O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi tarkibi

Maslahat-kengashi raisi

Z.M. Ziyayev - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o’rinbosari

Ayollar maslahat-kengashi raisi, Maslahat-kengashi raisi o‘rinbosari

Z.N.Talipova - Inson resurslarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i

Maslahat-kengashi a’zolari

V.O. To‘xtayev - Yuridik bo‘lim boshlig‘i

G.X.Salixova – Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i

Z.T. Yuldoshev – Demografiya ,mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshlig‘i

S.R. Davranova – Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bosh buxgalteri o‘rinbosari

J.G‘. Mirsaidov – Ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Kasaba uyushmasi raisi

Vakant – Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish va sifatni boshqarish bo‘limi boshlig‘i

Sh.X. Abrayev – Demografiya ,mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Maslahat-kengashi kotibi

Maslahat-kengashning asosiy vazifalari

Statistika agentligining vakolati doirasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish;

Statistika agentligi nomidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘rganish va bartaraf etilishga ko‘maklashish, oilalaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini, huquqiy, ma’naviy, intellektual bilimlarini oshirish sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

Statistika agentligida jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni va axborotni muntazam ravishda yig‘ishni hamda tahlil qilishni ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning buzilishiga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularni tiklash bo‘yicha choralar ko‘rishda ishtirok etish;

xotin-qizlar va erkaklarning tengligini ta’minlash masalalari yuzasidan kadrlarning kasbiy tayyorgarligi tizimini takomillashtirishda ko‘maklashish;

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha fuqarolarning madaniyat darajasini va xabardorligini oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishda ko‘maklashish;

Statistika agentligi nomidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni amalga oshirishga faol jalb qilish maqsadida ular bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish;

xotin-qizlar va erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarni birga bajarishi, xavfsiz, qulay va munosib mehnat sharoitlarini yaratishda, shu jumladan ham onalarga, ham otalarga bola parvarishi uchun ta’til berish orqali shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Statistika agentligining tegishli mutasaddilariga taklif va tavsiyalar berish;

Statistika agentligining gender siyosatini amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlarni rag‘batlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish;

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy va boshqa ichki me’yoriy hujjatlarni Yuridik bo‘lim tomonidan huquqiy (gender-huquqiy) ekspertizadan o‘tkazishda manzilli ishtirokini ta’minlash;

Statistika agentligida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha berilgan imtiyozlarning yaratilganlik holatini o‘rganish va uning natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;

faoliyat jarayonini gender tenglik nuqtai nazaridan monitoring qilish va baholashda faol ishtirok etish;

ishga kirish maqsadida murojaat qilgan nomzodlar bilan o‘tkaziladigan suhbat yoki boshqa jarayonlarda ish beruvchi tomonidan gender tenglik asosida vazifa va lavozimlarga tayinlashda hamda kadrlar zaxirasini shakllantirishda ishtirok etish;

rahbarlik lavozimlariga iqtidorli, talabchan va mas’uliyatli ayollar va erkaklar nomzodlarini tavsiya qilinishini ta’minlash;

xodimlarning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarining buzilishiga doir murojaatlarni ko‘rib chiqishda mutasaddi tizim xodimlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;

xodimlarning ish joyidagi zo‘ravonlikning turli shakllariga barham berish, kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, nogiron erkak va xotin-qizlarga har tomonlama ko‘maklashish choralarini ko‘rish;

mehnat bozorida xotin-qizlar va erkaklar tengligini ta’minlash, mehnat munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ishga joylashtirish, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida erkak va ayollar bandligini ta’minlashda imkoniyatlar yaratish, kasbiy salohiyati va mehnat faolligini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirib borish uchun shart-sharoitlarini yaratish, malakasini oshirishda ko‘maklashish;

bir xil lavozimlarda ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklarga oylik ish xaqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar teng to‘lanishini monitoring qilish;

gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari shuningdek, o‘rnatilgan tartibda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

Maslahat-kengashi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish maqsadida asosiy faoliyat yo‘nalishlari sifatida qonunda taqiqlanmagan boshqa chora-tadbirlarni belgilashi hamda amalga oshirishi mumkin.

