Farididdin Attor

Kim agar do‘stlar ila yakdil bo‘lur, Barcha maqsudi aning hosil bo‘lur.

Benedikt Spinoza

Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko‘ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g‘oyat mushkul bo‘lib qoladi.

Menandr

Inson qanchalar ajoyib? Agar u chinakam inson bo‘lsa.

Fedor Dostoyevskiy

Harakatsizlikda baxt yo‘q.

Iogann Gyote

Odam tushunishi iloji yo‘q narsani ham tushunmog‘i kerak: aks holda u haqda bosh qotirmagan bo‘lar edi.

Anvar Obidjon

Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.

Vern

Vaqti kelib fan xayoldan o‘zib ketadi.

Sitseron

Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i lozim.

Shou

Ko‘pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan.

Shavkat Rahmon

Jangda o‘lgan emas biror bahodir, Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan.

Spenser

Taraqqiyot tasodif emas, zaruratdir.

Karleyl

Eng katta xato odam o‘zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.

Jeferson

Haqiqatdan qo‘rqmaydigan odamning yolg‘ondan qo‘rqishiga asos yo‘q.

Aflotun

Suqrot – do‘st, lekin eng yaqin do‘st – haqiqat.

Diogen

Insonni qidiryapman.

Eynshteyn

Xayol bilimdan muhimroq.

Balzak

G‘oya faktdan yuqori turadi.

Arastu

Donishmandlik – fanlarning eng anig‘i.

Gyote

Kishi o‘zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.

Chexov

Yolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham yolg‘on gapirib o‘ladi.

Lukian

Sen pashshadan fil yasamoqchimisan?

Lyudovig XIV

Davlat bu – mening o‘zim.

Arastu

Aflotun – do‘st, lekin haqiqat ulug‘roqdir

Sitseron

Chehra – qalbning oynasi.

Felenon

Haqiqatni yomon ko‘radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko‘radilar

Kvintilian

O‘rganish hech qachon kech emas.

Valter

O‘zgalar sirini oshkor etish – sotqinlik, o‘z sirini oshkor etish axmoqlikdir.

Ezop

Haqiqiy do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi.

Tit Liviy

Hechdan ko‘ra kech.

Sezar

Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qozondim.

Pavlenko

Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.

Chexov

Qisqalik – iste’dodning singlisi.

Arastu

Hammaga do‘st bo‘lgan odam hech kimga do‘st emas.

Cho‘lpon

Yutganing o‘zingniki, chaynaganing – gumon.

Shou

Odam o‘z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o‘z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o‘z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o‘zining QO‘RQOQligini o‘ylamaydi.

Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: “Falonchi sening haqqingda falonday pistonday noma’qul gaplarni gapirdi”, debdi. -Qachon? -Bugun. -Qayerda? -Uyida. -Uning uyida nima qilayotgan eding? -Ziyofatga boruvdim. -Ziyofatda nima yeding? Haligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi. Shunda Hasan Basriy (q.s.): -O‘sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig‘diyu bir og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu yerdan! – dedilar va g‘iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.

Jaloliddin Rumiy.

Hazrati Bahouddin Naqshband (q.s.)dan muridlari bir karomat ko‘rsatishni so‘rashdi. Hazrat o‘rinlaridan turdilar-da, yengil-yengil besh-olti qadam yurib, yana joylariga cho‘kdilar. Muridlar hayron bo‘lib qarashdi. Hazrati Naqshband (q.s.) dedilar: -Ikki yelkamda tog‘day-tog‘day gunohlarni ko‘tarib, qushday yengil yurishimning o‘zi karomat emasmi?!

Tohir Malik

Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi.

Jon milton

Tasodif yo‘q bu dunyoda hamma narsa yo sinov, yo jazo, yo mukofot, yo oldindan aytish.

Shamsi Tabriziy

Ba’zan uzoqlashmoq kerak, yaqinlashmoq uchun. Ba’zan eslamoq kerak, eslanmoq uchun. Ba’zan yig‘lamoq kerak, ochilmoq uchun. Ba’zan sukut yaxshidir, tinglamoq uchun.

Jaloliddin Rumiy.

Dunyo yasangan, bezangan chiroyli bir kelinchak kabidir! U barchaga kulib boqadi, ammo hech kimga tegmaydi. Dunyoning bu kayfiyatini anglagan buyuk zotlarimiz unga qiyo ham boqmay o‘tib ketaveribdilar.

Musyakodzi Saneasu

Ishonchim komilki, go‘zallik sirini kashf etish nasib qilganda, tabiatning irodasini anglash imkoni tug‘ilganda — ana shunda yashashdan maqsad ham to‘la oydinlashadi.

Jorj Bayron

Qaysidir bir qayg‘uli, g‘amgin narsaga kulgan bo‘lsam, buning sababi yig‘lay olmaganimdandir.

Leo Ferre

Poeziya bu — ovoz. Uni tinglay bilish kerak. Xuddi musiqani tinglagandek. U, kamoncha ishga tushishi bilan g‘ijjakka jon kirgandek, tovush pardalari harakati bilangina jonlanadi. Ko‘z qog‘ozdagi bosma harflar navosini tinglashi lozim.

Arastu

Tarixchi olim bilan shoir o‘z asarlarini biri vaznsiz, ikkinchisi vaznga solib yozishi tufayligina bir-biridan farqlanmaydi. Agar Gerodotning asarlari she’riy vaznga solib yozib chiqilsa ham baribir tarixiy asarligicha qoladi.

Jaloliddin Rumiy.

Tarix sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan bo‘lgan Mahmud Kamoldan so‘radilar:
-Sizdagi bilimning o‘ndan biriga ham ega bo‘lmaganlar sizdan bir necha barobar ko‘proq tanildilar. Buning sababi nimada ekan?
-Men bilmoq uchun o‘rgandim, ular bilinmoq uchun!

Jon Milton

Vaqt — dunyoda undan uzun, undan qisqa narsa yo‘q.

Xalq hikmatlari

Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-onalar farzandlariga aslidagiday ko‘rinishi kerak.

Firdavsiy

To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,
Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.

Shamsi Tabriziy

Ilm uch narsadan iboratdir: zokir til, shokir qalb va sobir badan.

Shamsi Tabriziy

Ba’zan ortingga qarab qo‘y: shunda qaerdan kelganingni unutmaysan.

Firdavsiy

Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.

Jon milton

Aql bitta o‘zi jannatni jahannamga, jahannamni jannatga aylantirishi mumkin.

Tohir Malik

Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.

Jaloliddin Rumiy.

Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
-Behad gunohkorman, — debdilar, — shu kasalimga qarshi doring bormi?
-Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi.
-Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi.
Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
-Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!!

Xorxe Luis Borxes

Shouning “Sezar va Kleopatra”sida Aleksandriya kutubxonasi haqida so‘z boradi va uni insoniyat xotirasi jamlangan koshona, deyishadi. Darhaqiqat, kitob odamzotning xotirasi xazinasidir.

Pablo Pikasso

Siz tushunmayman, deb aytyapsizmi? Sababini faqat o‘zingizdan qidiring. Siz naqadar kambag‘alsiz, modomiki, tuyg‘uni aql bilan bog‘lay olmas ekansiz..

Pol Klodel

Hatto oddiy kapalakning parvozi uchun ham butun bir osmon kerak.

Frans Kafka

Uydan tashqariga chiqishingga hojat yo‘q. Yozuv stolingdan jilma va tingla. Hatto tinglama ham, faqat kut. Hatto kutma ham, shunchaki sukut saqla va yolg‘iz bo‘l. Shunda olam o‘zini oshkor etishni boshlaydi, u boshqacha bo‘la olmaydi, u sening qoshingda ilojsiz o‘zining arzu jamolini namoyon etadi.

Jubron Xalil Jubron

Men hali ham faqir faqirligidan uyalmaydigan, balki boy boyligi bilan faxrlanishdan uyaladigan jamiyatni orzu qilaman.

Erkin Vohidov

Adabiyot hamisha ma’naviyatning oldingi qatorida borgan va shunday bo‘lishi kerak.

Filip Chesterfild

Yaxshi tarbiya mahsuli bu — kishi o‘z qadr-qimmatiga yarasha o‘zini tuta bilishidir. Shunday fazilatli kishini har qanaqa takabbur odam ham izzat qilishga majbur bo‘ladi.

Amir Temur

Azmu jazm bilan ish tutdim. Biror ishni qilishga qasd etgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim.

Rimliklarning hikmatli so‘zlari

Inson hayoti – kurash demak.

Tomas Mann

Barcha istak va harakatlarimiz asablarimizning ehtiyojlari sabab dunyoga keladi. Bu ehtiyojlarni so‘z bilan ta’riflash qiyin.

Tomas Mann

Axloq, shubhasiz, hayotda eng muhimidir.

Rimliklarning hikmatli so‘zlari

Har kimning izzatini bil va izzat qil.

Amir Temur

Kengash ikki turli bo‘lur: biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.

Filip Chesterfild

Kim eng beaql hisoblanadi: bor gapni to‘ppa-to‘g‘ri hammaga ochib tashlayveradiganmi yoki hech qachon hech kimga to‘g‘ri gapirmaydiganmi? Siyosatda, xuddi savdodagidek, benuqson nom kerak kishiga. Na birinchi yo‘l bilan va na ikkinchi yo‘l bilan bunga erishib bo‘lmaydi.

Erkin Vohidov

Raqobatli dunyoda kitobning qudratli, sehrgar raqiblari ko‘p.

Muhammad Iqbol

Meni ishq sayqalladi, inson bo‘ldim. Dunyoning ulug‘vorligi va ojizligini bildim.

Rasul Hamzatov

Burgut tovuqlar orasida bemalol yuraversa, u burgut emas.

Jaloliddin Rumiy

Sevgida quyosh kabi bo‘l. Do‘stlik va qardoshlikda oqar suv kabi bo‘l. Birovlarning xatolarini yopishda kecha kabi bo‘l. Tavozeda tuproq kabi bo‘l. G‘azab onida o‘lik kabi bo‘l. Har ne bo‘lsang bo‘l – yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l.

Fridrix Shiller

Har qanday g‘alabadan ustun narsa kechirimdir.

Musyakodzi Saneasu

Ishonchim komilki, go‘zallik sirini kashf etish nasib qilganda, tabiatning irodasini anglash imkoni tug‘ilganda — ana shunda yashashdan maqsad ham to‘la oydinlashadi.

Alisher Navoiy

Onalar oyog‘i ostidadur Ravzayi jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar ersang,
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.

Najmiddin Kubro

Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan.

Iogann Gyote

Asossiz ish, nimaga qaratilganidan qat'i nazar, doimo inqiroz bilan tugaydi.

Jaloliddin Rumiy

Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on

Abu Ali ibn Sino

Abu Ali ibn Sinodan so‘radilar: — Dunyoda davosi bo‘lmagan biron dard bormi? — Yaxshining yomonga muhtoj bo‘lishi — davosiz darddir.

Mahmud az-Zamahshariy

Seni kasodu inqirozga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, “qo‘rqma”, “zarari yo‘q”, “ziyoni yo‘q”, deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo‘l.

Imom G‘azzoliy

Ilm hayo bilan kibr orasida yo‘q bo‘lib ketadi.

Konfutsiy

Agar o‘qisang-u o‘ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o‘ylasang-u o‘qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

Lev Tolstoy

Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.

Najmiddin Kubro

Vaqtni “essiz”, “qaniydi”, “koshkiydi”lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.

Jaloliddin Rumiy

Sevgida quyosh kabi bo‘l.
Do‘stlik va qardoshlikda oqar suv kabi bo‘l.
Birovlarning xatolarini yopishda kecha kabi bo‘l.
Tavozeda tuproq kabi bo‘l.
G‘azab onida o‘lik kabi bo‘l.
Har ne bo‘lsang bo‘l –
yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l.

Iogann Gyote

Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.

Rasul Hamzatov

Burgut tovuqlar orasida bemalol
yuraversa, u burgut emas.

Imom G‘azzoliy

Qabrda yotganlar pushaymon qilayotgan ishlar ustida tiriklar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqdalar.

Umar ibn Horis

Qadimda ezgu ishlarni ko‘p qilishardi, lekin gapirishmasdi. Keyin ham qiladigan, ham gapiradiganlar keldi. Endi esa faqat gapirishmoqda.

Iogann Gyote

Tug‘ilish — o‘limga qo‘yilgan birinchi qadamdir. O‘limdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir.

Onore de Balzak

Buyuk kishilar hech qachon maddohlik qilmaydilar. Xushomad — mayda odamlarning ishi, ular o‘zlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir.

Lev Tolstoy

Uzoq suhbatdan so‘ng o‘tgan gaplarni bir eslashga urinib ko‘r, shunda gapirilganlarning aksariyat qismi behuda, keraksiz va ko‘pincha axmoqona bo‘lganiga hayron qolasan.

Mahmudxo‘ja Behbudiy «Oyna» jurnali, 1915- yil

To‘y va ta’ziyag‘a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va-din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‘zimiz-da, dinimiz-da obro‘y va rivoj topar. Yo‘q, hozirgi holimizg‘a davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydur.

