Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Xizmatlar sohasi

 

Raqamlar:

2017 yil yanvar-sentabr oylarida bozor xizmatlari hajmi 77250,8 mlrd. so`mni tashkil etdi

Moliyaviy xizmatlar o`sish sur`ati 138,3 foizni tashkil qildi.

“2016 – 2020 yillarda xizmatlar sohasining rivojlantirish dasturi” ni amalga oshirilishi natijasida, 2017 yil yanvar-sentabr oylarida bozor xizmatlari hajmi 77250,8 mlrd. so`mni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 6,9 foizga o`sdi.

Moliyaviy faoliyatni takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, texnik hamda texnologik yangilashlar natijasida hisobot davrida eng yuqori o`sish sur`atlariga moliyaviy xizmatlar bo`yicha 138,3 foizga; aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo`yicha 117,8 foizga; yashash va ovqatlanish xizmatlari bo`yicha 111,3 foizga; sog`liqni saqlash sohasidagi xizmatlar bo`yicha 110,6 foizga erishildi.

 

 2017 yil yanvar-sentabrda xizmatlar tarkibi, % da

Xizmatlar tarkibida eng katta ulush savdo xizmatlari (jami xizmatlarning 28,2 foizi), transport xizmatlari (26,8 foizi), moliyaviy xizmatlar (14,0 foizi), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (7,3 foizi) hissasiga to`g`ri keldi.

2016-2017 yillar yanvar-sentabr oylarida alohida xizmat turlari hajmining taqqoslanishi, mlrd.so`m

 2017 yil yanvar-sentabrda hududlar bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlar hajmi taqqoslanishi, mlrd.so`m

Hududlar kesimida xizmatlar bo`yicha Toshkent shahrida (112,7%) yuqori o`sish sur`atiga erishildi. Jami xizmatlar hajmida Toshkent shahrining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.

 Aholi jon boshiga eng katta xizmatlar hajmi Toshkent shahri (10 474,9 ming so`m), Toshkent (2 340,6 ming so`m), Navoiy (2 305,0 ming so`m) viloyatlarida qayd etildi.

 

2017 yil yanvar-sentabrda hududlar bo`yicha aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi taqqoslanishi, ming so`m

 

Xizmatlar sohasida nodavlat sektorining (88,5 foiz) ulushi davlat sektori ulushidan (11,5 foiz) ko`p bo`lib, 68355,8 mlrd.so`mni tashkil qiladi.

 

  Davlat statistika qo`mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi
Mas`ul: Q.Berdiqulov
(71) 230-80-59

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash