Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 
faoliyatida e`lon qilinishi qonun hujjatlariga
muvofiq cheklab qo`yilgan axborotlar to`g`risida

MA`LUMOT 

O`zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to`g`risida”gi qonuniga (12.12.2002 yil, 441–II-son) muvofiq,  O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tizimi faoliyatida quyidagi axborotlar e`lon qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo`yilgan:

  1. Qonunning 7-moddasi.

Davlat statistika qo`mitasi va uning quyi tizimlari yakka tartibdagi statistika ma`lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlari va yuridik shaxslarning tijorat sirlariga rioya etilishini, jismoniy shaxslar to`g`risidagi ma`lumotlarning egasi mavhumlashtirilishini ta`minlaydilar (8-xatboshi).

  1. Qonunning 14-moddasi.

Davlat statistikasi organlari yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olgan birlamchi statistika ma`lumotlari faqat jamlanma statistika ko`rsatkichlarini tayyorlashda statistika maqsadlarida ishlatiladi hamda jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda e`lon qilinadi (2-xatboshi).

Tarkibida davlat siri va tijorat sirlari bo`lgan statistika ma`lumotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi (3-xatboshi).

Tugmani bosing Tinglash