Konfutsiy

Qadimda kam so‘ylashardi, o‘z so‘zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo‘rqishardi.

Alisher Navoiy

Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.

Abu Ali ibn Sino

Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutulib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim.

Mahatma Gandi

Jazolashdan ko‘ra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir.

Rasul Hamzatov

O‘tmishga to‘pponchadan o‘q uzsang, kelajak seni to‘pga tutadi.

Abu Rayhon Beruniy

Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.

Vilyam Shekspir

Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla! Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi

Charlz Dikkens

Eshiklar har qancha katta bo‘lmasin, ularning kaliti kichkina bo‘ladi.

Herman Hesse

Dorilfununlardagi, korxonalardagi, birjalardagi va ko‘ngilxushlik qiladigan joylardagi “real” hayot har qancha hayajonli bo‘lmasin, biz har kuni ikki soat vaqtimizni o‘tgan zamonlarning falsafasini va adabiy asarlarini mutolaa qilish bilan o‘tkazmasak, haqiqiy hayotga yaqinroq bo‘la olmaymiz.

Alber Kamyu

Har bir avlod o‘zini dunyoni qayta qurishga mas’ul, deb hisoblaydi. Men mansub bo‘lgan avlod esa bunday qilolmasligini biladi. Biroq uning vazifasi, ehtimol, undan-da kattaroqdir. Bu vazifa yer kurrasi yo‘q bo‘lib ketishiga xalal berishdan iborat.

Iosif Brodskiy

Hech narsa til kabi insonga o‘zini anglashida katta yordam bera olmaydi. Modomiki men o‘zimga nisbatan aniqlikni anglar ekanman, demak, bu mening o‘z tilimda yaxshi yoza bilishimdan dalolatdir. Men foydalanadigan so‘zlar meni adashtirmaydi, men shu so‘zlarni yozayotib hech kimni aldamayotganimni yaxshi bilaman.

Giyom Apolliner

Tabiatdan, xuddi fotograflardek, nusxa ko‘chirmaslik kerak. Odam yurishga taqlid qilishni o‘ylab g‘ildirakni kashf etdi. Bu bilan u, o‘zi bilmagan holda, syurrealistik harakatni amalga oshirdi.

Jak Prever

Baxtsizlik bir o‘zi kelmaydi, uning ortidan quvonch ko‘rinish beradi.

Tomas Eliot

Bugun barchaga birdek ma’qul bo‘layotgan fikr-mulohazalar bu — kechagi bahs-munozaralar, xolos.

Viktor Gyugo

Zakovatli insonni hayotga buyuk ehtiromidan ham tanib olsa bo‘ladi.

Xose Ortega-i-Gasset

Siz Uyg‘onish nimaligini bilasizmi? Bu hayot quvonchi, uyg‘unlik zamoni. Olam tag‘in odam ko‘z o‘ngida jannatdek gavdalanadi. Orzu-istaklar va hayot-sharoit bir-biriga to‘la-to‘kis mos, muvofiq keladi.

Rimliklarning hikmatli so‘zlari

O‘zgalar bilan emas, o‘zing bilan ko‘p gaplash.

Filip Chesterfild

Tejamkorlikning chegarasi qaerda ekanligini aniq aytish qiyin. Uning ikki tomonida ikki balo yotadi: xasislik va isrofgarchilik. Ikki yomonlikdan kamrog‘ini tanlash zarur bo‘lsa, birinchisini tanlagan ma’qul. Chunki xasislikni tuzatish mumkin bo‘lar, isrofgarchilikni esa aslo.

Lev Tolstoy

Yaqin kishingni o‘zingday yaxshi ko‘r, ikki yaqin kishingni esa o‘zingdan ham ko‘proq yaxshi ko‘r.

Erkin Vohidov

Bu olamda yo‘qotishlar ichidagi eng og‘ir yo‘qotish insonning o‘zligini yo‘qotishidir. Odamzod tafakkur va ehtiros, ruhiyat va imon dunyosida yashaydi. U yuragidagi e’tiqod bilan, ishonch bilan tirik va butun. O‘zlikni yo‘qotmoq ana shu olamdan judo bo‘lmoqdir, inson imoratidagi ruknlarning – ustunlarning sinmog‘idir.

Albert Enshteyn

Hech qachon xato qilmagan odam biror-bir yangi narsani hech qachon sinab ko‘rmagan bo‘ladi.

Konfutsiy

Moddiyotning ortida ezgulik nish urmog‘i uchun besh narsa kifoya: ko‘ngil kengligi, samimiyat, shiddat, yaxshilik va jiddiylik.

Frans Kafka

Biz shunchaki javob berolmaydigan savollar bor, shukrki tabiatning o‘zi javob berishdek mashaqqatni bo‘ynimizdan soqit qildi.

Lev Tolstoy

Ortiqcha narsangni o‘zing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.

DON AMINADO

Agar dunyodan o‘tganimizdan keyin biz haqimizda nima deb gapirishlarini bilsak edi, allaqachon yashamagan bo‘lardik.

EMIL KROTKIY

Donishmandlar va tish do‘xtirlari ildizga qaraydilar.

Frans Kafka

Biz jannatda yashash uchun yaratilgan edik, jannat esa bizlarga xizmat qilish uchun. Bizning yozig‘imiz o‘zgartirilgan edi, jannatning yozig‘i haqida esa gapirilmaydi.

Tomas Mann

Oilada hamma bir-birini himoya qilishi kerak, aks holda, ko‘rgiliklar eshik qoqib keladi.

Albert Enshteyn

Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma'no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir.

Charli Chaplin

Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni ko‘rolmaydi

Nolan Bushnell

Eng muhimi – muvaffaqiyatga erishish uchun nimadir qilish va bunga hoziroq kirishish. Juda oddiy bo‘lishiga qaramay, muvaffaqiyatning eng asosiy sir-sinoati shu. Ajoyib-g‘aroyib g‘oyalar har kimda bor, biroq uni hayotda tatbiq etayotganlar, ayniqsa, ayni damda shu ish bilan shug‘ullanayotganlar juda kam. Ertaga yoki keyingi hafta emas, hoziroq ishga kirishish kerak.

Uorren Baffet

Obro‘-e'tiborni shakllantirish va mustahkamlash uchun yigirma yil kerak bo‘ladi. Uni yo‘qqa chiqarish uchun esa besh daqiqa ham yetarli. Agar siz buni jiddiy o‘ylab ko‘radigan bo‘lsangiz, qilayotgan ishingizga munosabatingiz albatta o‘zgaradi.

Goratsiy

Hayot og‘ir mehnat va tashvishlarsiz sizga hech narsa hadya etmaydi.

Rimliklarning hikmatli so‘zlari

Arastu – hamisha Arastu emas (ya’ni, donishmand ham xato qiladi).

Amir Temur

Kimda-kim o‘z kayfiyatini, e’tiborini, yuz ifodalarini boshqara olmas ekan, siyosatda arzigulik muvaffaqiyatga erishish to‘g‘risida xayol qilmasa ham bo‘laveradi. Kayfiyatiga tobe, uni yashira bilmagan odam qanchalik donish bo‘lmasin, uning ustidan eng aqli past ham g‘alaba qilishi mumkin.

Erkin Vohidov

Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yo‘qmi, o‘qituvchilar saviyasiga bog‘liq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim.

Lev Tolstoy

Har tun kunduzi o‘rganganlaringni takrorla.

TAGOR

Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.

Li Shan-In

Masalaning mohiyatiga yetmasdan boshqalarni urishish;
– o‘rinsiz taqlid qilish;
– bolalarga to‘la erkinlik berib qo‘yish kabilar befoydadir.

Konfutsiy

Hech bir do‘st o‘zing kabi bo‘lolmaydi.

G‘aybulloh as-Salom

Men so‘zshunos professordan ko‘ra didli muharrirni afzal ko‘raman. Chunki professor — ko‘p, yaxshi muharrir esa — … Hozir O‘zbekistonda zo‘r muharrir kim? Qani, nomma-nom ayting-chi?..

Albert Enshteyn

Mantiq sizga A nuqtadan B nuqtaga borib olishingiz uchun yordam beradi. Tasavvur esa butun dunyoni kezishingiz uchun qanot bag‘ishlaydi.

Charli Chaplin

Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi.

Amir Temur

Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.

Rimliklarning hikmatli so‘zlari

Shoh – qonun emas, qonun – shoh.

Erkin Vohidov

Biz o‘zbeklarda istihola kuchli. O‘zni namoyon qilishdan tortinamiz… Endi o‘sha istiholani yig‘ishtirib, xalq bilan muloqotning hamma shakllaridan foydalanishimiz lozim. Bu zamon oldidagi, Vatan oldidagi burchimizdir.

Navoiy

Tabiatga har neki odat bo‘lur,
Chu eskirdi odat tabiat bo‘lur.

Albert Enshteyn

Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiligiga duch keladi. Chunki o‘rtacha aql egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.

Tomas Mann

Vaqt undan foydalanib aqlliroq, yaxshiroq, pishiqroq va mukammalroq bo‘lishimiz uchun berilgan qimmatbaho sovg‘adir.

Semyuel Jonson

Buyuk muvaffaqiyatlar qat’iyat va qunt-matonatning natijasi, xolos

Rimliklarning hikmatli so‘zlari

Ilmning ufqi keng, hayot esa qisqa.

Tomas Mann

Axloq va hayot bir butundir. Axloq – hayot tirgagi, axloqli odam hayotning chinakam fuqarosidir.

Fridrix Shiller

To‘g‘rilik har qanday unvonni bezaydi.

Rimliklarning hikmatli so‘zlari

O‘z ustingdan hukmronliging – eng oliy hukmronlik.

Alixonto‘ra Sog‘uniy

Hayot olamida eng ulug‘, oliy darajalik yaratilgan narsa – shubhasiz bu insondir. Shuning uchun inson huquqlarini eng yuqori darajada saqlash haqiqiy madaniyatning ayrilmas bir tarmog‘idir...

Arastu

Harakat hayot ko‘zgusidir.

A. Oripov

Uchrashdi dunyoning ikki zo‘r piri
Ularni qiynardi dunyoning siri.
Biri yig‘lab derdi:-Uni tushundim,
Tushunmadim-deya yig‘lardi biri.

Rasul Hamzatov

Birov bilan suhbatlashayotganingizda yoki sirlashayotganingizda tilingizga ehtiyot bo‘ling aks holda o‘zingizga yomon bo‘lar ekan...
Inson so‘zlashni o‘rganishi uchun ikki yil kifoya, tilni tiyishni o‘rganish uchun 60 yil kamlik qiladi

Blez Paskal

Insonning ulug‘ligi uning fikr yuritishga qodirligidadir.

Kaykovus.”Qobusnoma”

Og‘izdan chiqmagan so‘zing – sening quling, og‘izdan chiqqaniga esa sen quldirsan.

Mishel de Monten

Birovni o‘rgatishingga o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lgandan ham ko‘ra ko‘proq aql kerak.

Imom G‘azzoliy

Ilmning avvali sukut, so‘ng eshitish, so‘ng yod olish, so‘ng amal qilish, so‘ng uni tarqatish.

Norbert Viner

Haqiqiy yashash – to‘g‘ri axborotga ega bo‘lib yashashdir.

O‘tkir Xoshimov

Umr ikki eshik orasiga o‘xshaydi. Birinchi eshikdan kirib ikkinchi eshikdan chiqib ketamiz. Shu vaqt orasida hayot deb atalmish imoratga bitta g‘isht qo‘yishga ulgurish kerak. Shundaylar borki g‘isht qo‘yish u yoqda tursin, iloji bo‘lsa bironta g‘ishtni o‘marib ketish payida bo‘ladi.

Albert Enshteyn

Men hamma bilan bir xil muomala qilaman. Xoh u farrosh bo‘lsin, xoh – universitet rektori.

Charli Chaplin

Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qo‘yishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uyg‘unlashtira olsam, u o‘sha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi.

Gyote

Noshukrlik kuchsizlikning ko‘rinishidir. Buyuk odamlar hech qachon noshukr bo‘lmaydi.

Brayan Treysi

Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat o‘z foydasini o‘ylaydiganlar esa mag‘lubiyatga uchrayveradi.

Javoharla’l Neru

Muvaffaqiyat faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yo‘qlaydi.

Erkin Vohidov

Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, o‘tgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa – bundan ulug‘ baxt yo‘q. Har bir aytgan so‘zing, ishing oֲ‘zingning xohishingga muvofiq bo‘lsa – eng katta baxt shu. Aksincha, insonning o‘z ichki intilishlari, qalbi, e’tiqodi, so‘zi bilan ishi o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lsa, vijdoni buyurganini qilolmasa, bu – inson uchun juda katta baxtsizlikdir.

Filip Chesterfild

Inson ongiga uning qalbi orqali yo‘l topgan ma’qulroq.

Amir Temur

Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay.

Rimliklarning hikmatli so‘zlari

Himmat himmatni chaqiradi, ishonch ishonchni tug‘diradi, va’da ijrosi bilan chiroyli.

Tomas Mann

Mukammallik katta quvonch olib keladi.

Jorj Eliot

O‘zingiz orzu qilgan kishi bo‘lishingiz uchun hech qachon kech emas.

Charli Chaplin

Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir.

Jak Iv Kusto

Haqiqiy boylik – hayotning o‘zi va qizg‘in faoliyatdir.

Albert Enshteyn

Kichik ishlarda haqiqatdan ko‘z yumadigan kishiga muhim ishlarni topshirib bo‘lmaydi.

Alisher Navoiy

Menga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam ersam, ushbu basdur.

Konfutsiy

Men bilimdon bo‘lib yaralgan emasman, shu bois bilimni o‘tmishdan olishga jiddu jahd qildim.

Frans Kafka

Odamlar bilan muloqotda bo‘lish o‘zingni anglashingga olib keladi.

Lev Tolstoy

Har kun zaifroq biladigan tilingda she'r yodla.

G‘aybulloh as-Salom

Tilning g‘aribligi — tafakkurning qashshoqligidan.

Don Aminado

Yangicha hayotni dushanbadan boshlagan ma'qul.

Bernard Shou

“ Jamiyatga optimistlar ham, pessimistlar ham hissa qo‘shadi. Optimist samolyotni o‘ylab topgan bo‘lsa, pessimist parashyutni ixtiro qilgan.

Bernard Shou

“ Agar sizda bitta olma, menda bitta olma bo‘lsa va biz ularni alishsak, har ikkimizda bittadan olma qoladi. Agar menda bitta g‘oya, sizda bitta g‘oya bo‘lsa va biz ularni alishsak, ikkovimizda ham ikkitadan g‘oya bo‘ladi.

Doktor Oiz Qarniy

“ Hech kimni past sanama, hatto Allohga kabira gunoh qilayotgan kishini ham. Chunki, qiyomat kuni Allohga sen yaqinroq bo‘lasanmi yoki u yaqinroq bo‘ladimi, bilmaysan!

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

“Daraxtga xizmat qilgandim, meva berdi. Basharga xizmat qilgandim, inkor qildi.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

“Aqldek boylik yo‘q. Johillikdek faqirlik yo‘q. Odobdek meros yo‘q. Mushovaradek yordamchi yo‘q.

TAGOR

“Agar sen barcha ishtibohlarga eshigingni berkitsang, haqiqat ham tashqarida qoladi.

Hayot hikmatlaridan

“Agar butun Fransiyadagi atirlar bir idishga joylansa ham yaxshi ko‘rgan insonimizning hididan o‘ta olmaydi.

Hayot hikmatlaridan

“To‘rta narsa to‘rt narsaga olib boradi:
Jim turish salomat bo‘lishga.
Yaxshilik qilish ulug‘ bo‘lishga.
Saxovat ko‘rsatish ustun bo‘lishga.
Shukr qilish ziyoda bo‘lishga.

Hayot hikmatlaridan

“Hurmat qilsang, hurmat qilinasan. Sadaqa qilsang, rizqing yana ziyoda bo‘ladi. Tabassum qilsang, ajr olasan. Tavozu'li bo‘lsang, yuksalasan.

Hasan al-Basriy

“Husni xulq bu—yaxshilik ulashmoq, yomonlikdan tiyilmoq va ochiq yuzli bo‘lmoqdir”!

Alisher Navoiy

Yo'l yomonu yaxshisidan yema g'am,
Bismilloh, degilu qo'yg'il qadam.

Rimliklarning hikmatli so'zlari

Yaxshi boshlanish – ishning yarmi.

Hayot falsafasi

Minnatdorlik barcha eshiklar kalitidir. Sendagi bor narsalarga shukronalik qilsanggina undanam ko'piga munosibsan. Zero, kimlardir sendagi boriga muhtojlikda yashamoqda.

Ayub Shahobiddinov

"Vaqtni qadrlay olmagan inson hech narsaga erisholmaydi".

Konfutsiy

Biz uchun eng katta huzur – uyquda emas, har tong uyg'onishdadur.

Lev Tolstoy

Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.

Aflotun

Yaxshilar mas'uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo'lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo'l topadilar.

Leonardo Da Vinchi

Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi.

Albert Enshteyn

Erishgan barcha yutuqlarim alohida aql sohibi ekanimdan emas. Men masalalarni yechishda uzoq vaqt taslim bo'lmayman.