Me`yoriy-huquqiy baza
Gender tenglik bo‘yicha yangiliklar hamda o‘tkazilgan mahalliy va xalqaro anjumanlar

 

Gender statistikasi bo‘yicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi

(Agentlik yangiliklari)

... doirasida mamlakatimiz gender statistikasi potensialini baholash yuzasidan o‘rganish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Joriy yilning 17-may kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston ...

Nashr etilgan 17/05/2024


Gender koʻrsatkichlarini takomillashtirish yuzasidan vazirlik va idoralar bilan oʻquv seminarlar tashkil etildi

(Agentlik yangiliklari)

Joriy yilning 16–25-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida agentlik mutaxassislari hamda vazirlik va idoralarning gender ma’lumotlarini shakllantirish uchun ...

Nashr etilgan 30/04/2024


Oʻzbekistonda inklyuziv boshqaruv va qarorlar qabul qilish yoʻlida ochiq gender maʼlumotlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi

(Agentlik yangiliklari)

... va gender tengligi masalalari qoʻmitasi hamda YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda inklyuziv boshqaruv va qarorlar qabul qilish yoʻlida ochiq gender maʼlumotlarini ...

Nashr etilgan 16/04/2024


“Oʻzbekiston Respublikasida ish haqi boʻyicha gender tafovutini baholash” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

(Agentlik yangiliklari)

Joriy yilning 1-fevral kuni poytaxtimizdagi Crowne Plaza mehmonxonasida Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan “Oʻzbekiston Respublikasida ish haqi boʻyicha gender tafovutni baholash” mavzusida tashkil ...

Nashr etilgan 02/02/2024

 


Gender tengligi statistikasi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 24/01/2022

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2022- yil 22- yanvardagi 15- sonida Davlat statistika qo’mitasi boshqarma boshlig’i Zoyir Yo’ldoshevning “Gender tengligi statistikasi – mamlakatimizdagi mavjud holatni tahlil ...


Gender statistikasi bo'yicha xalqaro maslahatchi bilan uchrashuv bo'lib o'

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 08/10/2021

... Markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv davomida mikro, kichik va o'rta korxonalar bo'yicha gender ma'lumotlarini to'plash va tahlil qilish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ...


Gender statistikasi bo‘yicha onlayn o’quv seminar tashkil etildi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 31/08/2021

Joriy yilning 30- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash ...


Gender tengligi masalasi muhokama qilindi

manaviyat • Nashr etilgan 15/06/2021


Gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 09/06/2021

Joriy yilning 9- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa tarzida “Gender tenglikka erishish strategiyasi – mazmun va mohiyat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 9- iyun ...


Gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi

manaviyat • Nashr etilgan 09/06/2021

Joriy yilning 9- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa tarzida “Gender tenglikka erishish strategiyasi – mazmun va mohiyat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 9- iyun ...


Gender statistikasini takomillashtirish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 21/12/2020

Davlat statistika qo‘mitasida Gender statistikasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar masalasida onlayn tarzda tadbir tashkil etildi. Davlat statistika qo‘mitasida Gender statistikasini ...


Gender tenglikni ta'minlash masalalari yuzasidan videokonferensiya o‘tkazild

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 26/11/2020

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va xalqaro tashkilotlarning yurtimizdagi vakolatxonalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik ish rejasida 2020- yil 25- noyabr ...


Gender tengligi masalasida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi

2020 • Nashr etilgan 18/09/2020

2020- yil 17- sentabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida gender masalalari bo‘yicha videokonferensiya tashkil etildi. ...


Gender statistikasi

Rasmiy statistika • Nashr etilgan 18/08/2020


Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazild

2020 • Nashr etilgan 17/07/2020

Joriy yilning 16-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga bag‘ishlangan videokonferensiya ...


2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi Kun tartibi kontekstida bolalar va o‘smirlar hamda gender tenglikka bog‘liq axborotlarni tayyorlash

2019 • Nashr etilgan 04/12/2019

2019-yil 3-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida markaziy apparat mutaxassislari uchun “2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi Kun tartibi kontekstida bolalar va o‘smirlar hamda gender tenglikka bog‘liq axborotlarni ...


Gender tengligi va xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati

2019 • Nashr etilgan 20/11/2019

Joriy yil 20-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Gender tengligi va xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati” mavzusida navbadagi seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok ...


“Gender statistikasi: kuzatuv muammolari va imkoniyatlar” mavzusida seminar o`tkazildi.

2019 • Nashr etilgan 02/08/2019

Joriy yilning 31-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida Tbilisi shahrida (Gruziya) bo`lib o`tgan “Gender statistikasi: kuzatuv muammolari va imkoniyatlar” mavzusidagi hududiy konferensiyaga bag`ishlangan ...


Davlat statistika qo`mitasi vakili gender statistikasi bo`yicha hududiy konferentsiyada ishtirok etdi

2019 • Nashr etilgan 30/07/2019

Davlat statistika qo`mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig`i Xurshid Juraev 2019-yilning 25-26 iyul kunlari Tbilisi shahrida (Gruziya) bo`lib o`tgan “Gender statistikasi: kuzatuv muammolari ...


Gender statistikasi bo’yicha Ishchi sessiyasi bo’lib o’tdi. (Nevshatel sh., Shvetsariya, 2019 yil 13-17 may)

2019 • Nashr etilgan 24/05/2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan 2019 yilning 13-17 may kunlari Nevshatel shahrida (Shvetsariya) Gender statistikasi bo’yicha Ishchi sessiyasi tashkil etildi. Birlashgan ...


“Rahbar ayollar” mavzusida onlayn forum tashkil etildi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 26/11/2020

... rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollar ishtirok etdi. Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O’zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari ...


Davlat statistika qo'mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida masofaviy videokonferensiya o'tkazi

2020 • Nashr etilgan 09/06/2020

2020- yilning 9- iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o`rtasida gender statistikasi bo`yicha masofaviy videokonferensiya o`tkazildi.2020- yilning 9- iyun ...


Shaxsning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi

2020 • Nashr etilgan 11/03/2020

... rahbar shaxsi psixologiyasi, liderlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari, gender tenglik va hayot, boshqaruv muomalasi va uning psixologiyasi mexanizmlari haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, shaxsga ...


Davlat statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi BMT statistika komissiyasining 51-sessiyasida ishtirok etdi

2020 • Nashr etilgan 09/03/2020

... aholining tabiiy harakati statistikasi, sog‘liqni saqlash statistikasi, gender statistikasi, qochoqlar statistikasi, davlat boshqaruvi statistikasi yo‘nalishlari hamda hududiy statistikani rivojlantirish, ...


Xalqaro ekspertlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

2020 • Nashr etilgan 28/01/2020

... maqsadi – gender tengligi va statistikasi, xotin-qizlar bandligi, ayollarning roli va bozor islohotlari jarayonida ularning huquqlarini himoya qilishga oid ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash masalalarini ...


Erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlarini ta'minlas

2019 • Nashr etilgan 04/12/2019

... maqsad – gender tengligini shakllantirish, erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va teng imkoniyatlar, kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati va do‘stona muhitni qaror toptirish, ...

Qonun orqali demokratiya uchun yevropa komissiyasi uchrashuv

Gender tengligi bo‘yicha seminar tashkil etildi

2022 • Nashr etilgan 20/05/2022

Mamlakatimizda so'nggi yillarda gender tenglikni ta'minlash borasida muhim qadam tashlanmoqda. Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xotin - qizlari uchun seminar bo'lib o'tdi. Seminarda «Xotin - qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi to'g'risida so'z yuritildi.


“Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlik” masalalari bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi

2022 • Nashr etilgan 26/05/2022

Joriy yilning 23–24- may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-psixologik himoya va politsiya xizmatlari ko‘rsatishni idoralararo muvofiqlashtirish” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi.

 

Agentlik tizimidagi gender tenglik bo'yicha ochiq ma'lumotlar
Ishonch telefoni va elektron pochtasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning buzilishiga doir omillarni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar va holatlarga duch kelsangiz, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling yoki elektron pochta manziliga xabar yuboring:

Telefonlar: +99871 202-80-84, +99871 202-80-85, +99871 203-80-00 (ichki-1241)

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.