Joriy yilning 15- iyul kuni Davlat statistika qo'mitasida Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi xodimlari hamda Jahon banki ekspertlari William Seitz va Avralt-Od Purevjav ishtirokida vebinar tashkil etildi.
Vebinarda Jahon banki tamonidan tavsiya etilgan savolnomalar asosida 2020- yil davomida sinov tariqasida uy xo'jaliklarida planshetlar yordamida o'tkazilgan tanlama kuzatuvlar natijalari batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, Jahon bankining ekspertlari 2021- yilda planshetlar orqali kuzatish rejalashtirilayotgan uy xo'jaligi tanlama kuzatuvi savolnomalarini takomillashtirish bo'yicha o'zining kerakli tavsiyalarini berdi.
Vebinar munozara va fikr-mulohaza almashish shaklida bo'lib o'tdi.
Axborot xizmati