Charli Chaplin

Tabassumsiz kun – yo'qotilgan kun.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish

Iltimos, ishonch telefoni xizmati sifatini baholang

Videolar

Uzreport TV Multiindikator klaster kuzatuvlariga bag'ishlangan matbuot anjumani

Multiindikator klastеr kuzatuvlarida faol qatnashing!

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Oliy Majlisda muhokama qilindi

Farg'ona viloyatida ham aholini ro'yxatga olish ishlariga puxta tayyorgarlik ko'rilmoqda

Peshku tumanidagi aholini ro'yxatga olish tadibirlariga tayyorgarlik jarayonidan lavha

Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari

O'zbekiston Respublikasida aholi bandligi ko'rsatkichlari ( 2019 yanvar-dekabr holatiga )

Respublikamiz bo'yicha ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish ( 2020 yanvar-iyul )

Oliy ta'lim muassasalari statistikasi

O'zbekistonda ko'rsatilgan xizmatlar hajmi ( 2020- yil 1- yanvar holatiga )

O’zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi

O'zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ko'rsatkichlari

Mamlakatimizda yangi tashkil etilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar

O'zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi

O'zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlarining eksport ko'rsatkichlari

O'zbekiston Respublikasining to'qimachilik mahsulotlarining eksport ko'rsatkichlari

Аholini ro`yxatga olish “Davr hafta ichida” nigohida

Aholini ro`yxatga olish 2022

Aholini royxatga olish 2022

Aholini ro`yhatga olish 2022 Rolik

OCHIQ MA`LUMOTLAR PORTALI

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portalining asosiy muvofiqlashtiruvchisi va asosiy etkazib beruvchisi hisoblanadi.

 

10,000+

MA'LUMOTLAR BERILDI

19

KATEGORIYALAR

149

TASHKILOTLARI

 

data.gov.uz

 

AHOLINI RO'YXATGA OLISH 2023 

O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq me'yoriy-xujjatlar, uslubiy qo‘llanmalar, nashrlar, foto materiallar, videoroliklar va boshqa ma'lumotlar mavjud.

 

 

 

aholi.stat.uz

 

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI

2015 yil 25 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 70/1-sonli "Dunyomizni o'zgartirish. 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi" rezolyutsiyasini qabul qildi va u 2016 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.Ushbu hujjat kompleks xarakterga ega 17 maqsad va 169 vazifani o'z ichiga olgan bo'lib, barqaror rivojlanishning har uchta komponenti - iqtisodiy o'sish, ijtimoiy integratsiya va ekologik barqarorlik muvozanatini ta'minlaydi.

 

17

MAQSADLAR

169

VAZIFALAR

100+

KO'RSATKICHLAR

 

nsdg.stat.uz

USLUBIY MATERIALLAR

Uslubiy materiallarning elektron kutubxonasi, uslubiy nizomlar va yo’riqnomalarning tizimlashtirilgan ro’yxati, statistik kuzatuvlar o’tkazish va tashkillashtirish masalalarini reglamentlashni o’z ichiga oladi.

 

197

UMMUMIY MATERIALLAR

167

AMALDAGI MATERIALLAR

30

BEKOR QILINGAN MATERIALLAR

 

lib.stat.uz

 

 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining “kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi” (kMTUT) mamlakatlarni iqtisodiy salohiyatini namoyon qiluvchi asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Tizim doirasida asosiy iqtisodiy, moliyaviy va ayrim ijtimoiy ko‘rsatkichlar belgilangan talablar asosida e’lon qilib boriladi.

Mazkur sahifada nafaqat Davlat statistika qo‘mitasi, balki tizimning boshqa ishtirokchilari, ya’ni Moliya vazirligi, Markaziy bank va “Toshkent” RFBning tegishli ma’lumotlari bir resursga mujassamlashtirilgan.

 

24

KATEGORIYA

420+

INDIKATORLAR

4

TASHKILOTLAR

 

nsdp.stat.uz

GENDER STATISTIKASI

Gender statistikasi bu - ayollar va erkaklarning gender nuqtai nazaridan farqini aniqlash va buni tizimli ravishda o`rganib borish uchun, ayol va erkaklarning muhim ahamiyatga ega bo`lgan barcha yo`nalishlardagi haqiqiy o`rnini xolisona aks ettiruvchi statistika hisoblanadi 

8

ASOSIY KO'RSATKICHLAR

8

TAHLILIY MALUMOTLAR

5

GENDER KO'RSATKICHLARI

 

gender.stat.uz

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech