Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Qurilish ishlari

 
 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi

Qurilish ishlari
 

RAQAMLAR:

  • Qurilish-montaj ishlari hajmi - 21196,9 mlrd. so’m
  • Yirik qurilish pudrat tashkilotlarining ulushi -31,4 foiz
  • Kichik korxonalar va mikrofirmalar -39,0 foiz
  • Qurilishda norasmiy sektorning ulushi-29,6 foiz

Joriy yilning yanvar-avgust oylari bo’yicha Respublikada 21196,9 mlrd. so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning shu davriga nisbatan 103,5 foizni tashkil etdi va 2016 yilning yanvar-avgustiga nisbatan 5,5 foiz punktga kamaydi.Shuningdek, yirik pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish ishlari hajmi 6664,3 mlrd.so’mni yoki 108,5 foizni tashkil qilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 11,5 foiz punktga oshdi.

 

2017 yil yanvar-avgust

Ko’pgina viloyatlarda o’tgan yilning mos davriga nisbatan yirik qurilish pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmini kamayishi kuzatildi. Shu jumladan, Andijon viloyatida qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 56,0 mlrd.so’mni, o’sish sur’ati 73,7 foizni, mos ravishda, Qashqadaryo viloyatida - 350,8 mlrd.so’m yoki 76,9 foizni, Navoiy viloyatida - 163,7 mlrd.so’m yoki 88,9 foizni tashkil etdi.

 

Mulkchilik shakllari bo’yicha qurilish ishlari

Mulkchilikning nodavlat shaklidagi qurilish tashkilotlari tomonidan 20288,8 mlrd.so’mlik qurilish ishlari bajarilgan bo’lib, jami qurilish ishlari hajmining 95,7 foizini tashkil qildi va ushbu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 foiz punktiga o’sdi.

Joriy davrda Andijon viloyati bo’yicha jami qurilish ishlari xajmida nodavlat sektorining ulushi 96,2 foizni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 1,0 foizga ko’paydi, mos ravishda bu ko’rsatkich Qashqadaryo viloyatida 95,5 foizni (1,0 foiz punktga), Toshkent viloyatida 94,8 foizni (3,4 foiz punktga), Navoiy viloyatida 86,4 foizni (3,6 foiz punktga) tashkil qildi.

Davlat statistika qo’mitasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi

Nashr uchun mas’ul: J.Saipov (0371) 230-80-56

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash