Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O’zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish

 
 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi

O’zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish
 

RAQAMLAR:

  • Respublikamizdagi chorvachilik va parrandachilik xo’jaliklarining 3,7 % muqobil energiya manbalaridan foydalanadi
  • Kuzatilgan xojaliklar sonidan 2,7% biogaz qurilmasidan foydalanadi
  • 1 ta biogaz qurilmasi bir oyda o’rtacha: 21,8 tonna bioo’g’it, 1,8 ming kub. м. biogaz ishlab chiqaradi.

2017 yil avgust oyida Davlat statistika qo’mitasi tomonidan muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha tanlanma kuzatuv o’ tkazildi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, respub- likamizdagi chorvachilik va parrandachilik xo’ jaliklarining muqobil energiya manbalaridan foydalanish ko’rsatkichlari o’tgan yilgi kuzatuv natijalariga nisbatan oshgan.

  Olingan natijalarga ko’ra hududlarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish Navoiy viloyati (17,6% viloyatda kuzatilgan xo’jaliklar sonidan), Qashqadaryo (7,3%), Farg’ona (4,6%), Sirdaryo (4,5%), Toshkent (4,3%) viloyatlaridan tashqari sezilarli darajada farq qilmaganini ko'rsatdi.

 

Quyosh kollektor qurilmararidan foydalanish foydalanuvchi xo’jaliklar sonining oshish ko' rsatkichlarida sezilarsiz miqdorda kamayishi tendensiyasi kuzatilmoqda.

 

Shu bilan bir qatorda, ta’mirlash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilganligi natijasida, biogaz qurilmasi mavjud xo’jaliklarning 28 % da biogas qurilmalari vaqtinchalik ishlamagan.

Kuzatuv ma’lumotlariga ko’ra biogaz qurilmasi oyiga o'rtacha 426 soat ishlaydi

Kuzatuv natijalari muqobil manbalar yordamida elektroenergiya ishlab chiqarilishining o’sishida ijobiy tendensiyalarni ko’rsatdi. Parrandachilik va chorvachilik xo’jaliklarida fotoelektrik qurilmalar yordamida ishlab chiqarilgan elektrenergiyaning o’rtacha hajmi o’tgan yilgi kuzatuv bilan solishtirilganda 1,5 barobar oshganligini ko’rsatmoqda. Suvni isitish uchun quyosh kollektor qurilmalaridan foydalanadigan xo’jaliklarda, guvohnomaga ega zamonaviy elektr tejaydigan suv isitish qozonlari o’rnatilgan.

Muqobil energiya manbalarining mavjudligi bilan bir qatorda, kuzatuv natijalari energiya ishlab chiqarish uchun uskunalarni energiyadan foydalanish darajasini aniqlash imkonini berdi.

1 ta xo’jalikning bir yilda o’rtacha tabiiy gaz iste’moli 17,1 ming kub.m., elektr energiyasining bir yilga o’rtacha iste’moli – 74495,6 kVt.s. Kuzatilgan xo’jaliklarning deyarli yarimi – 466 tasi 380V kuchlanishga ega uchfazali elektr tarmog’iga ulangan.

So’rov o’tkazilgan xo’jaliklarning yarmidan ko’pida - 509 tasida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan generator qurilmalari mavjud. 1 ta qurilmaning o’rtacha quvvati - 36,6 kVt, bir oyda o’rtacha ishlash soati - 52,5 s..

O’zbeklston Respubllkasi Davlat statistika qo’mitasi Sanoat statistikasi boshqarmasi

Nashr uchun mas’ul: Avakova А. (0371) 230-80-48

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash