolanish maqsadida, 0,7 foizi (14,2 ming nafar) tijorat maqsadida, 0,3 foizi (5,6 ming nafar) o`qish maqsadida kelgan.  

 

 O’zbekiston Respublikasi Davlat bojhona qo’mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan  Davlat statistika qo’mitasi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi
Nashr uchun mas’ul:  X.Murodhujaev (0371) 230-80-69

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash