Ayollarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlari muhokama qilindi

 Bugun Milliy statistika qo‘mitasida “Ayollarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbir davomida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash hamda ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi va mavqeini yanada oshirish, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlardan samarali foydalanishini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Davra suhbati ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tib, bildirilgan takliflar xotin-qizlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.