Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish to'g'risida ma'lumot

RAQAMLAR:

  • Mahalliylashtirish dasturidagi loyihalar soni - 750 ta.
  • Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi — 5,8 trln.so’m.
  • Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksporti — 350,9 mln.AQSH.dollar.

Sanoat kooperatsiyasi asosida amalga oshirilayotgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korhonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o’sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi.

2017 yilning yanvar-sentabr oylarida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 750 ta loyiha bo’iycha 5,8 trln.so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lib, 350,9 mln.dollarlik mahalliylashtiril- gan mahsulotlar eksport qilindi va 2169 ta yangi ish o'rni yaratildi.

O'tgan yilning tegishli davriga nisbatan mahalliylashtirilgan mahsulot hajmi 1,4 baravarga oshdi, yaratilgan yangi ish o'rinlari soni esa 2016 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 1,7 baravar ko'paydi.

Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining asosiy ko'rsatkichlari

2017 yilning yanvar-sentabr oylarida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi bo'yicha amalga oshirilayotgan eng ko'p loyihalar Toshkent sh. (309 ta loyiha), Toshkent (155), Navoiy (55), Andijon (54), Farg'ona (40) Samarqand (37) va Namangan (31) viloyatlaridagi korxonalarga to’g’ri keladi.

2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihalar soni, birlik

2017 yilning yanvar-sentabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmining 90 foizidan ortig'i Toshkent sh. (2430,2 mlrd. so'm), Qoraqalpog'iston Respublikasi (1323,5 mlrd. so'm), Andijon (1217,3 mlrd. so'm) va Toshkent (325,5 mlrd. so'm) viloyatlari korxonalariga to'g'ri keladi.

2017-yilning yanvar-sentabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi, mlrd.so'm

 

Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining o'sish sur'ati, foizda

Shu bilan birga, mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish 2016 yilning tegishli davriga nisbatan Andijon viloyatida (4,7 martaga), Navoiy viloyatida (1,9 martaga), Qoraqalpog'iston Respublikasida (175,9 foizga), Namangan viloyatida (159,4 foizga), Jizzax viloyatida (154,7 foizga) va Toshkent shahrida (115,4 foizga) oshishi kuzatildi.

 

 

2017 yilning yanvar-sentabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsu­lotlar hajmi 2016 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida kamayishi kuzatildi.

Shu bilan birga, mahalliylashti­rish dasturi doirasida ishlab chiqaril­gan mahsulotlarning eksporti ham yilning tegishli davri bilan sol- ishtirganda 8,4 foizga oshishi kuza­tildi. O’z navbatida, eksportning eng ko’proq qismi Qoraqalpog'iston Re- spublikasiga (respublika eksportin- ing umumiy hajmiga nisbatan 76,9 foiz) Toshkent shahriga (12,1 foiz) va Andijon viloyatiga (8,6 foiz) to'g'ri keladi.

2017 yilning yanvar-sentabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportining hajmi, mln.AQSh dollarida

  Davlat statistika qo’mitasi
Sanoat statistikasi boshqarmasi
Nashr uchun mas’ul: Avakova А.
Aloqa telefoni: (0371) 230-80-48

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash