Memorandumlar
|
---|
O`zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar statistika tashkilotlari o`rtasidagi statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risidagi ikki tomonlama bitimlar:
1. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi statistika Davlat qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim. Toshkent, 20- yanvar 1999- yil.
2. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Ukraina Davlat statistika qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim. Kiev, 20- may 1999- yil.
3. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Ozorboyjon Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim. Toshkent, 23- iyul 1999- yil.
4. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Gruziya davlat statistika departamenti o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim. Toshkent, 3- fevral 2000- yil.
5. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Koreya Respublikasi “Koreya Statistiks” o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida Anglashuv Memorandumi. Toshkent, 24- avgust 2011- yil.
6. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qirg’iziston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi o’rtasida anglashuv va hamkorlik memorandumi,Toshkent, 5- oktyabr 2017- yil.
7. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining Statistika qo‘mitasi o‘rtasida statistika sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi,Toshkent, 8- noyabr 2018- yil.
8. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan Jahon banki guruhi o'rtasida anglashuv memorandumi, Toshkent, 10- aprel 2019- yil.
9. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan Serbiya statistika idorasi o'rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida anglashuv memorandumi, Toshkent, 4- mart 2020- yil.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan Hindiston Respublikasi statistika vazirligi va dastur ijrosi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida statistika qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi, Toshkent, 3- mart 2020- yil.
11. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan Islomiy davlatlarning statistika, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va ta'lim markazi (SESRIC) o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi, Toshkent shahri, 5- mart 2020- yil.
Yangiliklar
|
---|
Statistika agentligi xodimlari BMTning UNICEF Bolalar jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etmoqda
NASHR ETILGAN: 03/04/2023
2023- yilning 30-mart – 6-aprel kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNICEF Bolalar jamg’armasi tomonidan “Multiindikator klaster kuzatuvlari 7-raundi (MICS-7)” mavzusida o‘quv seminari tashkil etilmoqda. Ushbu xalqaro seminarda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining statistika idoralari vakillari qatnashmoqda. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Qirg‘izov Dilshodbek Erkinbayevich, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Samadov Shaxboz Baxrom o‘g‘li hamda Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig’i o‘rinbosari Aleshunina Olga Vladimirovna ishtirok etmoqda. Seminarning asosiy maqsadi Multiindikator klaster kuzatuvlari 7-raundida ishtirok etishni rejalashtirayotgan mamlakatlarning statistika organi xodimlariga MICS 7 raundida kiritilayotgan o‘zgatirishlar va yangiliklar to‘g’risida tajriba almashish, ayollar va bolalarga oid ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Tadbir davomida ishtirokchilar Multiindikator klaster kuzatuvlari 7-raundi ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan maʼlumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishmoqda.
Statistika agentligi vakillari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi
NASHR ETILGAN: 31/03/2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining Tarmoqlararo ekologik-iqtisodiy tizim tadqiqotlari seksiyasi tomonidan tashkil etilgan “Hududlarni ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning mintaqaviy strategiyalari va loyihalarini boshqarish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi. Tadbirda Statistika agentligidan Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Odilov qatnashdi. Anjumanda O.Mamadaliyev “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi. Ma’ruza va muallifning tadqiqot natijalari anjuman ishtirokchilari va Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining Tarmoqlararo ekologik-iqtisodiy tizim tadqiqotlari seksiyasi ilmiy hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Federal raqobatbardoshlik va statistika markazi vakillari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 31/03/2023
2023-yil 30-mart kuni “Yoʻl xaritasi”ning 20-bandini bajarish maqsadida AQShning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasida Statistika agentligi delegatsiyasining ishtiroki yakunlari boʻyicha oʻzaro aloqalar va aloqalarni oʻrnatish maqsadida onlayn uchrashuv oʻtkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Birlashgan Arab Amirliklarining Raqobatbardoshlik va statistika federal markazi xodimlari statistika sohasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishdi. Yig‘ilishda Statistika agentligidan: Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev, Statistik ishlarni tashkil etish va metodologiyasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Anvarjon Toʻlaganov, Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov, Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Jo‘rayev, Statistika agentligi huzuridagi Malaka oshirish va statistika tadqiqotlari instituti direktorining o‘rinbosari Otabek Qahhorov ishtirok etishdi. Birlashgan Arab Amirliklarining Raqobatbardoshlik va Statistika Federal Markazidan Nora Ali, Metodologiya departamenti direktori Zayd al-Qadiy, Metodologiya departamenti direktori yordamchisi, Iqtisodiy statistika departamenti direktori Fayeda Abdullah, Demografik statistika bo‘limi mutaxassisi Maryam Sulton Al-Olamah, Metodologiya bo‘limi mutaxassisi Asma Al-Shehi, tadqiqotchi Amal Almarzuki qatnashishdi. Uchrashuv davomida statistikani rivojlantirish, ma’lumotlarni tarqatish, uslubiy tajriba almashish hamda GSIM va GSBPM hamda sifat tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Birlashgan Arab Amirliklarining Federal raqobatbardoshlik va statistika markazi vakillari o‘z taqdimotida Markazning asosiy faoliyati yo‘nalishlari haqida batafsil ma`lumot berdilar, rasmiy veb-sayt va joriy qilingan GSIM va GSBPM tizimining amaliyotini taqdim etdilar. Muzokaralar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasi yuzasidan tadbir tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 15/03/2023
Joriy yilning 15-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasida koʻrib chiqilgan taklif va tavsiyalarning Milliy statistika tizimi doirasida joriy etish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish agentligi bilan tashkil etilgan tadbirda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining 9.5.1 va 9.5.2 indikatorlarni shakllantirishda idoraviy maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ushbu yoʻnalishda shakllantiriladigan maʼlumotlar toʻliqligini taʼminlash choralarini koʻrish masalalari muhokama qilindi. Innovatsion rivojlanish agentligi masʼullari bilan innovatsiya va ilm fanga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish uchun tajriba almashish boʻyicha doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari boʻyicha ham kelishib olindi. Kelgusida bajariladigan vazifalarni sifatli tashkil etish va YUNESKO statistika institutining (R&D) savolnomasini toʻldirishda Innovatsion rivojlanish agentligida mavjud maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha fikr mulohazalar almashildi.
Yaponiyaning “JICA” xalqaro hamkorlik agentligi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 10/03/2023
Joriy yilning 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Abdusalomovich Begalov, JICA ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari janob Miyazaki Suguru va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov va JICA ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari janob Miyazaki Suguru ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar, shu jumladan, aholini ro'yxatga olish, qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish va turizm statistikasi bo'yicha ma'lumotlar almashinuviga to'xtalib o'tishdi. Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlikni yanada mustahkamlash va hamkorlikning boshqa istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishib oldilar.
Statistika agentligi delegatsiyasi BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasida ishtirok etmoqda
NASHR ETILGAN: 28/02/2023
Joriy yilning 28-fevral–3-mart kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh ofisida Statistika komissiyasining 54-sessiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Statistika idoralarining eng nufuzli yigʻilishida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham BMT Bosh ofisiga yetib borishdi. Delegatsiya 27-fevral kuni tashkil etilgan “Statistika forumi”da ham qatnashdi. Forum doirasida bir qator statistika idoralari rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan oʻzaro muloqot-tajriba almashildi. Maʼlumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika Komissiyasi, 1947-yilda tuzilgan boʻlib, global statistika tizimining eng yuqori organi hisoblanadi. U butun dunyodan BMTga aʼzo davlatlarning statistika idoralari rahbarlarini birlashtiradi. Xalqaro statistika faoliyati sohasida, xususan, statistik standartlar, konsepsiyalar va uslubiyotlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro va milliy miqyosda amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qiluvchi asosiy organ hisoblanadi. Shuningdek, u BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashining (EKOSOS) funksional komissiyasi boʻlib, Kengashga milliy statistika tizimlarini rivojlantirish va milliy statistik maʼlumotlarning taqqoslanuvchanligini taʼminlashda, BMTning ixtisoslashtirilgan agentliklarining statistika sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda hamda statistikani va statistik metodologiyani takomillashtirishda yordam beradi. Statistika komissiyasi oʻzining 75 yildan ortiq faoliyati davomida statistikaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha asosiy xalqaro standartlar, konseptual taʼriflar va uslubiy koʻrsatmalarni muhokama qilish va qabul qilish uchun asosiy platformaga aylandi. Ayni kunda 54-sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamalarida ishtirok etilmoqda. Shuningdek, sessiya doirasida delegatsiya BMT Statistika departamenti direktori Stefan Shvaynfest, Osiyo va Tinch Okeani boʻyicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK) statistika qoʻmitasi direktori Reychl Biven va boshqa bir qator mamlakatlarning milliy statistika idoralari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkizilib, ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshiriladigan masalalar koʻrib chiqildi. Uchrashuvlar mobaynida xalqaro tashkilotlar vakillari Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha Oʻzbekistonda qoʻlga kiritilgan natijalar ijobiy ekanligini eʼtirof etishdi. BMT Statistika boʻlimi tomonidan idoraning rasmiy veb-saytida Oʻzbekistonda BRM borasida Statistika agentligi vakolati doirasidagi vazifalarni yuqori darajada tashkil etganligi ham alohida eʼtirof etildi. Bundan tashqari, muloqotlar jarayonida aksariyat ekspertlar Ochiq maʼlumotlar reytingi (ODIN) baholashlarida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilab, 66 ball bilan reytingda 192 davlat orasidan 40-oʻrinni (Markaziy Osiyoda birinchi) egallaganligi ham bu borada samarali islohotlar amalga oshirilayotganligini bildiradi, deya eʼtirof etishgan. Sessiya ishi davom etmoqda. Delegatsiya vakillarining sessiyalardagi ishtiroki va xalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlar statistika idoralari vakillari bilan boʻlgan uchrashuvlar yakuniga oid yana qoʻshimcha axborotlar berib boriladi.
FAOning mintaqaviy vakili Georgiy Kvinikadze bilan uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 21/02/2023
Joriy yilning 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Statistika agentli Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi, Sanoat statistikasi hamda Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Barqaror rivojlanish maqsadlari ko'rsatkichlarini amalga oshirish istiqbollari bo'yicha fikr-mulohaza almashildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari A’zam Ikromov Barqaror rivojlanish maqsadlari ko'rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha ilgʻor tajribalarga ega davlatlarning tajribalari haqida ham so‘z yuritildi.
BMT Bolalar jamg'armasi (UNICEF) rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
NASHR ETILGAN: 20/02/2023
Joriy yilning 20- fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Bolalar jamg'armasi vakolatxonasi (UNICEF) rahbari bilan kelgusida hamkorlikni muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich, BMTning Bolalar jamg'armasining (UNICEF) O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida B. Begalov va Munir Mamedzade ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha fikr almashdilar, jumladan, “MICS 7” Multindikator Klaster kuzatuvlarining navbatdagi bosqichini tayyorlash va bolalar haqidagi ma'lumotlarni takomillashtirish jarayoniga to'xtalib o'tishdi. Uchrashuv ishtirokchilari kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan qo'shma loyihalar va tashabbuslarni tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
Statistika agentligi xodimlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan seminarda qatnashdi
NASHR ETILGAN: 20/02/2023
2023- yilning 6–17- fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan “Moliyaviy dasturlash va siyosat” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda Ozarbayjon, Armaniston, Albaniya, Germaniya, Gruziya, Eron, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Luksemburg, Moldova, Tojikiston, Turkiya, Serbiya, Slovakiya va O‘zbekistondan vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Mazkur xalqaro seminarda Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmuda Yunusova hamda Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi Gulnora Rahmatullayeva qatnashdi. Seminarning asosiy maqsadi makroiqtisodiy nomutanosibliklarni aniqlash va ularni muvofiqlash usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar makroiqtisodiy sektorlarning asosiy xususiyatlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha kerakli ma’lumot olib, o‘z tajribalarini oshirishdi.
“Whiteshield Partners” konsalting tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 17/02/2023
2023- yilning 17- fevral kuni Statistika agentligida “Whiteshield Partners” konsalting tashkiloti vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Jahon bankining institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Xalqaro reyting agentligi vakillari tomonidan qo`yilgan savollar muhokama etildi. “Whiteshield Partners” konsalting tashkiloti vakillari uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar berib o‘tdi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasidan tashrif buyurgan ekspertning missiyasi yakunlandi
NASHR ETILGAN: 17/02/2023
Joriy yilning 6- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga Xalqaro valyuta jamg‘armasidan milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Levan Gogoberishvili tashrif buyurgan edi.Joriy yilning 17- fevraliga qadar davom etgan tashrif davomida ekspert tomonidan diskret choraklik milliy hisoblar ko‘rsatkichlari, resurslar va ishlatilish jadvallarini shakllantrish, kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash hamda boshqa iqtisodiy statistika bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Tashrif yakunida Statistika agentligi rahbariyati hamda tarmoqlar statistikasi boshqarmalari boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy hisoblar tizimi – 2008 xalqaro uslubiyotini amaliyotga joriy etganligi e’tirof etildi. Ekspert bilan tashrif natijalari, milliy hisoblarni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi. Joriy yilning 17- fevraliga qadar davom etgan tashrif davomida ekspert tomonidan diskret choraklik milliy hisoblar ko‘rsatkichlari, resurslar va ishlatilish jadvallarini shakllantrish, kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash hamda boshqa iqtisodiy statistika bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Tashrif yakunida Statistika agentligi rahbariyati hamda tarmoqlar statistikasi boshqarmalari boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy hisoblar tizimi – 2008 xalqaro uslubiyotini amaliyotga joriy etganligi e’tirof etildi. Ekspert bilan tashrif natijalari, milliy hisoblarni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Mehnat migratsiyasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 16/02/2023
2023- yilning 13–15- fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM)ning O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi tomonidan “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” bo‘yicha seminar tashkil qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot, Markaziy bank, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, PayNet to‘lov tizimi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich qatnashdi. Seminar ishtirokchilari “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” doirasida davlatlar o‘rtasida migratsiya masalalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bu borada ayni paytda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida alohida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, xavfsiz va tartibli migratsiya tizimini joriy etish, migrantlarni kasb-hunarga o‘qitish masalalarida fikr-mulohaza almashishdi.
Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 09/02/2023
Joriy yilning 9- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev, Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sanjarbek Toshbayev hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Zohidjon Ziyayev va Sanjarbek Toshbayev ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, mamlakatimizda migratsiya statistikasining yuritilishi va kelgusida uni yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv ishtirokchilari migratsiya statistikasini yuritish borasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqida ham kelishib olishdi.
Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg'armasining missiyasi o'z faoliyatini boshladi
NASHR ETILGAN: 06/02/2023
2023- yilning 6- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Levan Gogoberishvili bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Statistika agentligi direktori Bahodir Abdusalomovich Begalov hamda Levan Gogoberishvili mazkur missiyaning vazifalari haqida fikr-mulohaza almashdi. Missiyaning asosiy maqsadi – diskret choraklik milliy hisoblar ko’rsatkichlari, yillik resurslar va ishlab chiqarish jadvallarini takomillashtirish hamda boshqa choraklik iqtisodiy statistika bilan bog’liq ko’rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat. Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, tashrifning birinchi kunida Statistika agentligi mas'ul xodimlari O'zbekiston milliy hisoblari joriy amaliyotining umumiy sharhini o'tkazdilar.
Statistika agentligi xodimlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi
NASHR ETILGAN: 06/02/2023
2023- yilning 21-yanvar – 4-fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Armaniston, Albaniya, Gruziya, Kosovo, Litva, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkiya, Serbiya, Ukraina va O‘zbekistondan statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Mehmonov, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Mamatmuradov, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Fazliddin Berdiyorov hamda Joriy hisoblar bo‘limi bosh mutaxassisi Davron Kushchiyev ishtirok etishdi. Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini shakllantirish boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Tadbir davomida ishtirokchilar milliy hisoblar ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Yaponiyaning “JICA” xalqaro hamkorlik agentligi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 27/01/2023
2023- yilning 27- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari va Yaponiyaning “JICA” xalqaro hamkorlik agentligi missiyasi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda “World Business Associates Co. Ltd.” kompaniyasi eksperti – Koichi Tanaka boshchiligida “Energiya samaradorligi va energiyani tejash” texnik yordam loyihasini amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Yaponiyaning “JICA” xalqaro hamkorlik agentligi missiyasining O‘zbekistonga tashrif buyurishidan maqsad – energiya samaradorligi va uni tejash siyosati masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, korxona va tashkilotlarda turli uchrashuv va tadbirlar o‘tkazishdan iborat. Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi “Energetika axborot tizimi”ga oid masalalar, e-Stat 4.0 dasturiy ta’minoti va borada tegishli vazirliklar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritildi.
BMT va ESKATO boshchiligidagi Tojikiston va Mo‘g‘iliston vakillaridan iborat delegatsiyasiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 25/01/2023
Joriy yil 24- yanvar kuni Statistika agentligida BMT va ESKATO boshchiligidagi Tojikiston va Mo‘g‘iliston delegatsiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Statistika agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlatlar o‘rtasida 2030- yilgacha Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga erishish borasidagi Ihtiyoriy milliy hisobotni tayyorlash (Twinning) dasturi bo‘yicha Mo‘g‘iliston va Tojikiston vakillari bilan o‘zaro tajriba almashish va malaka oshirish hisoblanadi. Tadbir davomida Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi doirasida olib borilayotgan ishlar, statistika sohasidagi islohotlar, ochiq ma’lumotlar portali va milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, ushbu sohada Mo‘g‘iliston va Tojikistonda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham ma’lumot berildi. Uchrashuv interaktiv usulda, savol-javob ko‘rinishida davom etdi. Bunday uchrashuvlar shu yilning 27-yanvarga qadar respublikaning turli vazirlik va idoralarida davom etdi.
ESKATO statistika qo'mitasi byurosining yig'ilishi bo'lib o'tdi
NASHR ETILGAN: 18/01/2023
2023- yilning 18- yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Abdusalamovich Begalov ESKATO statistika qo'mitasi byurosining yig'ilishida ishtirok etdi. Maʼlumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) 1947-yil 28-martda tashkil topgan. Komissiyaning bosh qarorgohi Bangkokda joylashgan. ESKATO geografik qamrov va aholi soni boʻyicha BMTning beshta mintaqaviy komissiyasidan eng yirigi hisoblanadi. Komissiya 53 ta ovoz beruvchi mamlakatdan, jumladan, MDH davlatidan sakkizta (Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz R., Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) davlatlaridan iborat. 2022- yil 23-25 avgust kunlari Bangkok (Tailand)da bo'lib o'tgan ESKATO statistika qo'mitasining 8-sessiyasida Begalov Bahodir Abdusalomovich ESKATO statistika qo'mitasi byurosi raisining o'rinbosari etib saylangan. Yig'ilishda ESKATO statistika qo'mitasi byurosi a'zolari, xususan, byuro raisi Batdavaa Batmunx (Mo'g'uliston), byuro raisining o'rinbosarlari Mariya Musudroka (Fidji), Gobinda Prasad Samanta (Hindiston) ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Piyanuch Vuttisorn (Tailand), En Chuan Koch (Singapur). Reychel Beaven (BMTning ESCATO statistika bo'limi direktori) hamda BMTning ESCATO statistika qo'mitasi kotibiyati vakillari va boshqa mas'ul shaxslar qatnashdi. Yig'ilishda 2023- yil fevral–mart oylarida AQShning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan BMT Statistika komissiyasining 54-majlisida ko'rib chiqiladigan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. Ishtirokchilar tadbir davomida tashkiliy masalalar, hujjatlar, statistika qo'mitasi ishini qo'llab-quvvatlovchi guruhlar ishi, amaliyotchilarning sharhlari va boshqa masalalar haqida so‘z yuritdi.
Addis-Abeba shahrida qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlar statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 19/12/2022
Joriy yilning 12-14- dekabr kunlari Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida “Biz vazifamizni bajaramiz va kelajakka intilamiz – 2022: qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlar statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi (EGRISS)” bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 35 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan 80 nafardan oshiq ishtirokchilar, Davlat statistika qoʻmitasidan Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Jurayev va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik xujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dusnayev ishtirok etdi. Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad – EGRISS ekspertlar guruhining 2024-yilgacha amal qiladigan vakolati doirasida ekspertlar guruhiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida tajriba almashish, fuqaroligi yoʻqlar statistikasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni koʻrib chiqish va qochqinlar va vaqtincha yashovchilar statistikasi boʻyicha xalqaro tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Yig‘ilishda ishtirokchi davlatlar o‘zaro tajriba almashishdi, qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar statistikasi sohasidagi mutaxassislardan tavsiyalar olindi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Davlat statistika qoʻmitasi mutaxassislari bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirdi, qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish sohasida metodologiyani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etdi. Shuningdek O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida axborot berishdi. Yig‘ilishda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida qochqinlar, majburiy ko‘chirilish va fuqarosizlik sohasida tajriba almashilib, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish so‘nggida qochqinlar, majburiy ko‘chirilish va fuqarosizlik bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
"BMT-Ayollar" tuzilmasi vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
NASHR ETILGAN: 16/12/2022
2022- yil 16- dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Bahodir Abdusalomovich Begalov hamda "BMT – Ayollar" tuzilmasining Qirg'iz Respublikasidagi vakili Ulziysuren Jamsran bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ishtirokchilar gender statistikasi sohasidagi potentsial hamkorlik, Davlat statistika qo'mitasining har bir ayolni hisobga olish imkonini beruvchi global ma'lumotlar yig'ish borasida fikr-mulohaza almashishdi. Tadbir davomida tomonlar keng ko'lamli masalalarni muhokama qildilar. Xususan, O'zbekistonda gender ma'lumotlarini tahlil qilish, O'zbekiston milliy statistika tizimining gender tengligi, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida so‘z yuritildi. Shuningdek, milliy va xalqaro majburiyatlar monitoringi va hisoboti sohasidagi salohiyatini baholash, gender statistikasi bo'yicha milliy yo'l xaritasi/strategiyasini ishlab chiqish istiqbollari muhokama qilindi. "BMT-Ayollar" tuzilmasi vakili gender tenglik va xotin-qizlar imkoniyatini kengaytirish masalalarida milliy va xalqaro majburiyatlarga erishish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlari va tashabbuslarini yuqori baholadi. Tomonlar yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.
Qo‘mita vakillari statistik baholash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro seminarda ishtirok etdi
NASHR ETILGAN: 13/12/2022
Joriy yilning 6–7- dekabr kunlari Polshaning Krakov shahrida Yevropa, Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika idoralari xodimlari uchun statistik baholash bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Mazkur tadbir Yevrostat tomonidan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) va Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA) hamkorligida tashkil etildi. Unda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston, O‘zbekiston statistika idoralari vakillari hamda Yevrostat, BMT YIK va EFTA tashkilotlarining xalqaro ekspertlari ishtirok etishdi. Seminarda Davlat statistika qo‘mitasidan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Zakirov Dilshod Tairovich hamda Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Turayev Farxod Samadovich qatnashdi. Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchi mamlakatlarda xalqaro tashkilotlar ko‘magida o‘tkazilgan statistik baholash bo‘yicha tajriba almashish hamda kelgusidagi rejalar bilan o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi.
Kambag‘allik va daromadlar tengsizligini oʻlchash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 12/12/2022
2022-yilning 7–9-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Mazkur tadbir BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etildi. Unda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Kanada, Qozog‘iston, Qirg‘iz R., Moldova, Polsha, Rossiya, AQSh, Tojikiston, O‘zbekiston, Ukraina va boshqa qator davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasidan Davlat statistika qo‘mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Otajon Yusupov ishtirok etdi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va tengsizlikni oʻlchash hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan tadbir doirasida qator taklif va tavsiyalar berildi.
MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining 65-majlisi boʻlib oʻtdi
NASHR ETILGAN: 12/12/2022
2022- yilning 12- dekabr kuni MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining 65- majlisi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi. Ushbu majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich raislik qildi. Onlayn yigʻilishda MDHga aʻzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, 2023- yilda MDHga a'zo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashiga raislik qilish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, 2023- yilda MDHga aʻzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashiga raislik qilish masalasi ham muhokama qilindi. Majlis yakunlari boʻyicha kelishilgan takliflar, qaror va tegishli hujjatlar toʻplami MDH hukumat rahbarlari Kengashida koʻrib chiqishga kiritish uchun belgilangan tartibda MDH Ijroiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Davlat statistika qoʻmitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
NASHR ETILGAN: 06/12/2022
2022- yilning 6- dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda qoʻmita raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida qoʻmita markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi hamda Jahon banki ishchi guruhi a’zolari – Uilyam Seitz, Sevilya Muratova va boshqa ekspertlar qatnashdi. Missiyaning maqsadi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi keyingi qadamlarni, harakat rejasini, shuningdek, loyiha doirasida ma'lumotlar bo‘yicha so‘rovlarni muhokama qilishdan iborat. Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi. Yig‘ilishda ishchi guruh a'zolari loyihaning borishi, joriy vazifalari va kelgusidagi tadbirlar rejasi bilan qo‘mita raisini tanishtirdi. Loyihaning tarkibiy qismlari, xususan, institutsional islohotlar va salohiyatni rivojlantirish, ma’lumotlarni tayyorlash, texnik imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, loyihani boshqarish masalalari ko’rib chiqildi. Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Tokiyo shahrida statistika sohasidagi ekspertlar ishtirokida xalqaro konferensiya oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 05/12/2022
Joriy yilning 29-noyabr – 1-dekabr kunlari Yaponiyaning Tokiyo shahrida “COVID-19 pandemiyasi davrida aholini roʻyxatga olishning 2020- yil raundidagi taʻsirini baholash va muammolarini bartaraf etish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Mazkur konferensiya Amerika, Osiyo, Tinch okeani hududlarining milliy aholini roʻyxatga olish va statistika assotsiatsiyasi (ANCSDAAP) hamda Yaponiya statistika byurosi tomidan tashkil etildi. Xalqaro konferensiyada Amerika roʻyxatga olish byurosi, Indoneziya, Gonkong, Shri-Lanka, Mongoliya, Koreya, Vyetnam, Ozarbayjon, Singapur, Hindiston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning milliy statistika sohasidagi ekspertlari ishtirok etdi. Davlat statistika qoʻmitasidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Odilov Shohruh Gʻayratjonovich qatnashdi. Ishtirokchilar konferensiya davomida roʻyxatga olish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari, aholini roʻyxatga olishda internet va planshet qurilmalaridan foydalanish hamda katta hajmdagi maʻlumotlarni yigʻish va qayta ishlash usullari haqida fikr-mulohaza almashishdi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha Markaziy Osiyo submintaqaviy seminar-trening tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 30/11/2022
2022- yilning 29- noyabr – 1- dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti – YUNESCO tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadi bo‘yicha dalillarga asoslangan siyosatini ishlab chiqish, rejalashtirish va monitoring qilish uchun taʼlim maʼlumotlari va statistikasi salohiyatini kuchaytirish” mavzusida Markaziy Osiyo submintaqaviy seminar-trening o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur seminarda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi va O‘zbekiston statistika idoralari, ta’lim hamda moliya vazirliklari vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qambarov Jahongir Hoshimjonovich ham ishtirok etmoqda. Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, Barqaror rivojlanishning 4-maqsadining amalga oshirilishi, monitoring va milliy oraliq baholash uchun ta’lim ma’lumotlari hamda statistikasi bo‘yicha mintaqaviy a’zo davlatlar salohiyatini oshirishdan iborat.
Olmaota shahrida “Davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 30/11/2022
2022- yilning 21–25- noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ), Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun mintaqaviy salohiyatni rivojlantirish markazi tomonidan “Davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirgʻiz, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va O‘zbekistondan turli vazirlik, bank va statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Farhod G‘aniyev ham ishtirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, davlat moliya statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mazkur ko‘rsatkichlarni shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini o‘rganishdan iborat.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi (FAO) tashkiloti eksperti bilan uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 28/11/2022
2022- yil 22–25-noyabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy bo'limi eksperti Georgiy Kvinikadze bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda qo‘mita rahbariyati, Qishloq xo'jaligi va ekologiya hamda Aholini ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmalari xodimlari qatnashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar qishloq xo'jaligi sohasini ro'yxatga olish so'rovnomalarini ko'rib chiqib, qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko'rish metodikasi loyihasi bilan ham tanishishdi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha Respublika va hududiy komissiyalar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda barcha vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv yakunida Davlat statistika qo'mitasi xodimlari va xalqaro ekspert tomonidan O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasini ro'yxatga olish bo'yicha kelgusida bajariladigan ishlar muhokama qilindi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
NASHR ETILGAN: 28/11/2022
2022- yilning 25- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasi vakillari hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o'rtasida "World Business Associates Co. Ltd.” kompaniyasi eksperti Koichi Tanaka boshchiligidagi “Energiya samaradorligi va energiyani tejash” texnik yordam loyihasini amalga oshirish doirasida navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumot uchun: Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O'zbekiston Respublikasiga tashrifidan maqsadi - energiya samaradorligi va energiyani tejash siyosati bo'yicha maslahat xizmatlarini ko'rsatish hamda respublika korxonalariga uchrashuv va tashriflar o'tkazishdan iborat. Ushbu uchrashuvda yoqilg'i-energetika balansi to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek, tegishli statistik ma'lumotlarni to'plash va tuzish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi.
“Statistikaning zamonaviy muammolari: nazariya, uslubiyot va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 26/11/2022
Joriy yilning 26- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Statistikaning zamonaviy muammolari: nazariya, uslubiyot va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi. Anjumanda AQSHning Pensilvaniya va Jorjiya xalqaro universitetlari, Rossiyaning Ural davlat iqtisodiyot, Janubiy federal universitetlari, Polsha xalqaro biznes akademiyasi kabi nufuzli oliy taʼlim muassasalari vakillari, xalqaro tashkilotlar hamda yurtimizdagi turli vazirlik va idoralar xodimlari ishtirok etdi. Dastlab tadbirda i.f.d., akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich mavzu yuzasidan batafsil soʻz yuritdi. Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gʻoyibnazarov Bahodir Karimovich, Polsha xalqaro biznes akademiyasining xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rafal Rebilas statistikaning zamonaviy muammolari: nazariya, uslubiyot va amaliyot masalasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi. Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gʻoyibnazarov Bahodir Karimovich, Polsha xalqaro biznes akademiyasining xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rafal Rebilas statistikaning zamonaviy muammolari: nazariya, uslubiyot va amaliyot masalasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi. Ishtirokchilar tarmoqlar (sohalar) statistikasi taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlarining roli va oʻrnini koʻrsatib berish, mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollarini belgilash masalalarida ham oʻzaro fikr-mulohaza almashishdi. Tadbir soʻnggida mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Oʻzbekistonda ilk marta oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga tayyorgarlik muhokama qilindi
NASHR ETILGAN: 24/11/2022
2022- yilning 24- noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasida ilk marta oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishning istiqboldagi rejalari muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi ekspertlari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi. Davra suhbatida FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlimi statistika boʻyicha mutaxassisi Georgiy Kvinikadze boshqa mamlakatlarning qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tajribasi, shuningdek, FAOning bu borada amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish qishloq xoʻjaligining asosiy statistikasini yigʻishda muhim vosita boʻlib xizmat qilishi qayd etildi. Yagona dastur va metodologiya boʻyicha oʻtkazilgan keng qamrovli statistik soʻrov qishloq xoʻjaligining holati va tuzilishi, uning resurs salohiyatining mavjudligi va ulardan foydalanish toʻgʻrisida eng toʻliq va obyektiv maʼlumotlarni olish imkonini beradi. Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi vakili Humoyun Oʻrazbekov ishtirokchilarni ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy bazasi va qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish bosqichlari bilan tanishtirdi. Shuningdek, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish xamda asosiy roʻyxatdan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va bu borada respublika va hududiy komissiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha jalb etilgan vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar toʻgʻrisida haqida soʻzlab berdi. Davra suhbatida asosiy qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha keyingi qadamlar muhokama qilindi, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 26- fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2024- yilda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida asosiy roʻyxatdan oʻtkazish tashkil etiladi. Bu boradagi vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hisoblanadi. Tadbirlarning xalqaro standartlarga javob berishini taʼminlash maqsadda FAO “Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish uchun qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tashkilotchilarini qoʻllab-quvvatlaydi. Mazkur loyihaning maqsadi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi statistikasi tizimini takomillashtirish va Davlat statistika qoʻmitasi xodimlarini qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha usullar va dala ishlarini olib borishga oʻrgatishdan iborat. Eslatib oʻtamiz, 1-31- avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent va Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ilk bor tashkil etildi. Tadbirlarda FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlimi statistika boʻyicha mutaxassisi Georgiy Kvinikadze ham ishtirok etdi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish uchun ishlab chiqilgan anketalarni takomillashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni qoʻllab-quvvatlash uchun FAO vaqtincha jalb qilingan shaxslar uchun oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etdi, shuningdek, xabardorlikni oshirish uchun materiallar, yaʼni bannerlar, plakatlar, qoʻllanmalar, bukletlar va flayerlar kabi axborot-kommunikatsiya materiallarini taqdim etdi.
Matbuot anjumani: Bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholashda Multiindikator klaster kuzatuvlarining ahamiyati
NASHR ETILGAN: 23/11/2022
2022- yilning 23- noyabr kuni Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida Davlat statistika qoʻmitasi hamda BMT Xalqaro bolalar jamgʻarmasi UNICEF tomonidan “Bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholashda Multiindikator klaster kuzatuvlarining ahamiyati” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi rahbariyati, markaziy apparat xodimlari, BMT Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Matbuot anjumanida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublikada bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 625- son qaroriga muvofiq, 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Multiindikator klaster kuzatuvlarini oʻtkazilishi belgilandi. Multiindikator klaster kuzatuvi BMTning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) tomonidan ishlab chiqilgan uy xoʻjaliklarining tanlanma kuzatuvi xalqaro dasturi boʻlib, asosan bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida koʻp koʻrsatkichli maʼlumotlarni yigʻadi, shu oʻrinda onalar va bolalar boʻyicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik maʼlumotlar manbasi hisoblanadi. MICS kuzatuvlari 1995- yildan boshlab, 2022- yilga qadar butun dunyo mamlakatlari oʻrtasida 118 ta davlatda 349 marotaba oʻtkazilgan. Ushbu kuzatuvda ona va bola salomatligi, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning taʼlim olish darajasi, bolalarning sogʻlom va jismoniy rivojlanishi kabi muhim statistik koʻrsatkichlar jamlanadi. 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Multiindikator klaster kuzatuvlarini (MICS) oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va BMT Bolalar jamgʻarmasi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Davlat statistika qoʻmitasi kuzatuvni oʻtkazish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasida MICS kuzatuvi bundan 15 yil oldin boʻlib oʻtgan, oʻtgan yillar davomida ayollar va bolalar huquqlarini muhofaza qilishga, gender tengligini taʼminlashga, jamiyatda ayollarning holatini yaxshilashga, mamlakatda bolalarning rivojlanishi uchun kerakli sharoitlarni yaratishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi, bu esa, xalqaro tavsiyalarga mos ravishda maʼlumotlarni yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli, toʻliq va dolzarb statistik maʼlumotlar taqdim etish kerakligini koʻrsatadi. MICS kuzatuvini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, 15 yoshdan 49 yoshgacha boʻlgan ayollar bilan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalarini, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar toʻgʻrisida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq maʼlumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi boʻyicha toʻplangan barcha maʼlumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi. Kuzatuv natijalariga koʻra shakllangan koʻrsatkichlar uy xoʻjaligi boʻyicha Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) koʻrsatkichining 40 foizini qamrab oladi. Bu esa, oʻz navbatida, Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da va boshqa halqaro reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatkichlarini yaxshilanishiga, yuksalishiga xizmat qiladi. Kuzatuv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha tanlab olingan 556 ta mahallada joylashgan 15 mingdan ortiq uy xoʻjaliklarida, joylarga chiqilib respondentlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali, planshetlarda, elektron koʻrinishda savolnomalarni toʻldirish yoʻli bilan maʼlumotlar yigʻildi. MICS natijalari boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotlar Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti (www.stat.uz) hamda UNICEFning (www.mics.unicef.org) veb-saytiga joylashtirildi. Kuzatuv natijalari boʻyicha statistik sharh tayyorlanib, chop etildi. Kuzatuv oʻtkazilgan uy xoʻjaliklarida bolalarning 3 % i biologik ota-onalari bilan yashamaydi. Uy xoʻjaliklarining 23 % i ayollar tomonidan boshqariladi. Bolalar oʻlimi boʻyicha tahlillar: besh yoshga toʻlmasdan vafot etish koʻrsatkichi har 1000 nafar yangi tugʻilgan chaqaloqqa nisbatan 25 tani tashkil etmoqda. Ushbu koʻrsatkich 2006-yilda oʻtkazilgan MIСS natijalarida 57 nafarni tashkil etgan. Yuqorida qayd etilganidek, soʻnggi 15 yilda goʻdaklar va besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida oʻlim koʻratkichining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti har bir ayolga 3,3 ta farzand tugʻilishini tashkil etmoqda. Tugʻishgacha boʻlgan parvarish vaqtida ayollarning 90 % i kamida toʻrt marta, 98 % i esa kamida ikki marta malakali tibbiyot xodimi tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgan. Tugʻruqlarning 99 % i davlat tibbiyot muassasalarida, malakali tibbiyot xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan. 21 % tugʻruqlar kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshirilgan. Yuqori koʻrsatkichlar, yaʼni 24 % nisbatan boy qatlamlarda kuzatilmoqda, nisbatan kambagʻalroq qatlamlarda bu koʻrsatkich 19 % ni tashkil etdi. Bolalarni koʻkrak suti bilan oziqlantirish: 40 % ayollarda tugʻruqdan soʻng farzandlari bir soat ichida koʻkrakka qoʻyilgani kuzatildi. Kuzatuv natijalari har toʻrt chaqaloqdan faqat bittasi (25%) 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlanganligini koʻrsatmoqda. 5 yoshgacha boʻlgan 7 % bolalarda boʻyi oʻsishdan ortda qolayotgani kuzatilmoqda. Mazkur koʻrsatkich 2006-yil natijalariga (14,6 %) nisbatan ikki barobarga pasaygan. Shuningdek, bu koʻrsatkich MDH hududidagi davlatlar orasida ham eng past koʻrsatkich hisoblanadi. Toʻyib ovqatlanmaslik koʻrsatkichi ham biologik norma doirasida qayd etildi. 5 yoshgacha boʻlgan 2 % bolalarda toʻyib ovqatlanmaslik kuzatilmoqda. 2006-yil natijalariga (5,1 %) nisbatan pasayish qayd etildi. Ortiqcha vazn 5 yoshgacha bolalarning 5 % ida (oʻgʻil bolalar 5 %, qiz bolalar 4 %) kuzatilmoqda. 2006-yilda oʻtkazilgan MICS kuzatuvida bu koʻrsatkich 7 % ni tashkil etgan. 3-4 yoshdagi 46 % bolalar erta taʼlim dasturlarida ishtirok etgan. Bu koʻrsatkich, aynan kuzatuv vaqtidagi natijani ifodalaydi. Shu oʻrinda, 2006-yil (19,7 %) natijalariga nisbatan 2,3 barobarga yaxshilanganini kuzatish mumkin. 2-4 yoshli bolalarning 96 % ida sogʻliq, taʼlim olish va psixologik nuqta-nazaridan normal rivojlanish qayd etildi. Bu MDH mintaqasidagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biridir. Maktabga qatnaydigan va uy vazifasini bajaradigan 7-14 yoshdagi bolalarning 72 % iga ota-onalari tomonidan yordam beriladi. Shu bilan birga, yosh bolalarga katta yoshdagi bolalarga qaraganda koʻproq yordam beriladi. Matbuot anjumani soʻnggida mavzu yuzasidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga Davlat statistikasi qoʻmitasi xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.
Brussel shahrida “Moliyaviy hisoblar” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 22/11/2022
2022- yilning 14-16- noyabr kunlari Belgiyaning Brussel shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi tomonidan “Moliyaviy hisoblar” mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Armaniston, Moldova, Niderlandiya, Shimoliy Makedoniya, Islandiya, Indoneziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston statistika idoralari vakillari qatnashdi. Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig'i Mamadjanov Abrorali Ashiraliyevich ham ishtirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, moliyaviy hisoblar boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mazkur hisoblarni shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Oʻzbekiston Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilganining 30 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 16/11/2022
2022-yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oʻzbekiston Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilganining 30 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Senati rahbariyati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi – UNICEF vakillari, xalqaro ekspertlar, Davlat statistika qoʻmitasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Davra suhbatini Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva kirish soʻzi bilan ochib berdi. U Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya boʻyicha yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida batafsil soʻz yuritdi. Shuningdek, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender masalalari qoʻmitasi raisi Malika Qodirxonova, Davlat statistika qoʻmitasi raisi Bahodir Begalov, UNICEFning Yevropa va MDH mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Afshan Xon va boshqalar bolalarni sogʻlom va har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi saʼy-harakatlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi. Tadbirda qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublikada bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 625-son qaroriga muvofiq, 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) oʻtkazilishi belgilangan edi. Multiindikator klaster kuzatuvi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi–UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xoʻjaliklarining tanlanma kuzatuv xalqaro dasturi boʻlib, asosan bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida koʻp koʻrsatkichli maʼlumotlarni yigʻadi, shu oʻrinda onalar va bolalar boʻyicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik maʼlumotlar manbaasi hisoblanadi. MICS kuzatuvlari 1995-yildan boshlab 2022-yilga qadar butun dunyo mamlakatlari oʻrtasida 118 ta davlatda 349 marotaba oʻtkazilgan. Ushbu kuzatuvda ona va bola salomatligi, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning taʼlim olish darajasi, bolalarning sogʻlom va jismoniy rivojlanishi kabi muhim statistik koʻrsatkichlar jamlanadi. 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Multiindikator klaster kuzatuvlarini (MICS) oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va BMT Bolalar jamgʻarmasi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Davlat statistika qoʻmitasi kuzatuvni oʻtkazish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilangan. Kuzatuv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha tanlab olingan 556 ta mahallada, joylarga chiqilib respondentlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali, planshetlarda elektron koʻrinishda savolnomalarni toʻldirish yoʻli bilan maʼlumotlar yigʻildi. Shakllantirilgan tahliliy jadvallar asosida, UNICEFning xalqaro ekspertlari taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda hisobot ilovalari va xulosa jadvallarini shakllantirish, hisobot loyihasi tayyorlash ishlari amalga oshirildi. Kuzatuv natijalari boʻyicha yakuniy maʼlumotlar, oʻzlariga tegishli soha va yoʻnalishlarni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun respublikaning tegishli vazirlik va idoralariga taqdim etiladi. Oʻtkazilgan MICS natijalariga asosan Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsad va vazifalarga tegishli boʻlgan 20 dan ortiq indikator koʻrsatkichlari shakllantiriladi. Mamlakatimizda oʻtkazilgan MICS natijalarining eʼlon qilinishi xalqaro maʼlumotlar bazalarida uzoq yillar davomida yangilanmay qolayotgan Oʻzbekiston Respublikasiga oid indikatorlarning yangilanishiga hamda xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz oʻrnining yaxshilanishi va dunyo hamjamiyatida nufuzini yanada oshishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Xalqaro ekspert, professor Tatyana Polyakova bilan uchrashuv oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 14/11/2022
Joriy yilning 14- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida xalqaro ekspert, professor Polyakova Tatyana Mixaylovna bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda aholini roʻyxatga olish jarayonlarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro ekspert MDH statistik tizimlarini rivojlantirishda axborot texnologiyalarini takomillashtirish, Big Data maʼlumotlarini qayta ishlash va saqlash boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Ma‘lumot uchun, ikki haftalik tashrif doirasida xalqaro ekspert Toshkent va Samarqand viloyatlarida boʻlib, bu yerda aholini roʻyxatga olish hamda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik koʻrish jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqadi.
Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 11/11/2022
Joriy yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat statistika qo`mitasida tashkil etilgan uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy ko'rsatkichlari, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, tashqi savdo, eksport-import, O'zbekiston Respublikasining xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlarini tarqatishning maxsus standartiga o'tishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, Xalqaro valyuta jamg`armasi (XVJ) tomonidan texnik ko'mak va XVJning statistiklar va iqtisodchilarning malaka va bilimini oshirish uchun maxsus dasturlarni tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi. Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik ishlari yuzasidan xorijlik ekspertlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 07/11/2022
Joriy yilning 5- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik ishlari, gender tenglik masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich, BMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo uchun Aholishunoslik jamgʻarmasi mintaqaviy direktori Florens Bayer, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Yu Yu hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich, BMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo uchun Aholishunoslik jamgʻarmasi mintaqaviy direktori Florens Bayer, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Yu Yu hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Shuningdek, Gender statistikasini yuritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumotlar berildi. Jumladan, Davlat statistika qoʻmitasida gender statistikasini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha alohida boʻlinma tashkil etildi. Qoʻmitaning gender.stat.uz rasmiy veb-sayti ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. Saytning barcha boʻlimlarida bugungi kunda jami 140 dan ziyod gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda. Uchrashuv ishtirokchilari aholini roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik koʻrish borasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqida ham kelishib olishdi.
Xalqaro seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 02/11/2022
Joriy yilning 2- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovichning 2022- yil 26–28- oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan migratsiya statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishidagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot jarayonida Zoyir Yuldoshev mamlakatlarning migratsiya statistikasini yuritish, maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanish, innovatsion amaliyotlar, kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimini o‘rganish boʻyicha ma’lumotlar berdi. Taqdimotchi seminar jarayonida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari, migratsiya statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, migratsiya statistikasi ma’lumotlarini qayta ishlashning yangi usullari boʻyicha o‘zlashtirgan tajribalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Taqdimotchi ishtirokchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.
MICS natijalari boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotlar, 16 yil ichida ilk marotaba UNICEFning veb-saytiga joylashtiriladi
NASHR ETILGAN: 31/10/2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublikada bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 625-son qaroriga muvofiq, 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Multiindikator klaster kuzatuvlari oʻtkazilishi belgilangan edi. Multiindikator klaster kuzatuvi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi–UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xoʻjaliklarining tanlanma kuzatuv xalqaro dasturi boʻlib, asosan bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida koʻp koʻrsatkichli maʼlumotlarni yigʻadi, shu oʻrinda onalar va bolalar boʻyicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik maʼlumotlar manbaasi hisoblanadi. MICS kuzatuvlari 1995-yildan boshlab 2022-yilga qadar butun dunyo mamlakatlari oʻrtasida 118 ta davlatda 349 marotaba oʻtkazilgan. Ushbu kuzatuvda ona va bola salomatligi, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning taʼlim olish darajasi, bolalarning sogʻlom va jismoniy rivojlanishi kabi muhim statistik koʻrsatkichlar jamlanadi. MICS natijalari boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotlar, 16 yil ichida ilk marotaba UNICEFning (mics.unicef.org) veb-saytiga joylashtiriladi.
Davlat statistika qo‘mitasi vakili migratsiya statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi seminarida ishtirok etdi
NASHR ETILGAN: 28/10/2022
Ayni kunlarda Shvetsariyaning Jeneva shahrida Migratsiya statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda davlat va nodavlat tashkilotlar, jumladan statistika organlari vakillari, xalqaro ekspertlar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi idoralari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Mazkur yig‘ilishda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʼi Yuldoshev Zoyir Toshkanovich ishtirok etmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi - mamlakatlarning migratsiya statistikasi yuritish bo‘yicha tajribalari, xususan, maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanish boʼyicha innovatsion amaliyotlar, kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimini o‘rganishdan iborat.
ESKATO ekspertlari bilan uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 27/10/2022
Joriy yilning 27-oktyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida BMT Osiyo va Tinch okeani uchun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi (ESKATO)ning ekspertlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Aytish lozimki, Davlat statistika qoʻmitasi delegatsiyasining BMT Osiyo va Tinch okeani uchun ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasining 8-sessiyasida ishtiroki natijalari boʻyicha “Yoʻl Xaritasi” ishlab chiqilgan edi. Mazkur oʻtkazilgan uchrashuv ham ushbu “Yoʻl Xaritasi” ijrosi doirasida tashkil etildi. Ushbu tadbirda ESKATO ekspertlari – Alik Mdjuma Nyasulu, Anastasiya Maga va Ayodele Marshall ishtirok etishdi. Dastlab uchrashuvda Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ESKATO tomonidan BRM koʻrsatkichlarini uzluksiz va barqaror oʻlchovlarni taʼminlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish hamda metodologiyaga oid mavzularga aniqlik kiritish masalalarida soʻz yuritdi. Shundan soʻng, ekspertlar mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi. Uchrashuv soʻnggida barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar hamda statistika sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi va Koreya statistika idorasi o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 26/10/2022
Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Koreya statistika idorasi va uning ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan masofaviy tarzda uchrashuv o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari hamda Koreya statistika idorasi vakillari ishtirok etdi. Ushbu tadbir Davlat statistika koʻmitasi va Koreya statistika idorasi oʻrtasida 2011-yil 24-avgustdagi statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan memorandumiga doirasida tashkil etildi. Ucharashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Bahodir Begalov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qarori va mazkur qarori bilan tasdiqlangan “2020–2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Koreya statistika idorasi komissioneri Hun Han ham hamkorlik masalalarida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari Botir Turayev, Koreya statistika idorasi Malaka oshirish bo‘yicha statistika instituti prezidenti Bo Kyung Kim, Koreya statistika idorasi statistika tadqiqotlar instituti vakili Pilgeun Choining taqdimotlari namoyish etildi. Taqdimotlarda institutlarning faoliyati, kadrlar tayyorlash, o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlar yo‘lishlardagi tajribalar haqida ma’lumotlar berildi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat institutlari o‘rtasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Xalqaro seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 26/10/2022
Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Tashmuxamedov Umid Egamberdiyevichning 2022- yilning 18–20- oktabr kunlari Seul shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Koreya statistika idorasi tomonidan tashkil etilgan 8-Xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha seminardagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotchi yig‘ilganlarni seminardan olingan bilimlar, xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro mehnat migratsiyasi ma’lumotlarini qayta ishlashning yangi usullari boʻyicha o‘zlashtirgan tajribalari bilan tanishtirdi. Shuningdek, taqdimot jarayonida Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar va migrantlarni yollash xarajatlarini baholash o‘lchovlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro migratsiya bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tahlili boʻyicha ma’lumotlar berildi. Taqdimotchi yig‘ilganlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.
Davlat statistika qo‘mitasi hamda QULIX kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 26/10/2022
Avval xabar berganimizdek, Joriy yilning 24–27- oktabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWEEK UZBEKISTAN haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. ICTWEEK UZBEKISTAN — Oʻzbekiston axborot texnologiyalari sohasida 2004-yildan buyon oʻtadigan har yilgi eng yirik va muhim tadbirdir. Anʼanaviy ravishda, ushbu tadbir bir formatda qator ixtisoslashgan tadbirlarni jamlaydi. Haftalik doirasida sammit, xalqaro forum, ko’rgazmalar, seminarlar va turli taqdimotlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, ushbu haftalik doirasida Davlat statistika qo‘mitasi Rаisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo`yicha o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligidagi qo‘mita markaziy apparat xodimlari hamda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish bo‘yicha ixtisoslashgan yirik kompaniyasi (QULIX) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ICTWEEK ning asosiy vazifasi tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish hisoblanadi. Shuningdek, bu Oʻzbekiston AT-bozorining jozibadorligini xorijiy investorlarga namoyish etish, davlat, kompaniyalar va isteʼmolchilar oʻzaro hamkorligi uchun ideal maydonchadir.
Davlat statistika qo`mitasi vakili xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdi
NASHR ETILGAN: 25/10/2022
2022-yilning 18-20 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi uchun 8-xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Qirg‘iz, Mo‘g‘iliston, Nepal, Pokiston, Samoa, Shri Lanka, Turkiya va O‘zbekiston davlatlaridan statistika idoralari hamda mehnat vazirligi mutaxassislari, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Koreya Statistika boshqarmasi (KOSTAT), Koreya Statistika boshqarmasi huzuridagi Koreya statistikasini rivojlantirish instituti (KSPI) ekspertlari ishtirok etishdi. Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Umid Tashmuxamedov ishtirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro mehnat migratsiyasi ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha yangi usullar hamda 2021-yil uchun xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi natijalari bilan ishtirokchilarni tanishtirishdan iborat. Seminar davomida Xalqaro mehnat migratsiya tashkiloti faoliyatiga tegishli taqdimotlar qilinib, mehnat migrantini ishga jalb qilish jarayonidagi xarajatlarni aniqlash bo‘yicha Jahon Banki hamda XMT tomonidan ishlab chiqilgan so‘rovnoma shakli bo‘yicha seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchi davlatlarining xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha taqimotlari ham namoyish etildi.
Kadrlar boshqarmasi boshlig’i Bryusselda tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etdi
NASHR ETILGAN: 17/10/2022
2022-yil 11–13- oktabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining Yevropa Iqtisodiy komissiyasining statistika bo‘limi tomonidan kadrlar resurslarini boshqarish va o‘qitish bo‘yicha xalqaro seminar tashkil etildi. Ushbu seminar Yevropa statistika konferensiyasining 2022-yilgi ish dasturi doirasida tashkil qilindi. Seminar kadrlar resurslarini boshqarish va o’z tashkilotlarida ularni o‘qitish uchun mas’ul bo'lgan rahbar-xodimlar uchun mo‘ljallangan. Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig’i Talipova Zulxumor Normatovna ishtirok etdi. Seminar kun tartibidan “Kelajak ishchilari” hamda “Ish beruvchilar, boshqaruvchilar va kelajak rahbarlari” mavzulari o‘rin oldi.
Tbilisi shahrida “Aholining sog’liqni saqlashga qilgan xarajatlarini hisoblash” bo’yicha mintaqaviy seminar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 17/10/2022
Joriy yilning 10–12- oktabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan salohiyatni oshirish maqsadida “Aholining sog’liqni saqlashga qilgan xarajatlarini hisoblash” bo’yicha mintaqaviy seminar tashkil etildi. Seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va O'zbekiston milliy statistika idoralari vakillari ishtirok etdi. Seminarda O'zbekiston Respublikasidan Davlat statistika qo’mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umid Madaminov va Qorаqаlpog‘iston Respublikаsi stаtistikа boshqаrmаsi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig’i Iskandar Narboyev ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda Aholining moliyaviy himoya ko'rsatkichlarini tanlanma kuzatish uchun salohiyatni oshirish, aholining jami xarajatlardan sog’liqni saqlashga qilingan xarajatlarni hisoblab chiqish va tahlil qilinishini muvofiqlashtirish kabi mavzular o‘rganildi. Seminar yakunida ishtirok etuvchi davlatlar o'rtasida statistik metodologiya va amaliyotning barcha sohalarida tajriba almashildi.
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Belarus Respublikasi tajribasi o‘rganilmoqda
NASHR ETILGAN: 11/10/2022
Joriy yilning 10-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlari - Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Janna Vasilevskaya, Demografiya statistikasi va aholini ro‘yxatga olish boshqarmasi boshlig‘i Irina Bichan, Axborot texnologiyalari markazining axborot tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Vecheslav Provolotskiy va Bresk viloyati statistika bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Natalya Tomoshevalar tashrif buyurishdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad registratorlar ish faoliyati natijalaridan kelib chiqib, hududlarni ro‘yxatga olish uchastkalariga bo‘lish va aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rganish hamda respublikamizda uni qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kun tartibiga muvofiq, aholini ro‘yxatga olishning elektron savolnomalarini to‘ldirish hamda yakuniy ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha Belarus tajribasi o‘rganiladi. Uchrashuvlar 14 oktabrga qadar davom etadi.
Davlat statistika qo'mitasi vakillari "Sharqiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Evropa qo’shnichilik siyosati" seminarida ishtirok etishdi
NASHR ETILGAN: 03/10/2022
Joriy yilning 28–30-sentabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Eurostat tomonidan Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi, BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi va GEOSTAT bilan hamkorlikda “Ma'lumotlar manbalari va statistik tizimlarda muvofiqlashtirish” mavzusidagi yuqori darajadagi seminar tashkil etildi. Seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O'zbekiston milliy statistika idoralari vakillari ishtirok etdi. Seminarda O'zbekiston Respublikasidan Davlat statistika qo’mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i Xurshid Jurayev va rais yordamchisi Bekzod Ziyamatov ishtirok etishdi. Kun tartibidan quyidagi masalalar o’rin oldi: - milliy statistika tizimidagi so'nggi eng muhim o'zgarishlar; - rasmiy statistikaning ma'muriy va yangi ma'lumotlar manbalari; - inqirozning statistik tizimlariga ta'siri – Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda boshqa mamlakatlar statistik ishlab chiqarish usullarining mazkur omillarga qanchalik moslashtirilganligi. Tadbirda Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i Xurshid Jurayev “O'zbekiston Respublikasi statistika tizimi” mavzusida ma'ruza qildi. Rais yordamchisi Bekzod Ziyamatov Tbilisidagi davra suhbati muhokamalari va seminar ishida faol ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etuvchi davlatlar o'rtasida statistik metodologiya va amaliyotning barcha sohalarida tajriba almashildi.
Xalqaro seminar natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 28/09/2022
Joriy yilning 28- sentabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Odilov Shohruh Gʻayratjonovich hamda Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo`limi boshligʻi Samadov Shaxboz Baxrom oʻgʻlining 2022- yilning 22–23- sentabr kunlari Moskva shahrida “Katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va rasmiy statistika: Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqidagi muammolar va imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotchilar yig‘ilganlarni seminardan olingan bilimlar, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini rasmiy statistika maʼlumotlari bilan ishlash jarayonlariga joriy qilish boʻyicha o‘zlashtirgan tajribalari bilan tanishtirdi. Shuningdek, taqdimot jarayonida katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalar hamda statistik maʼlumotlardan keng foydalanish boʻyicha ma’lumotlar berildi.
Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 27/09/2022
Joriy yilning 19-23- sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida “BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining aholini ro‘yxatga olish haftaligi – 2022” aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Davlat statistika qoʻmitasidan Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G’ulomovich va Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Alimov Usmon Ibroximovich ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida tajriba almashish, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida Yevropa statistiklari konferensiyasi tavsiyanomasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadbirda qoʻmitaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Q.Berdiqulov O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida taqdimot qilib, tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida axborot berdi. Shuningdek, tadbirda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida tajriba almashilib, mavjud muammolar va ularni yechimi yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazish samadorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Moskva shahrida xalqaro seminar oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 26/09/2022
2022- yilning 22–23- sentabr kunlari Moskva shahrida “Katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va rasmiy statistika: Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqidagi muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Davlat statistika qoʻmitasidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Odilov Shohruh Gʻayratjonovich hamda Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo`limi boshligʻi Samadov Shaxboz Baxrom oʻgʻli ishtirok etdi. Tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini rasmiy statistika maʼlumotlari bilan ishlash jarayonlariga joriy qilish boʻyicha halqaro tajribani oʻrganishdan iborat. Seminar ishtirokchilari katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalari hamda statistik maʼlumotlardan keng foydalanish va oʻzaro tajriba almashish boʻyicha fikr-mulohaza almashishdi.
Polshaning Oliy biznes universiteti rahbariyati bilan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 22/09/2022
Joriy yilning 22- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Polshaning Oliy biznes universiteti rahbariyati bilan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Polshaning Oliy biznes universiteti o‘rtasida 2022- yilning 20- may kuni imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etildi. Tadbirda institut direktori i.f.d., prof. B.K. G’oyibnazarov, institutning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o’rinbosari i.f.d., dots. O.S. Qahhorov, institut kafedra mudiri i.f.d., akademik S.S.G’ulomov, institut professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari hamda Polsha Oliy biznes universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rafal Rebilas (PhD), xalqaro aloqalar boshqarmasi direktori Pawel Urgacz ishtirok etdi. Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’oyibnazarov Bahodir Karimovich hamkorlikda amalga oshirilayotgan ijobiy natijalar haqida fikr bildirdi. Uchrashuv davomida Polsha Oliy biznes universitetining Xalqaro aloqalar boshqarmasi direktori Pawel Urgacz so‘zga chiqib, universitet tarixi, ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklari, ta’lim sohalaridagi yutuqlar bo‘yicha taqdimot qildi. Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Qahhorov Otabek Siddiqovich seminar ishtirokchilariga institut faoliyati, maqsadi, asosiy yo‘nalish va vazifalari, institutda erishilayotgan ijobiy natijalar va istiqboldagi strategik rejalari bo‘yicha ma’lumot berdi. Tadbir davomida ikki tomon o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memoramdumi doirasida belgilangan vazifalarga to‘xtalib, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning kadrlar almashinuvi, dasturlar, qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalari, birgalikda maqolalar tayyorlash hamda malaka oshirishga yuborish masalalari muhokama qilindi.
Jahon banki ekspertlari ishtirokida ushrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 21/09/2022
2022- yilning 21- sentabr kuni Davlat statistika qo'mitasi mutaxassislari hamda Jahon banki ekspertlari ishtirokida O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha institutsional salohiyatni mustahkamlash masalasi bo'yicha uchrashuv bo'lib o‘tdi. Tadbirda Jahon bankining O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati va Davlat statistika qo'mitasi bilan hamkorlikdagi ishtiroki, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash va ochiq ma'lumotlar dasturini qo'llab-quvvatlashda Davlat statistika qo'mitasining roli, O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar ekotizimining hozirgi holati hamda ochiq ma’lumotlar sohasida erishilgan natijlar xususida fikr almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar barcha dolzarb masalalari bo'yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Davlat statistika qo‘mitasi hamda UNICEF vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 12/09/2022
Joriy yilning 12- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yurtimizdagi turli vazirlik va idora vakillari, BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade hamda ekspertlar ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvda multiindikator klaster kuzatuvlari natijalarida yigʻilgan dastlabki maʼlumotlar hamda kuzatuv natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash jarayoni muhokama qilindi. Uchrashuvda dastlab Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Multiindikator klaster kuzatuvlarini xalqaro talab va tavsiyalar asosida sifatli o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ham mavzu yuzasidan so‘z yuritdi. U hamkorlikda amalga oshirilgan MICS kuzatuvi ishlarini yakuniy qismiga yetib kelingani munosabati bilan Davlat statistika qo‘mitasi mas'ullariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Ta‘kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2022- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir. To‘plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir. Aytish lozimki, mamlakatimizning barcha hududlaridan tasodifiy tanlab olingan 559 ta mahallada joylashgan 15 mingdan ortiq uy xoʻjaliklarida Multiindikator klaster kuzatuvlari oʻtkazildi. Bugungi kunda planshetlar yordamida oʻtkazilgan kuzatuv natijalarini jamlash ishlari yakunlandi. Uchrashuvda shuningdek, UNICEF bilan hamkorlik doirasidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Belarus Respublikasi ekspertlari hamda UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 07/09/2022
Joriy yilning 6- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlari tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Belarus Respublikasining aholini ro‘yxatga olishni Internet tarmog‘i orqali va planshet qurilmalari yordamida o‘tkazish tajribasini o‘rganib, respublikamizda uni qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Z. Ziyayev, Belarus Respublikasi Milliy statistika q`omitasi vakili V. Provolotskiy, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etishdi. Kun tartibiga muvofiq, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish borasida AKT tizimlaridan foydalanish, uy-joylar ro‘yxatini tuzish va kartografik materiallarni tayyorlash bo‘yicha Belarus tajribasi o‘rganiladi. Uchrashuvlar 14- sentabrga qadar davom etadi.
ESKATO Statistika qoʻmitasining 8-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasining xorijiy davlatlar statistika idoralari bilan uchrashuvlari tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 25/08/2022
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 23–25-avgust kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtayotgan yuqori darajadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 8-sessiyada ishtirok etmoqda. Mazkur anjumanda aʼzo davlatlarning statistika tizimini takomillashtirish borasidagi tajribasi, mintaqaviy innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning statistik jihatlari, tashkilotlar doirasidagi pozitsiyalarni muvofiqlashtirish, statistik tizimlar oʻrtasidagi interaktiv muloqotni kengaytirish va boshqa masalalar koʻrib chiqilmoqda. Maʼlumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) 1947-yil 28-martda tashkil topgan. Komissiyaning bosh qarorgohi Bangkokda joylashgan. ESKATO geografik qamrov va aholi soni boʻyicha BMTning beshta mintaqaviy komissiyasidan eng yirigi hisoblanadi. Komissiya 53 ta ovoz beruvchi mamlakatdan, jumladan, MDH davlatidan sakkizta (Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz R., Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) davlatlaridan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 31-iyuldan boshlab mazkur komissiyaning faol aʼzosi hisoblanadi. ESKATO Statistika qoʻmitasining 8-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Oʻzbekiston statistika tizimi” mavzusidagi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda B. Begalov Oʻzbekistonda milliy statistika tizimini isloh etish, tizim faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, amaliyotga sifatni boshqarishning ilgor tizimlarini joriy etish, ochiqlik, shafoflik va statistika maʼlumotlari sifatini taʼminlash, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish statistikasini yuritish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va erishilgan natijalar yoritib berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi ESKATO Statistika Qoʻmita Ijro byurosi raisi oʻrinbosari lavozimiga saylandi. Bu oʻz navbatida, mamlakatimizning tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida imijini oshirishiga, ESKATO Statistika qoʻmitasi faoliyatida mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surishga, shuningdek, ESKATO statistika instituti (UNISAP) bilan hamkorlikda Oʻzbekiston statistika tizimining kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlar oʻtkazishga zamin yaratadi. Sessiya kun tartibidan Oʻzbekiston delegatsiyasining ESKATO Statistika qoʻmitasi va Statistika intituti (UNISAP) rahbariyati, shuningdek, Malayziya, Hindiston hamda Koreya statistika idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻrin olgan. Uchrashuvlar yakuni va oʻzaro erishilgan kelivushlar natijalariga koʻra, ularni amalga oshirish borasida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi. Maʼlumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) 1947-yil 28-martda tashkil topgan. Komissiyaning bosh qarorgohi Bangkokda joylashgan. ESKATO geografik qamrov va aholi soni boʻyicha BMTning beshta mintaqaviy komissiyasidan eng yirigi hisoblanadi. Komissiya 53 ta ovoz beruvchi mamlakatdan, jumladan, MDH davlatidan sakkizta (Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz R., Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) davlatlaridan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 31-iyuldan boshlab mazkur komissiyaning faol aʼzosi hisoblanadi.
Qo‘mitada BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) vakili bilan uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 25/08/2022
Avval xabar berganimizdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Yevropa va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasining vakili Georgiy Kvinikadze 2022-yil 23–25-avgust kunlari mamlakatimizda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari bilan taninish maqsadida tashrif buyurgan edi. FAO vakili Georgiy Kvinikadze 23-avgust kuni Toshkent viloyatining Parkent tumani va 24-avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida boʻlib, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. Bugun, 25-avgust kuni xalqaro ekspertning Davlat statistika qo‘mitasi raisi o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich boshchiligidagi qo’mita markaziy apparati xodimlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Qishloq xo’jaligi sohasida ro’yxatdan o’tkazish ishlariga mas’ul hudidiy statistika boshqarmalari xodimlari ham tadbirda onlayn tarzda ishtirok etishdi. Tadbirda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish bo’yicha tayyorlangan savolnomalar, uslubiy qo’llanmalar, hamda texnik-dasturiy ta’minotni yanada takomillashtirish borasida so’z bordi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan “Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga ko’maklashish” loyihasini amalga oshirish doirasida O’zbekistonga texnik yordam ko’rsatildi. Xususan, axborot-kommunikatsiya materiallari – bannerlar, plakatlar, broshyuralar, bukletlar, flayerlar taqdim etildi. Shuningdek, loyiha doirasida qo’mita xodimlarini ishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish bo’yicha o’qitish, metodologiya va dala ishlarida ko’maklashish ko’zda tutilgan. Uchrashuv so’nggida tomonlar hamkorlikning yangi istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar va tajriba almashish bo'yicha ikki tomonlama uchrashuvlar amaliyotini davom ettirishga kelishib oldilar.
Turkiya Tadqiqotlar va taʼlim markazining vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 24/08/2022
2022- yilning 19-28-avgust kunlari Turkiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tadqiqotlar va taʼlim markazi (AREM) vakillarining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi boʻlib oʻtmoqda. Tashrif doirasida joriy yilning 24-avgust kuni Davlat statistika qoʻmitasida Turkiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tadqiqotlar va taʼlim markazining (AREM) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad - Oʻzbekistonda jamiyat boshqaruvi masalasini oʻrganib, olib borilgan izlanishlarni nashrdan chiqarishdir. Uchrashuvda Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Zoxidjon Ziyayev boshchiligidagi markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi. Maʼlumot uchun: AREM tomonidan oʻz paytida jamiyatni boshqarish boʻyicha, dastavval, Turkiya va uning qoʻshnilari, shuningdek, Mongoliya, Bolgariya va Afgʻoniston masalalarida olib borilgan tadqiqotlari Turk maʼmuriy tadqiqotlar fondi (TIAV) tomonidan nashr etilgan va dunyoning ilk 500 universitetlari orasidan, jumlasidan, Garvard va Prinston kataloglaridan oʻrin olgan. Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va shu kabi uchrashuvlarni yana o‘tkazishga kelishib oldi. Uchrashuv iliq va do’stona ruhda o’tdi.
Xalqaro ekspertlar sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari bilan tanishmoqda
NASHR ETILGAN: 24/08/2022
Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze 2022-yil 23–25-avgust kunlari mamlakatimizda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari bilan taninish maqsadida tashrif buyurdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze joriy yilning 24-avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida boʻlib, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. – “Men respondentlar bilan intervyu jarayonida qatnashdim va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish jarayonlari bilan tanishdim va aytishim mumkinki, umumiy tashkiliy ishlar yuqori darajada tashkil etilgan. Ishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Har bir bosqichdagi jarayonlar oqilona va juda yaxshi taqsimlangan. Ko'rinib turibdiki, katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bir nechta suhbat jarayonlarini kuzatdim. Menimcha, yaxshi va muammosiz o'tdi. Usbhu tashrifdan maqsad – qishloq xo’jaligi sohasida sinov tariqasida o’tkazilayotgan ro’yxatga olish jarayonlarini bevosita kuzatib, yakunda o’zimizning taklif va tavsiyalarimizni beramiz” – deydi suhbat jarayonlarini kuzatgan Georgiy Kvinikadze. Shuni alohida takidlash joizki, mamlakatimizda ilk bor 1-31-avgust kunlari Toshkent viloyatning Parkent va Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish oʻtkazilmoqda. Eslatib o’tamiz: Georgiy Kvinikadze 23- avgust kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida qishloq xo’jaligi sohasida sinov tariqasida o’tkazilayotgan ro’yxatga olish jarayonlari bilan tanishgan edi.
Xalqaro ekspertlar sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari bilan tanishmoqda
NASHR ETILGAN: 23/08/2022
Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze 2022-yil 23–25-avgust kunlari mamlakatimizda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari bilan taninish maqsadida tashrif buyurdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze joriy yilning 23-avgust kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida boʻlib, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze joriy yilning 23-avgust kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida boʻlib, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. Shuni alohida takidlash joizki, mamlakatimizda ilk bor 1-31-avgust kunlari Toshkent viloyatning Parkent va Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish oʻtkazilmoqda. Eslatib o’tamiz: Joriy yilning 18- avgust kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi vakillari Toshkent viloyati Parkent tumanida qishloq xo’jaligi sohasida sinov tariqasida o’tkazilayotgan ro’yxatga olish jarayonlari bilan tanishgan edi.
Davlat statistika qoʻmitasi Raisi boshchiligidagi delegatsiya BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 8-sessiyada ishtirok etmoqda
NASHR ETILGAN: 23/08/2022
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 23–25-avgust kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtayotgan yuqori darajadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 8-sessiyada ishtirok etmoqda. Maʼlumot uchin: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) 1947-yil 28-martda tashkil topgan. Komissiyaning bosh qarorgohi Bangkokda joylashgan. ESKATO geografik qamrov va aholi soni boʻyicha BMTning beshta mintaqaviy komissiyasidan eng yirigi hisoblanadi. Komissiya 53 ta ovoz beruvchi mamlakatdan, jumladan, MDH davlatidan sakkizta (Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz R., Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) davlatlaridan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 31-iyuldan boshlab mazkur komissiyaning faol aʼzosi hisoblanadi. Tarmoqlararo hamkorlik masalalari boʻyicha 9 ta tarmoq qoʻmitalarining hisobdor komissiyalari, shu jumladan Statistika qoʻmitasi ish olib boradi. Statistika qoʻmitasi ESKATOning statistika masalalari boʻyicha ijro etuvchi organi hisoblanadi. Statistika qoʻmitasi Byurosi esa qoʻmitaning faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qilish va uning sessiyalarini boshqarish vakolatiga ega boʻlgan oliy organ hisoblanadi. Mazkur anjumanda aʼzo-davlatlarning statistika tizimini takomillashtirish borasidagi tajribasi, mintaqaviy innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning statistik jihatlari, tashkilotlar doirasidagi pozitsiyalarni muvofiqlashtirish, statistik tizimlar oʻrtasidagi interaktiv muloqotni kengaytirish va boshqa masalalar koʻrib chiqiladi. ESKATO Statistika qoʻmitasining 8-sessiyasi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar: - mintaqadagi milliy statistika tizimlarini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar; - 2030-yilgacha boʻlgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha qabul qilingan hujjatlar va deklaratsiyalar asosida milliy statistika tizimlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar; - aholining tabiiy harakati va fuqarolikni roʻyxatga olish hisobini yuritish borasida “Holatni statistikada toʻliq aks ettirish” tashabbusining ijrosi. - mintaqaviy tashabbuslar va hamkorlik natijalari. Sessiya kun tartibidan Oʻzbekiston delegatsiyasining ESKATO Statistika qoʻmitasi va Statistika intituti (UNISAP) rahbariyati, shuningdek, Malayziya, Hindiston hamda Koreya statistika idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻrin olgan. Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Oʻzbekiston statistika tizimi” mavzusidagi taqdimoti boʻlib oʻtadi. Uchrashuvlar yakuni va oʻzaro erishilgan kelivushlar natijalariga koʻra, ularni amalga oshirish borasida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.
Xalqaro seminar natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 18/08/2022
Joriy yilning 18- avgust kuni Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Mahbuba Ganiyevaning 2022- yilning 8–12- avgust kunlari Vena shahrida (Avstriya) Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan tashkil etilgan “Institutsional sektorlar hisoblari” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. M.Ganiyeva yig‘ilganlarni seminardan olingan bilimlar, institutsional sektorlar hisoblari va balanslarini tuzish, institutsional birliklar va sektorlar, nomoliyaviy aktivlar zaxiralari va oqimlari, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar kabi tushunchalar va ta’riflar bilan tanishtirdi. Shuningdek, taqdimot jarayonida M.Ganiyeva tomonidan boshqa davlatlarning institutsional sektorlar hisoblari va balanslarini tuzish amaliyoti boʻyicha ma’lumotlar ham berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi xodimi “Institutsional sektorlar hisoblari” mavzusidagi xalqaro seminarda qatnashdi
NASHR ETILGAN: 16/08/2022
2022- yilning 8–12- avgust kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan “Institutsional sektorlar hisoblari” mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Armaniston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Moldova, Kosova, Litva, Ruminiya, Ukraina va O‘zbekiston statistika idoralari vakillari ishtirok etdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Mahbuba Ganiyeva ham qatnashdi. Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, institutsional sektorlar hisoblari boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar hisoblarni shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Mintaqaviy konferensiya natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 09/08/2022
Joriy yilning 9- avgust kuni Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zuhra Mamadjanovaning 2022- yilning 1-6- avgust kunlari Istanbul shahrida (Turkiya) Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Islom taraqqiyot bankining instituti (ITBI) tomonidan tashkil etilgan “KSTA 9624 Yakunlovchi seminar va iqtisodiy globallashuv mintaqaviy konferensiya”sidagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Z.Mamadjanova yig‘ilganlarni konferensiyaning maqsadi, ishtirokchi mamlakatlar milliy hisoblarining alohida komponentlarini hisoblash, resurslar va ishlatilish jadvallarini xarajatlar ishlab chiqarish jadvallariga o‘tkazish va uni oldingi yil narxlarida baholash bo‘yicha tajribasi bilan tanishtirdi. Shuningdek, taqdimot jarayonida Z.Mamadjanova tomonidan OTB mutaxassislarining iqtisodiy globallashuv mavzusidagi chiqishlari haqida umumiy ma’lumotlar ham berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etishdi
NASHR ETILGAN: 08/08/2022
2022- yilning 1–6- avgust kunlari Turkiyaning Istambul shahrida Osiyo Taraqqiyot banki hamda Islom Taraqqiyot banki instituti tomonidan “KSTA – 9624 yakunlovchi seminar va iqtisodiy globallashuv mintaqaviy konferensiya”si tashkil etildi. Ushbu konferensiyada Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston statistika idoralari vakillari qatnashdi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zuhra Mamadjanova va Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sanjarbek Melixujayev OTB bilan hamkorlik natijalari, mahalliy ishlab chiqarish va oraliq isteʼmol matritsasi kabi mavzulardagi taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Konferensiyaning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, resurslar va ishlatilish jadvallarini tuzishda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mazkur jadvallarni tuzishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish usullarini o‘rganish hisoblanadi.
Davlat statistika qo‘mitasi hamda UNICEF vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 04/08/2022
Joriy yilning 4- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi Markaziy apparat boshqarma boshliqlari hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va ekspertlar ishtirok etdi. Uchrashuvda Multiindikator klaster kuzatuvlarini xalqaro talab va tavsiyalar asosida sifatli o‘tkazilishi yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ham mavzu yuzasidan so‘z yuritdi. U hamkorlikda amalga oshirilgan MICS kuzatuvi ishlarini yakuniy qismiga etib kelingani munosabati bilan Davlat statistika qo‘mitasi masullariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Ta‘kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2022- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir. To‘plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir. Shuningdek, uchrashuvda YUNISEF bilan hamkorlik doirasidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Makroiqtisodiy va moliyaviy sektor tahlili bo’yicha Fransiya Taraqqiyot agentligi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
NASHR ETILGAN: 21/07/2022
Joriy yilning 20-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida Yig'ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig'i Xurshid Jo'rayev boshchiligida qo’mita vakillarining Fransiya Taraqqiyot agentligining makroiqtisodiy va moliya sektorini kompleks tahlil qilish bo'yicha missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumot uchun: Fransiya taraqqiyot agentligi o’z faoliyatini olib boruvchi davlatlarning makroiqtisodiy va moliyaviy vaziyatni tahlil qilib boradi. Fransiya taraqqiyot agentligining O'zbekiston bo'yicha oxirgi kuzatuvi 2019-yilda o'tkazilgan bo'lib, navbatdagi missiya 2022-yil 18-22-iyul kunlari Toshkentda o’tkazildi. Amori Myulez va Sylvain Belfontan boshchiligidagi Fransiya taraqqiyot agentligi missiyasining maqsadi mamlakatdagi institutsional, ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni baholash va ma’lumotlarni yangilashdan iborat. Mazkur uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: - ijtimoiy-siyosiy vaziyat; - YAIM o'sishi tarkibi, oldingi yillar ko’rsatkichlari va istiqbollari - davlat moliyasining barqarorligi; - tashqi likvidlik va to'lov qobiliyati; - tizimli xatarlar, bank sektorining barqarorligi va uni tartibga solish, pul-kredit siyosati; Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
Strategik tahlil va axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida xalqaro ekspert ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 06/07/2022
Joriy yilning 6-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti axborot-tahliliy markazi direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Zarova Yelena Viktorovna o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda strategik tahlil va axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida Rossiya tajribasi to‘g‘risida so‘z yuritilib, o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘lanishlari borasida fikr almashildi. Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari uchun Yelena Viktorovna tomonidan master-klass tashkil etildi. Qo‘mita vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Yevropa statistiklari konferensiyasining 70-yalpi sessiyasi oʻtkazildi
NASHR ETILGAN: 23/06/2022
Joriy yilning 20–23- iyun kunlari Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 70-yalpi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, xalqaro ekspertlar, shuningdek BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi va 57 aʼzo davlatlarning delegatsiyalari ishtirok etishdi. Mazkur xalqaro konferensiyada Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich ham qatnashdi. Uch kun davom etgan tadbirda statistikadagi asosiy qadriyatlar va ularning asosiy rasmiy statistika prinsiplari bilan uygʻunligi, geomanzilli va statistika ishlarini yoʻlga qoʻyishdagi strategik yoʻnalishlar boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, konferensiya jarayonida statistika ishlari faoliyatdagi bugungi kun chaqiriqlari va istiqbollari, mustaqil maʼlumot taqdim etuvchilar bilan hamkorlik masalalarida muhokamalar oʻtkazildi.
Daniyada tashkil etilgan onlayn seminarda Davlat statistika qo‘mitasi vakili nutq so‘zladi
NASHR ETILGAN: 22/06/2022
Joriy yilning 20–22- iyun kunlari Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “Qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘yicha tavsiyalar” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Mazkur xalqaro konferensiya Qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar statistikasi bo'yicha ekspert guruhi (EGRISS) tomonidan tashkil etildi. Tadbirni oʻtkazishdan maqsad – 2023- yil mart oyida IROSS (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘yicha xalqaro tavsiyalar) loyihasi taqdim etilishidan oldin BMT Statistika Komissiyasi va mamlakatlar vakillari tomonidan taqdim etilgan fikr-mulohazalar va ko'rsatmalarni ko'rib chiqishdan iborat. Joriy yilning 21- iyun kuni mazkur xalqaro konferensiya doirasida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Melixo‘jayev Sanjarbek Obitxonovich “O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilda o‘tkazilgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayoni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi ma’lumotlar” bo‘yicha nutq so‘zladi. Shuningdek, xalqaro konferensiya davomida mavjud ma’lumotlar manbalaridan foydalangan holda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning statistik bazasini ishga tushirish yuzasidan turli davlatlar vakillarining ma’ruzalari tinglandi va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, onlayn seminarda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari ham ishtirok etdi.
Belarus Respublikasidan tashrif buyurgan ekspertlarning missiyasi yakunlandi
NASHR ETILGAN: 17/06/2022
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar - Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasi Rais o‘rinbosari Janna Vasilevskaya va Bresk viloyati statistika bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Natalya Tomoshevalar tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida ekspertlar tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida Internet tarmog‘idan foydalanish, planshet qurilmalari yordamida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish va aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlarini shakllantirish bo‘yicha Belarus tajribasi batafsil tushuntirilib, milliy xususiyatlardan kelib chiqib uni O’zbekistonda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, joriy yilning 17- iyun kuni videokonferensaloqa orqali hududiy statistika idoralarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Seminar davomida ekspertlar tomonidan uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchi xodimlar ish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida batafsil ma‘lumotlar berildi.
Belarus Respublikasi ekspertlari UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 14/06/2022
Joriy yilning 13-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlari - Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasi Rais o‘rinbosari Janna Vasilevskaya va Bresk viloyati statistika bosh boshqarmasi boshliq o‘rinbosari Tomosheva Natalya tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Belarus Respublikasining aholini ro‘yxatga olishni Internet tarmog‘i orqali va planshet qurilmalari yordamida o‘tkazish tajribasini o‘rganib, respublikamizda uni qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Z. Ziyayev, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari Inomxodjayev Kamolxon, Toshpo‘latov A‘zam va Akramova Shaxnozalar ishtirok etishdi. Kun tartibiga muvofiq, 13-14 iyun kunlari aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish borasida uy-joylar ro‘yxatini tuzish va kartografik materiallarni tayyorlash bo‘yicha Belarus tajribasi o‘rganiladi. Uchrashuvlar 17 iyunga qadar davom etadi.
Xalqaro valyuta jamg’armasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 07/06/2022
Joriy yilning 7-iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mamlakatlari uchun mintaqaviy salohiyatni oshirish markazi direktori Norbert Funke bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuv Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mamlakatlari uchun mintaqaviy salohiyatni oshirish markazining texnik koʻmak missiyalari samaradorligi baholash va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil qilindi. Mazkur tadbirda qo‘mita markaziy apparati xodimlari, XJVning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Kevin Ross hamda Markaziy bank Xalqaro hamkorlik departamenti boʻlim boshligʻi Bobur Oʻktamov ham qatnashdi. Tomonlar statistika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, XVJ bilan o‘zaro hamkorlik, shuningdek, markaz tomonidan tashkil etilayotgan onlayn oʻquv kurslari va texnik ko‘mak missiyalari samaradorligi to‘g’risida so‘z yuritdi. Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi XVJning “Kengaytirilgan umumiy ma'lumotlar tarqatish tizimi”ga a’zo bo‘lganligi va 24 ta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 422 makroiqtisodiy, moliyaviy va boshqa ijtimoiy ko'rsatkichlar joylashtirib borilayotganligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirish, XVJning texnik ko’magi missiyasi doirasida yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, iste’mol narxlari indeksining yangilangan metodologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qo‘mita xodimlarini o‘qitish va malaka oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Eslatib oʻtamiz, Norbert Funkening Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat statistika qo‘mitasi bilan uchrashuvlar belgilangan.
“Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlik” masalalari bo‘yicha xalqaro seminar bo’yicha taqdimot o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 31/05/2022
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23–24- may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-psixologik himoya va politsiya xizmatlari ko‘rsatishni idoralararo muvofiqlashtirish” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abrayev Sherzod Xurromovich ishtirok etdi. Mazkur seminar yuzasidan joriy yilning 30-may kuni Davlat statistika qo‘mitasida taqdimot o’tkazildi. Taqdimotda davomida Sh. Abrayev markaziy apparat xodimlariga gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlik masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar va bunda statistik ma’lumotlardan samarali foydalanish xususida xorijiy tajriba borasida ma’ruza qildi.
“Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” konferensiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 25/05/2022
Joriy yilning 24–25- may kunlari poytaxtimizda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Mazkur xalqaro konferensiyani oʻtkazishdan maqsad – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasida barqaror va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʻminlashdan iborat. oriy yilning 25- may kuni Davlat statistika qoʻmitasida mazkur xalqaro konferensiya doirasida Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Qirg’iz Respublikasi Milliy statistika komiteti raisining birinchi o‘rinbosari Orozbayeva Aynura Djantayevna oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv maqsadlariga erishishda boshqaruv sifati va u bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan siyosatni ishlab chiqishda statistik ma’lumotlardan samarali foydalanish masalalari xususida fikr almashildi. Eslatib o’tamiz, 23- may kuni Davlat statistika qoʻmitasida mazkur xalqaro konferensiya doirasida Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Qozogʻiston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi Milliy statistika byurosi boshligʻi Jandos Shaymardanov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
“Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” konferensiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 24/05/2022
Joriy yilning 24–25- may kunlari poytaxtimizda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Mazkur xalqaro konferensiyani oʻtkazishdan maqsad – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasida barqaror va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʻminlashdan iborat. 2022- yilning 23- may kuni Davlat statistika qoʻmitasida mazkur xalqaro konferensiya doirasida Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Qozogʻiston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi Milliy statistika byurosi boshligʻi Jandos Shaymardanov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv maqsadlariga erishishda boshqaruv sifati va u bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan siyosatni ishlab chiqishda statistik ma’lumotlardan samarali foydalanish masalalari xususida fikr almashildi. Tadbirda taʼkidlanganidek, “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” (EGED) dasturi boʻyicha tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada butun mintaqadan faktlarga asoslangan siyosat va islohotlarni ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar ishtirok etadi. Konferensiya ishtirokchilari maʼlumotlarni ishlab chiqarish, tahlil qilish va davlat siyosati uchun maʼlumotlardan foydalanish, faktlarga asoslangan siyosatni amalga oshirish jarayoni va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirishda o‘z tajribalari bilan oʻrtoqlashadilar.
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 20/05/2022
Joriy yilning 18- may kuni Davlat statistika qoʻmitasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi- qishloq xo'jaligi sohasida mavjud kamchiliklarni o'rganish va qishloq xo'jaligi sohasining mas'ul shaxslari bilan fikr almashishdan iborat. Tadbirda, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining Monitoring va baholash bo'yicha mutaxassisi Маriоn Trike, ICT4D maslahatchisi Marso Cattaneo hamda Davlat statistika qoʻmitasi ochiq ma'lumotlar рогtаli faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i - Аkrоm Sultanov boshchiligidagi qo‘mita vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari roʻyxatdan oʻtkazish dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan 6 ta shakldagi roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari asosida olib borilishi taʼkidlab oʻtildi. Roʻyxatdan oʻtkazish – Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda, qishloq xoʻjaligi faoliyatining turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslanadigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik metodlar asosida yigʻish maqsadida amalga oshiriladi. Uchrashuv iliq va doʻstona ruhda oʻtdi.
Turkmanstat vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 18/05/2022
2022- yil 17- may kuni videokonferensaloqa tarzida Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining Turkmaniston davlat statistika qoʻmitasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi – statistik ma'lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda tajriba almashish hamda uslubiy masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishdan iborat. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi. Ushbu strategiyani amalga oshirish jarayonida rasmiy statistikani ishlab chiqish, tarqatish va baholash bo‘yicha bir qator vazifalar qo‘yildi. Jumladan, xalqaro amaliyotda rasmiy statistikani ishlab chiqishda turli jarayonlarni (masalan, GMIM, GSBPM, GAMSO va NKAF) qamrab oluvchi zamonaviy modellar qo‘llanilmoqda va bu xorijiy mamlakatlarda amaliyotga joriy etilmoqda. Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil qilindi
NASHR ETILGAN: 06/04/2022
Joriy yilning 6- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning Xalqaro valyuta jamg'armasining O’zbekiston bo’yicha missiyasi rahbari Ron Van Ruden boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv Xalqaro valyuta jamg’armasi delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi doirasida o'tkazildi. Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi markaziy apparati boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi. Kun tartibiga muvofiq, YaIM statistikasi va ko’chmas mulk narxlari, ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standarti (MTMS)ni joriy etish hamda XVJ texnik ko’magi masalalari muhokama qilindi. Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi 2018- yilning may oyidan Xalqaro valyuta jamg‘armasining “Kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi”ga ulangan. 2019- yilda O‘zbekiston Respublikasining “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tishi yuzasidan Hukumatning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Mazkur vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorida ham belgilangan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tish yuzasidan tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va har tomonlama yaqindan texnik va konsultativ ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
BMTning Aholishunoslik bo’yicha jamg’armasi (UNFPA)ning vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi
NASHR ETILGAN: 05/04/2022
Joriy yilning 5- aprel kuni Davlat statistika qo’mitasida qo’mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning BMTning Aholishunoslik bo’yicha jamg’armasining (UNFPA)ning O’zbekistondagi vakili janob Yu Yu bilan bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda, shuningdek, UNFPAning Aholi va rivojlanish masalalari bo'yicha dasturiy tahlilchisi A’zam Toshpulotov, UNFPAning O'zbekistondagi vakili yordamchisi Kamolxon Inamxo‘jayev va Davlat statistika qo‘mitasining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig’i Qobul Berdiqulov va boshqarma boshlig’i o’rinbosari Sherzod Do’snayev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo’yilgan barcha savollar bo’yicha to’liq javob va tushuntirishlar oldilar. Uchrashuv yakunida Missiya vakillari Davlat statistika qo’mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi. Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan 2021-yilning 1-25 noyabr kunlari Аndijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbirlari o`tkazildi.
"Open Data Day Tashkent 2022" mavzusida tadbirlar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 10/03/2022
“International Open Data Day” doirasida davlat statistika qo'mitasi xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, YeXHTning O'zbekistondagi koordinatori hamda elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va ekspertlar ishtirokida aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, mamlakatimizda ochiq ma'lumotlarni ommalashtirishga bag'ishlangan "Open Data Day Tashkent 2022" mavzusida tadbirlar tashkil etildi. Open Data Day – xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni (International Open Data Day) tashabbusining bir qismi bo'lib, u davlat organlari, biznes, notijorat tashkilotlari va jamoat hayotining boshqa ishtirokchilari faoliyatida ochiq ma'lumotlar konsepsiyasi va axborot oshkoraligini amalga oshirishga yordam beradi. Ochiq ma'lumotlar kuni munosabati bilan butun dunyoda uchrashuvlar, ma'ruzalar va hakatonlar o'tkazilmoqda. 2015- yildan beri Open Knowledge Foundation ochiq ma'lumotlar dunyosidagi boshqa notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda jahon miqyosidagi voqealarni qo'llab-quvvatlash uchun mini-grantlar taqdim etadi. Tadbir doirasida ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari Open Data Day 2022 tadbiriga bag'ishlangan taqdimot o'tkazdilar. Tadbirlarda 2021-2025- yillarda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirishning strategik yo'nalishlari va prinsiplari, ochiq ma'lumotlarning me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, ma'lumotlarning ochiqligini metodik qo'llab-quvvatlashni ta'minlash, ma'lumotlarning ochiqligini tashkiliy va axborot-texnologik jihatdan ta'minlash, “O'zbekiston Respublikasida 2021-2025- yillarda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”ni amalga oshirishdan kutilgan natijalar kabi masalalar muhokama qilindi.
Jahon banki eksperti ishtirokida seminar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 10/03/2022
Joriy yilning 9–10- mart kunlari Davlat statistika qo‘mitasida minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi hamda kambag‘allik darajasini amaliyotga joriy etish masalasi yuzasidan seminar tashkil etildi. Tadbirda Jahon banki eksperti William Seitz, Davlat statistika qo‘mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistika boshqarmasi xodimlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga Jahon banki eksperti William Seitz mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, seminar jarayonida Jahon banki eksperti va seminar ishtirokchilari “Uy xo‘jaligi tanlanma kuzatuvlari” savolnomalarini yanada takomillashtirish borasida fikr-mulohaza almashishdi.
“SDG Tracker platformasi yuritilishini ta’minlash” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 03/03/2022
2022-yil 3- mart kuni Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining 2030- yilgacha monitoringini yuritish bo‘yicha “SDG Tracker platformasi yuritilishini ta’minlash” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “2030- yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 83-son qarori bilan tasdiqlangan, 2022–2026- yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga samarali erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining uchinchi bandi ijrosini ta’minlashdir. Onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolatхonasi, BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ning mutasaddi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi ma’sul xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining 2030- yilgacha monitoringini yuritish maqsadida SDG Tracker platformasi yuritilishini ta’minlash masalasida firk-mulohaza almashdi. Yig‘ilish yakunida xalqaro ekspertlar tomonidan SDG Tracker platformasiga O‘zbekiston Respublikasiga oid Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarining kiritilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.
MDH mamlakatlarning yosh statistik ekspertlari ishtirokida onlayn yig‘lish tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 01/03/2022
2022-yil 25-fevral kuni MDH mamlakatlarning yosh statistik ekspertlari ishtirokida onlayn yig‘lish o'tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining yosh xodimlari ham ishtirok etdi. Mazkur tadbir BMT Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoi komissiyasi (ESKATO) tomonidan tashkil etildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad MDH mamlakatlari milliy statistika idoralarining faol va tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirishdir. Tadbirda qo‘shni davlatlar to‘plagan tajribani o‘rganish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar haqida fikr-mulohaza almashildi.
“Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” doirasida onlayn uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 02/03/2022
Joriy yilning 1–2 - mart kunlari MDH Statistika qo‘mitasi tomonidan “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” (XTD–2021) dasturi doirasida investitsion tovar narxlarini o‘rganishga bag‘ishlangan videokonferensaloqa orqali onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi ma’sul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – XTD–2021 dasturi doirasida yil yakuni bo‘yicha kuzatilgan investitsion tovar narxlari yuzasidan qo‘shimcha savol va takliflarga aniqlik kiritish hamda XTD–2021 doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yana bir bor to‘xtalib o‘tishdan iborat. Yig‘ilish yakunida, MDH Statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan XTD–2021 doirasida kuzatilgan investitsion tovar narxlarining natijalari bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.
Xalqaro ekspertlar bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 25/02/2022
2022-yil 24-fevral kuni Kompleks milliy moliyalashtirish tartiblari doirasida Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining kichik va o‘rta korxonalariga moliyaviy xizmatlarni kengaytirish yuzasidan onlayn o'quv-seminari o'tkazildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi xodimlari ham ishtirok etdi. Seminar BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining Shimoliy va Markaziy Osiyo mintaqaviy bo‘linmasi, BMTning Taraqqiyot dasturi xalqaro ekspertlari tomonidan tashkil etildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad kichik korxonalar va o'rta biznes uchun moliyalashtirishni safarbar qilish va moslashtirish, shuningdek, Shimoliy va Markaziy Osiyodagi asosiy davlat institutlari va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasida ko‘nikma va bilimlarni oshirishdan iborat.
Oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha milliy strategiyani tayyorlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 22/02/2022
Joriy yilning 21-fevral kuni Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha milliy strategiyani tayyorlash yuzasidan niderlandiyalik xalqaro ekspert Tugrul Temel bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshligʻi Shavkat Gʻulomov, Sanoat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Sardor Jurayev, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistika boshqarmasi boshligʻi Umid Madaminov hamda Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi boʻyicha axborotlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Olga Alyoshunina ishtirok etdi. Tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha maʼlumotlarni ishlab chiqarish mexanizmi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda yurtimizdagi turli vazirliklar oʻrtasida oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha maʼlumotlar saqlash tizimini ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Belarus tajribasi o‘rganildi
NASHR ETILGAN: 09/02/2022
2022 yil 31- yanvardan 5- fevralgacha Minsk shahrida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Belarus Respublikasi tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlar BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA) hamkorligida o‘tkazildi. O‘quv seminarlarda Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasidan Q.Berdiqulov, K.Saparov, S.Guseynov, Axborot xavfsizligi boshqarmasidan Sh.Djanadilov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasidan Sh.Samadov, M.Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va UNFPA vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvlar davomida O’zbekiston Respublikasida 2021- yil noyabr oyida o‘tkazilgan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish natijalari asosida uslubiy va huquqiy normativ hujjatlari, aholini ro‘yxatga olish dasturi, birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish bo‘yicha axborot tizimini takomillashtirish hamda aholini ro‘yxatga olishda planshet qurilmalaridan foydalanish kabi qator dolzarb masalalar bo‘yicha bilim va tajribalar muhokama qilindi. Minsk shahrida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvning Davlat statistika qo‘mitasi uchun muhim ahamiyati shundaki, mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkil etishda MDH davlatlari, jumladan, Belorus Respublikasi tajribasini o‘rganish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Frankfurt moliya va menejment maktabining xalqaro eksperti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 09/02/2022
Joriy yilning 8- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining O'zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish doirasida BMT Taraqqiyot dasturining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Olena Sosenko xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Frankfurt moliya va menejment maktabi o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida sug‘urta himoyasini keng qo‘llash bo‘yicha Тexnik-iqtisodiy asoslash o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi mamlakatimizdagi iqlim xavf-xatarlarining, yetishtiriladigan ekinlarning hosildorligi va daromadiga ta’siri ko‘lamini, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklarini sug‘urta himoyasining zamonaviy choralarini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat. Mazkur uchrashuv davomida xavf-xatarlarni tahlil qilish va sug‘urta xizmatlari narxi, shu jumladan hosildorlik va boshqa ko‘rsatkichlarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarning mavjudligi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida BMT Taraqqiyot dasturining qishloq xo‘jaligida sug‘urta bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Olena Sosenko va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi dasturi xodimi Pishenbay Umirbekov Davlat statistika qo‘mitasi vakillari bilan zarur ma’lumotlarni olish maqsadida kelgusida hamkorlik qilish masalasini muhokama qildilar. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Aholini ro‘yxatga olishda Belarus Respublikasi tajribasi o‘rganilmoqda
NASHR ETILGAN: 31/01/2022
Shu kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasining Minsk shahrida aholini ro‘yxatga olishda planshet qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha Belarus Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tajribasini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda. Mazkur uchrashuvlar BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA) hamkorligida tashkillashtirilgan. Ushbu uchrashuvlarda Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasidan Q. Berdiqulov, K. Saparov va S. Guseynov, Axborot xavfsizligi boshqarmasidan Sh. Djanadilov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasidan Sh. Samadov va M. Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda UNFPA vakillari ham ishtirok etishmoqda. Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil noyabr oyida o‘tkazilgan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish natijalari asosida uslubiy va huquqiy normativ hujjatlarini, aholini ro‘yxatga olish dasturini hamda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish bo‘yicha axborot tizimini takomillashtirish, aholini ro‘yxatga olishda planshet qurilmalaridan foydalanish kabi qator aholini ro‘yxatga olish tadbiriga oid dolzarb masalalar bo‘yicha bilim va tajribalar o‘rganilmoqda. Minsk shahrida o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuvlarning Davlat statistika qo‘mitasi uchun muhim ahamiyati shundaki, mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish tadbirini tashkil etishda MDH davlatlari, jumladan, Belarus Respublikasi ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur uchrashuvlar, ularda ko‘tarilgan masalalar hamda xizmat safari yakuniga oid ma'lumotlar bilan sizlarni tanishtirib boramiz.
MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining 64-majlisi boʻlib oʻtdi
NASHR ETILGAN: 26/01/2022
2022- yilning 26- yanvar kuni MDHga aʼzo davlatlarning statistika idoralari rahbarlari Kengashining 64- majlisi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi. Ushbu majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich raislik qildi. Kun tartibiga muvofiq, “MDHning Davlatlararo statistika qoʻmitasi raisi” masalasi muhokama qilindi. Majlis yakunlari, shuningdek, qaror va tegishli hujjatlar toʻplami MDH hukumat rahbarlari Kengashida koʻrib chiqishga kiritish uchun belgilangan tartibda MDH Ijroiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
NASHR ETILGAN: 12/01/2022
2022- yil 10- yanvar kuni videokonferensaloqa tarzida Davlat statistika qo’mitasi vakillarining Jahon banki missiyasi bilan onlayn uchrashuvi bo’lib o'tdi.
Missiyaning asosiy maqsadi – mazkur loyihaning tadbirlar rejasi, texnik-iqtisodiy asosi, shuningdek, loyihaning baholash hujjatlarini muhokama qilishdan iborat.
Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi.
Videokonferensiyada loyihaning tarkibiy qismlari, xususan, institutsional islohotlar va salohiyatni rivojlantirish, ma’lumotlarni tayyorlash, texnik imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, loyihani boshqarish masalalari ko’rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
“Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” doirasida onlayn uchrashuv tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 16/12/2021
So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha soha singari milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi BMTning “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021”da munosib qatnashish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirilib kelmoqda.
Joriy yilning 14–15- dekabr kunlari MDH Statistika qo‘mitasi tomonidan “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” dasturi doirasida investitsion tovar narxlarini o‘rganishga bag֥‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazildi.
Mazkur onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmalari hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” doirasida yil yakuni bo‘yicha kuzatilgan investitsion tovar narxlari yuzasidan qo‘shimcha savol-javob va takliflarga aniqlik kiritish hamda “XTD–2021” doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yana bir bor to‘xtalib o‘tish.
Yig‘ilish yakunida, MDH Statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan kuzatuvlarni munosib tashkil etish, “XTD–2021” doirasida investitsion tovar narxlarini kuzatish bo`yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 13/12/2021
2021- yil 1–17- dekabr kunlari Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan hamkorlikda yurtimizda pensiya tizimini isloh qilish bo'yicha turli tadbirlar tashkil etish belgilangan.
Belgilangan reja bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida qashshoqlikni kamaytirish masalasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda respublikamizning tegishli vazirlik va idoralari vakillari Xalqaro valyuta jamg'armasi ekspertlari bilan ijtimoiy ta'minot dasturining xususiyatlari, yoshi, jinsi, shuningdek, keksalar uchun mo'ljallangan dasturlar muhokama qilindi. Mazkur uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasi raisi o'rinbosari Agzam Ikromov ham ishtirok etdi.
Xalqaro valyuta jamg'armasining Chaba Feher boshchiligidagi missiyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda demografik ko'rsatkichlar, tug'ilish prognozlari, o'lim ko'rsatkichlari, migratsiya masalalari, ish haqi va ish bilan ta'minlash usullari muhokama qilindi.
Qo‘mitaning Xalqaro hamkorlik va axborot almashish boshqarmasi boshlig'i Odiljon Mamadaliyev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Zoir Yo'ldoshev va Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari boshqarmasi boshlig'i Umid Madaminov xalqaro ekspertlar bilan muzokara o'tkazdi.
Poytaxtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik bo‘yicha xalqaro forum tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 03/12/2021
Ayni paytda yurtimizda 9- dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Aksilkorrupsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 3- dekabr kuni mazkur haftalik doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik bo‘yicha Toshkent forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu xalqaro forum O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, shuningdek qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Unda Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Malayziya, Xitoy, Gruziya, Sloveniya kabi davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idora rahbarlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, 100 dan ortiq vazirlik hamda idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasidan Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Mamadaliyev Odiljon Toirovich hamda Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Sultanov Akrom Amanovich qatnashdi.
Mazkur forum korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, davlat xizmatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, korrupsiyaga qarshi kurashishning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha milliy va xalqaro tajribani taqdim etish, qolaversa, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy va institutsional bazani yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Forum doirasida turli mamlakatlar misolida korrupsiyaga qarshi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning mohiyati va xususiyatlari ochib berildi. Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari xalqaro hamjamiyat e'tiboriga havola etildi.
Forum yakuni sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha samarali siyosatni ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini baholash va oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlanadi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
NASHR ETILGAN: 24/11/2021
Joriy yilning 19- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasida "O'zbekiston Respublikasining energiya samaradorligi sohasida ma'lumotlarni to'plash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish" texnik ko'mak loyihasini amalga oshirish doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining mazkur missiya ishining maqsadi - O'zbekistonda energiya samaradorligi bo'yicha sinov loyihasini amalga oshirish uchun energiya samaradorligi holatini o'rganish, shuningdek, zarur ma'lumotlarni to'plashni davom ettirishdan iborat.
Mazkur uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasi Markaziy apparati bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda milliy energetika statistikasi, shuningdek, uy-joy sektori bo'yicha statistik ma'lumotlarga oid masalalar muhokama qilindi. Bunga qo'shimcha ravishda, Davlat statistika qo'mitasi tomonidan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarni taqdim etish masalasi ko'rib chiqildi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi
Davlat statistika qo‘mitasida xalqaro ekspertlar ishtirokida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 17/11/2021
Joriy yilning 17- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida xorijlik ekspertlar, jumladan, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi vakillari, MDH statistika qo’mitasi raisi V.L. Sokolin, boshqarma boshlig‘i I.A. Zbarskaya hamda qo‘mita mas’ullari ishtirokida O‘zbekistonda sinov tariqasida o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 1–5- noyabr kunlari onlayn tarzda tashkil etilgan ro‘yxatga olish jarayonlari, 11- noyabrdan boshlangan uymay-uy yurib qog’oz va planshetlar orqali to‘ldirilayotgan savolnomalar birma-bir muhokama qilindi.
Shuningdek, amaliy seminarda planshetlar uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturning amaliyotda qanday qo‘llanilayotgani hamda bu borada xorijiy tajribalar, taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi.
Mazkur taklif va tavsiyalar 2023- yilda o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish bo’yicha asosiy tadbirning samarali o’tkazilishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Xalqaro transport forumining 7- yig'ilishi bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 25/10/2021
2021- yil 21-22- oktabr kunlari videokonferensaloqa rejimida transport statistikasi bo'yicha xalqaro transport forumining 7- yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Ma‘lumot uchun:
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti xalqaro transport forumi 63 a'zo davlatlarni o'z ichiga olgan hukumatlararo tashkilotdir. Transport siyosatining bosh markazi vazifasini bajaradi va transport vazirlarining yillik sammitini tashkillashtiradi. XTF barcha transport turlarini qamrab olgan yagona global tashkilotdir. XTFning vazifasi transportning iqtisodiy o'sishi, ekologik barqarorlik va ijtimoiy integratsiyadagi rolini yanada chuqurroq anglashni, shuningdek, transport siyosatining ommaviy aks sadosini oshirishdan iborat.
Xalqaro transport forumi transport statistikasi qamrovini kengaytirish va sifatini oshirish uchun resurslar ajratadi. Uchrashuvning maqsadi transport sektorining iqtisodiyotdagi rolini yaxshiroq baholash uchun foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish va transport statistikasini yaxshilashdir. Yig'ilish shuningdek, xalqaro transport statistikasini samarali rivojlantirish maqsadida fikr almashish, tajriba almashish va sa'y-harakatlarni birlashtirish uchun transport subyektlarining keng doirasi bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish imkonini beradi.
Yig'ilishda Yevropa, Osiyo, Amerika davlatlaridan 60 dan ortiq mutaxassislar, MDH mamlakatlari milliy statistika xizmatlari, transport statistikasi bo'yicha ma'lumotlarni to'plash bilan shug'ullanuvchi boshqa davlat idoralari vakillari, shuningdek, mintaqaviy tashkilotlar va ilmiy jamoatchilik hodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i - Akrom Sultonov, xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i Abdugafur Mirzaxidov va uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlar bo'limi bosh mutaxassisi Azizxon Ikramov qatnashdi.
Yig‘ilishda, xalqaro ekspertlar "Xalqaro transport forumining gender tahlili vositasi", "Transport adolatini oshirish" (AQSh tajribasi), "Transport statistikasi uchun mobil telefonlardan foydalanish sohasidagi hamkorlik" (BMT taklifi), "Sayohatga bo'lgan talabni modellashtirish uchun katta ma'lumotlar", "Transportni o'lchashda innovatsiyalar" (shuningdek, Covid-19 pandemiyasidan keyin) Yevropa mamlakatlari tajribasi kabi mavzularda taqdimot o‘tkazdilar.
Yig'ilish yakunida ishtirokchilar transport statistikasi uchun yanada izchil va samarali xalqaro asoslarni ishlab chiqish, fikr almashishga ko'maklashish va siyosatni yanada samarali shakllantirish uchun yanada sifatli ma'lumotlarni olish, turli mamlakatlardan transport sohasi ekspertlari o'rtasidagi takliflar ko'rib chiqildi.
“Xalqaro taqqoslash dasturi - 2021”da mamlakatimizning ishtiroki
NASHR ETILGAN: 08/10/2021
Joriy yilning 6- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) mutaxassisi Modibo Camara bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma‘lumot uchun, Modibo Camara – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan Mikro, kichik va o'rta korxonalar bo'yicha ma'lumotlar to'plash va tahlil qilish holatini tahlil qilish, ushbu ma'lumotlarni to'plash uchun raqamli yechimlardan foydalanishda O'zbekiston duch kelayotgan muammolarni tahlil qilish uchun shartnoma tuzgan A2f konsalting kompaniyasi vakilidir.
Tadbirda, shuningdek, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich boshchiligidagi Markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuv davomida mikro, kichik va o'rta korxonalar bo'yicha gender ma'lumotlarini to'plash va tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Davlat statistika qo'mitasi vakillari bilan mikro, kichik va o'rta korxonalar bo'yicha gender ma'lumotlarini to'plash va tahlil qilish tizimini tashxislash bo'yicha xalqaro konsultantning missiyasi zarur ma'lumotlarni olish maqsadida yanada hamkorlik masalasini muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida mikro, kichik va o'rta korxonalar bo'yicha gender ma'lumotlarini to'plash va tahlil qilish tizimini tashxislash bo'yicha zarur ma'lumotlarni olish yuzasidan yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
“Xalqaro taqqoslash dasturi - 2021”da mamlakatimizning ishtiroki
NASHR ETILGAN: 29/09/2021
Joriy yilning 28- sentabr kuni Moskva shahrida Rossiyaning Federal statistika xizmati tomonidan Moskva shahar iqtisodiy siyosat va taraqqiyot departamenti, «Центростат» analitik markazi va Statistik ekspertiza xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Davlatlar va shaharlarning xalqaro reytinglari: metodologiya, ochiq ma’lumotlar, shaffoflik" mavzusida konferensiya o'tkazildi. Konferensiya Xalqaro statistika institutining 63- statistika jahon kongressi doirasida tashkil etildi.
Konferensiyada Jahon Banki ekspertlari guruhi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) vakillari, BMTning statistika bo‘limi xodimlari, shuningdek, analitik va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – ochiq muloqot tashkil etish va xalqaro tashkilotlar hamda reyting tuzuvchi agentliklar bilan o'zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Konferensiya davomida xalqaro reytinglarni baholash yondashuvlari, ularning biznes va jamiyatga ta’siri, shuningdek, rasmiy statistika va muqobil ma’lumotlar manbalarining ahamiyati, ma'lumotlarni tasdiqdan o‘tkazish tajribasi, reytinglarni tuzuvchilar va reyting ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik mexanizmlari ko'rib chiqildi.
Konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich “Statistika sohasidagi islohotlar va ularni xalqaro reytinglarda baholanishi” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Qo‘mita raisi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” PF-6003 sonli Prezident Farmoni mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarga me’zon bo‘lganligiga alohida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining “Doing business”, “Elektron hukumatni rivojlantirish”, “Iqtisodiy erkinlik”, Jahon Bankining “Statistika salohiyati indeksi” va ochiq ma’lumotlar sohasiga doir bir qator indekslardagi o‘rni yuqorilab borayotganini ta’kidladi. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar o‘z natijasini ko‘rsatayotganidan dalolatdir.
Konferensiya doirasida boshqa ekspertlarning ham ma’ruzalari tinglandi. Bevosita onlayn tarzda qatnashgan ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha ekspertlardan atroflicha javob olishdi.
Konferensiya yakunida mavzu doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Davlatlar va shaharlarning xalqaro reytinglari: metodologiya, ochiq ma’lumotlar, shaffoflik
NASHR ETILGAN: 21/08/2021
Bugungi kunda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizni yana bir muhim xalqaro statistik tadbir – Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” (XTD-2021)da munosib qatnashishini ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.
Jumladan, 2017-2019 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2017” bosqichida eksperimental tartibda ishtirok etgan bo‘lsa, 2021- yildan mamlakatimiz “XTD-2021”da rasman ishtirok eta boshladi. Ushbu dastur doirasida, Davlat statistika qo‘mitasi “XTD-2021” bo‘yicha hududiy koordinator – Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Statistika qo‘mitasi bilan izchil hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
2021- yildan boshlab MDH Statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari kuzatuvlari Toshkent shahrida tanlab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida belgilangan reja-jadvalga asosan o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, 2021- yilda kuzatuvlarni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja-jadvalga muvofiq, 2021- yil uchun joriy yilning mart va iyun oylarida birinchi bosqichda MDH Statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan 8 guruhdan iborat bo‘lgan, jami 2266 turdagi tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari kuzatuvlari o‘tkazilib, mazkur tovarlar va xizmatlarning o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlar shakllantirildi hamda MDH statistika qo‘mitasiga taqdim etildi.
Bugungi kunda, “XTD-2021” doirasida MDH statistika qo‘mitasi tomonidan ikkinchi va uchinchi bosqichlarda taqdim etilgan qo‘shimcha 2 ta guruh – 99 turdagi “Qurilish materiallari” hamda 584 turdagi “Investision tovarlar” bo‘yicha tasdiqlangan grafikga asosan kuzatuv ishlari olib borilmoqda.
O‘z navbatida, XTD natijalaridan Xalqaro tashkilotlar (BMT, Jahon banki, XVJ, OECD, Yevropa ittifoqi), milliy hukumatlar, shuningdek, ilmiy tashkilotlar va ekspertlar tahliliy va amaliy maqsadlarda, xususan, mamlakatlarning umumiy iqtisodiy rivojlanish darajasini va xalqlarning turmush farovonligini baholash, milliy iqtisodiyot samaradorligi va salohiyatini aniqlash va taqqoslash, mamlakatlarga xalqaro yordam berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish kabi maqsadlarda foydalanadi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni amalga oshirishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumiga start berildi
NASHR ETILGAN: 23/06/2021
2021-yil 23-iyun kuni Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong, YУXHT Parlament assambleyasi Prezidenti Piter Lord Bauness, Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi Bosh kotibi Altinbek Mamayusupov, MDH Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin, xorijiy mamlakatlar parlamentlari, parlamentlararo tashkilotlar rahbarlari va a’zolari, Yoshlar parlamentlari, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, NNT, OAV vakillari, ilmiy-tadqiqot muassasalari ekspertlari an’anaviy va onlayn tarzda ishtirok etdi. Shuningdek, mazkur tadbirda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich qatnashmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyovning tabrigi Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbayeva tomonidan o‘qib eshittirildi.
Muhtaram Prezidentimiz tabrigida qayd etganidek, O‘zbekiston tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilayotgan mazkur forum global maqsadlarga erishishda parlamentlarning ishtirokini muhokama qilish, parlamentlararo hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash uchun samarali muloqot maydoni bo‘ladi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi parlamentining yuqori palatasi Raisi T. Narbayeva forum davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini oshirish to‘g‘risida BMTning maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishga oid tashabbusi doirasida o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
Barqaror rivojlantirish maqsadlariga erishish hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi besh yilda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Xususan, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar, ularga oid indiktorlarning tasdiqlangan, ularni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgan hamda tegishli “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
Natijada o‘tgan davr mobaynida deyarli barcha muhim ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni keyingi 5-10 yilda rivojlantirish istiqbollarini belgilovchi strategiya va kontseptsiyalar qabul qilinib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Tadbirda o‘z tabriklari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov, Palamentlararo ittifoq bosh kotibi M.Chungong, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi raisi M. Akram, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament assambleyasi raisi Piter Lord Bauness, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi bosh kotibi A. Mamayusupov, Osiyo Parlament Assambleyasi bosh kotibi Moxammad Rezo Majidiy, BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori X Freyzer va boshqa mehmonlar so‘zga chiqdilar.
Global forumda Yevropa parlamenti, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Bolgariya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Malayziya, Tayland, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Qirg‘iziston parlamentlari a’zolari hamda 30 nafardan ortiq xalqaro tashkilotlar ekspertlarining ma’ruzalari, taklif va tavsiyalari eshitiladi.
Xalqaro forumning asosiy tematik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• Barqaror rivojlanish maqsadlarining samarali bajarilishini ta’minlashda parlamentning roli;
• Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
• Barqaror rivojlanish maqsadlarining statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirish;
• Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilikning ishtiroki;
• Barqaror rivojlanish maqsadlarining bajarilishida parlament nazorati, monitoring va baholashning ahamiyati;
• Barqaror rivojlanish yo‘lida dunyo parlamentlari o‘rtasida xalqaro muloqot va global hamkorlikni rivojlantirish.
Xarajatlar va ishlab chiqarish metodologiyasida xalqaro va global hisoblardan foydalanish (FIGARO)
NASHR ETILGAN: 27/05/2021
Joriy yilning 26- may kuni Davlat statistika qo'mitasining Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo`limi boshlig'i Zuhra Mamadjanova Eurostat va Yevropa komissiyasining Qo'shma tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Xarajatlar va ishlab chiqarish uslubi tahlilida xalqaro va global hisoblardan foydalanish (FIGARO)” mavzusidagi onlayn tadbirda ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Yevropa, Osiyo, Amerika hamda Osiyo-tinch okeani mintaqasi mamlakatlari ekspertlari ham qatnashishdi.
Onlayn uchrashuvda Eurostat general direktori Mariana Kotsayeva va Qo'shma tadqiqot markazi Bosh direktori Stefen Quest so'zga chiqdi.
Tadbir davomida Groningen universiteti professori Ditzenbacher, Belgiya Federal rejalashtirish byurosi mutaxassisi Janob Bernhard hamda Evropa komissiyasi DG TRADE mutaxassisi Bursierning ma'ruzalari tinglandi.
FIGARO uslubiyati – iqtisodiy modellarni ishlab chiquvchilar, siyosatchilar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun globallashuvning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarini tahlil qilishga imkon beradi hamda xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasini tahlil qilishda qo‘llaniladi.
Ishtirokchilar FIGARO ma'lumotlaridan turli xil milliy tahlillar uchun qanday foydalanishga, ma'lumotlarning siyosatchilarga savdo va ish, savdo va gender tengligini tahlil qilishda, shuningdek, COVID-19 pandemiyasining ta'siriga qanday yordam berishi mumkinligiga e'tibor qaratdilar.
Onlayn o‘tkazilgan tadbir yakunida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda BMT statistika bo'limi mutaxassislari ishtirokida savol-javob bo'lib o'tdi.
Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 21/05/2021
Joriy yilning 19- may kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Amerika va Afrika davlatlari statistika idoralari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.
Onlayn ravishda tashkil etilgan uchrashuvda pandemiya sharoitida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu tadbirni o‘tkazishda innovatsion usullar, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, ma'lumotlar sifatini baholash, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish, aholini ro‘yxatga olish va ijtimoiy kuzatuvlarni integratsiyalash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G‘ulomovich ham ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishning 2020- yil raundi doirasida amalga oshirilgan ishlar va ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazgan davlatlar tajribasini muhokama qilishdan iborat.
Tadbir davomida Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakilining ma’ruzasi alohida e’tirof etildi va 2021- yilda O‘zbekistonda aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirish loyihasi doirasida hamkorlikni davom ettirish
NASHR ETILGAN: 27/03/2021
25-26- mart kunlari videokonferensaloqa rejimida Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC) hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda IHTga a'zo davlatlar o'rtasida ma'lumotlar yig'ish va xizmatlar savdosini tahlil qilish bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.
Mazkur onlayn seminarda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig'i Botir Irgashev ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad- xizmatlar savdosi bo'yicha ma'lumotlarni to'plash, muvofiqlashtirish va tahlil qilish, xizmat ko'rsatish sohasini o'rganish va bojxona boshqarmalari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda ishonchli ma'lumotlarni almashish bo'yicha yangi metodologiyalardan foydalanishdir
Mazkur seminarda BMTning savdo va taraqqiyot konferensiyasi (ЮНКТАД), Jahon savdo tashkiloti (JST), iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (ОЭСР), Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC), Islom savdo-sotiqni rivojlantirish markazi vakillari ishtirok etdilar.
Tinglovchilarga Afrika kontinental erkin savdo hududi, Arab Ligasi savdo xizmatlari ma'lumotlarini to'plash, xalqaro savdo markazi amaliyoti va boshqa xalqaro tashkilotlar tajribalari taqdim etildi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining onlayn tarzda texnik ko‘mak missiyasi boshlandi
NASHR ETILGAN: 17/03/2021
Joriy yilning 15- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning onlayn tarzda texnik ko‘mak missiyasi boshlandi. Missiyaga XVJning Statistika departamenti mutaxassisi janob Maykl Silver boshchilik qilmoqda. Missiyaning asosiy maqsadi – Davlat statistika qo‘mitasining mas'ul mutaxassislari uchun “Eksport va import tovarlari narxlari indeksi” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan iborat.
Tadbirda Davlat statistika qo’mitasidan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umarov Muxtor boshchiligidagi markaziy apparat boshqarmasi boshliqlari hamda xodimlari ishtirok etishmoqda.
Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo'mitasi mas'ul xodimlari Eksport va import tovarlari tavsiflari darajasini belgilash, to‘lov balansi statistikasi, qiymat vazni indekslarini shakllantirish, gibrid usulda ishlab chaqaruvchilar narxlari indeksi, yirik eksportchi yoki import qiluvchi korxonalar bo‘yicha so‘rovnomalar, kooperativ, savdo va boshqa birlashmalar ma'lumotlari va aks ettirilgan indekslarni qo‘llash, o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar hamda yetishmayotgan narx indekslarini shakllantirish mavzulari bo‘yicha joriy amaliyotning umumiy sharhini o'tkazdilar. Missiya ishi davom etmoqda.
"International Open Data Day" doirasida xalqaro ochiq ma'lumotlar kuniga bag'ishlangan tadbirlar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 10/03/2021
"International Open Data Day" doirasida davlat statistika qo'mitasi xodimlari, vazirlik va idoralar xodimlari hamda YeXHTning O'zbekistondagi koordinatori hamda elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va ekspertlari ishtirokida aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, mamlakatimizda ochiq ma'lumotlarni ommalashtirishga bag'ishlangan "Open Data Day Tashkent 2021" mavzusida tadbirlar tashkil etildi.
Open Data Day- xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni (International Open Data Day) tashabbusining bir qismi bo'lib, u davlat organlari, biznes, notijorat tashkilotlari va jamoat hayotining boshqa ishtirokchilari faoliyatida ochiq ma'lumotlar konsepsiyasi va axborot oshkoraligini amalga oshirishga yordam beradi.
Ochiq ma'lumotlar kuni munosabati bilan butun dunyoda uchrashuvlar, ma'ruzalar va hakatonlar o'tkazilmoqda. 2015- yildan beri Open Knowledge Foundation ochiq ma'lumotlar dunyosidagi boshqa notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda jahon miqyosidagi voqealarni qo'llab-quvvatlash uchun mini-grantlar taqdim etadi.
Tadbir doirasida ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari Open Data Day Tashkent 2021 tadbiriga bag'ishlangan taqdimot o'tkazdilar.
Tadbirlarda 2021-2025- yillarda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirishning strategik yo'nalishlari va prinsiplari, ochiq ma'lumotlarning me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, ma'lumotlarning ochiqligini metodik qo'llab-quvvatlashni ta'minlash, ma'lumotlarning ochiqligini tashkiliy va axborot-texnologik jihatdan ta'minlash, "O'zbekiston Respublikasida 2021-2025- yillarda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi" ni amalga oshirishdan kutilgan natijalar kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbirlarda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4273-sonli qaroriga muvofiq statistika organlari oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish maqsadida Davlat statistika qo'mitasi tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:
O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ochiq ma'lumotlar instituti (Open Data Institute) ning kumush darajasi sertifikatiga ega bo'ldi, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy veb-sayti esa "Platinum"ning eng yuqori darajasiga yetdi, ya'ni bu ochiq ma'lumotlar axborot infratuzilmasining ajoyib namunasidir.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi birinchi mamlakat bo'lib, dunyoning ochiq ma'lumotlar portallarining eng to'liq ro'yxatiga kirdi org.
"BMTning 2020 elektron hukumat bo'yicha sharhi" ga ko'ra, O'zbekiston "Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi"da ochiq ma'lumotlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan 41 mamlakatdan (Very high OGDI) joy oldi.
"Open Data Inception" ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo'yicha dunyoda 6- o'rinni egalladi.
O'zbekiston ochiq ma'lumotlar reytingiga ko'ra, Open Data Inventory (ODIN) 63 ball to'plab, dunyoda 44, markaziy Osiyoda 1- o'rinni egalladi va 125 pog'ona ko'tarildi.
O'zbekiston ochiq ma'lumotlar xalqaro Xartiyasiga 23- mamlakat bo’lib qo'shildi va Janubiy Koreya va Filippindan keyin Osiyo mamlakatlari orasida uchinchi mamlakat bo'ldi.
Ochiq ma'lumotlarni ommalashtirish maqsadida mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasida yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida “Open Data Tashkent 2019” ochiq ma'lumotlar bo'yicha xalqaro konferensiya, “Open Data Week Uzbekistan 2019” ochiq ma'lumotlar haftaligi, “Open Data Day Tashkent 2020” seminari, “Open Data Uzbekistan Workshop Agenda” onlayn tadbiri, “Covid-19 pandemiyasini dunyo va O'zbekistonda tarqatish davrida ochiq ma'lumotlar asosida yechimlar” vebinari, “Open Data Day Tashkent 2020” seminari, “Open Data Uzbekistan Workshop Agenda”, “Korrupsiyaning oldini olishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” videokonferensiya shaklida ishchi seminar, shuningdek, 100 dan ortiq vazirlik va idoralar xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilib, unda 385 nafar xodim o'qitilgan.
Tadbirlar ishtirokchilari raqamli iqtisodiyot sohasida yanada hamkorlikni davom ettirish, AKT mutaxassislarini tayyorlash, texnoparklarni rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassislar malakasini oshirish, pochta aloqasi va raqamli teleeshittirishlarni rivojlantirish zarurligi nuqtai nazaridan umumiy fikrga kelishdi.
Tadbirlar O'zbekiston oldida turgan vazifalar va O'zbekiston ochiq ma'lumotlar portali xodimlarining ochiq ma'lumotlar bilan ishlash bo'yicha rejalashtirilgan harakatlari haqida bahs bilan yakunlandi.
Tiklanish yo‘lida O‘zbekiston erishgan marralarni muhokama qilish uchun xalqaro onlayn-forum
NASHR ETILGAN: 04/03/2021
2021- yil 3–4- mart kunlari O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasidan so‘ng tiklanishning qaysi bosqichida ekanligini hamda hukumat, biznes va jamiyat qanday tarzda birlashib, “yashil” tiklanish uchun yangi siyosat va rag‘batlantiruvchi omillarni hayotga tadbiq qilish muhokamasiga bag’ishlangan xalqaro onlayn-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda asosiy manfaatdor taraflar to‘planadi hamda BMT va BMTTD (BMTning COVID-19 pandemiyasiga ijtimoiy-iqtisodiy javob berishning texnik rahbarlari), Yevropa Ittifoqi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) va O‘zbekiston Hukumati nomidan Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va ularga moslashishni qo‘llab quvvatlash uchun tegishli siyosat va choralarni ishlab chiqdi va qabul qildi. E'tiborga eng loyiq jihati, 2019- yilning oktyabr oyida «2019 — 2030- yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi», qabul qilindi va unda energiya samardorligini oshirish, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining resurs tejamkorligini va hosildorligini oshirish hamda yerlarning tanazzulini cheklash hisobiga atmosfera havosiga chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha maqsad ko‘rsatkichlari belgilab berildi.
Mazkur forum O‘zbekistonning “yashil” tiklanishini targ‘ib qilishga hissa qo‘shadigan uchta asosiy maqsadni belgilab qo‘ygan:
“Yashil” tiklanishga va barcha manfaatdor taraflarni birlashtirishga urg‘u bergan holda kelgusi yanada yaxshi rivojlanish O‘zbekiston uchun nimani anglatishini o‘rganish. Energiyaning qayta tiklanuvchan manbalari, energiya samaradorligi, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa shu kabi ko‘pgina masalalar, jumladan O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, bo‘yicha siyosat qanday tarzda tabiiy resurslarga va atrof-muhitga bosimni kamaytirish bilan bir vaqtda yaxshiroq va yanada barqaror jamiyat va iqtisodiyotni tiklash imkoniyatini berishi borasida muhokama olib borish uchun maydon taqdim etish.
O‘zbekiston Hukumatini COVID-19 kasalligi tarqalishi davrida va undan so‘ng “yashil” iqtisodiy tiklanish borasida qo‘llab-quvvatlash uchun “Kelgusida yanada yaxshiroq rivojlanish” bo‘yicha tavsiyalar va amaliy choralarni shakllantirish.
Mazkur tadbirda Davlat statistika qo’mitasidan rais o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Xalqaro valyuta jamg'armasining O'zbekiston bo'yicha ko'p tarmoqli statistik missiyasi o'z ishini boshladi
NASHR ETILGAN: 02/03/2021
Joriy yilning 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning Xalqaro valyuta jamg'armasining ko'p tarmoqli statistika missiyasi rahbari Artak Xarutyunyan bilan videokonferensaloqa orqali uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respulikasining Xalqaro valyuta jamg‘armasi “Kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi”dan “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tishi, pul-kredit va moliyaviy statistikani, tashqi sektor statistikasini, milliy hisoblar tizimini takomillashtirish va MHT 2008 ga o'tish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek uchrashuvda, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati, O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi vakillari, XVJ missiyasi ekspertlari va O'zbekiston Respublikasi tegishli vazirliklarining mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Jumladan, uchrashuvda o‘tgan davr ichida hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalar e'tirof etildi. Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tish jarayonida e'lon qilinadigan makroiqtisodiy va moliyaviy statistik ko‘rsatkichlarni tizim talablariga moslashtirish yuzasidan texnik ko‘mak missiyalarini tashkil etish borasida o‘z takliflari bildirib o‘tdilar.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbariyati O‘zbekiston Respublikasining “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tish yuzasidan tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va har tomonlama yaqindan texnik va konsultativ ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi 2018- yilning may oyidan Xalqaro valyuta jamg‘armasining “Kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi”ga ulangan. 2019- yilda O‘zbekiston Respublikasining “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tishi yuzasidan Hukumatning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Mazkur vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorida ham belgilangan.
Uchrashuv yakunida xalqaro valyuta jamg'armasining ko'p tarmoqli statistika missiyasiga start berildi.
Aholi statistikasi va aholini ro'yxatga olish sohasida tajriba almashish
NASHR ETILGAN: 23/02/2021
Joriy yilning 22- fevral kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika instituti (TurkStat) bilan hamkorlikda aholi statistikasi va aholini ro'yxatga olish sohasida tajriba almashish borasida onlayn seminar tashkillashtirildi.
Ushbu vebinar Islomiy hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlari uchun statistik tajriba almashish bo'yicha SESRIC vebinarlari sirasiga kiradi.
Ma‘lumot uchun: xalqaro statistika hamjamiyati aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olishni 2030- yilgacha barqaror rivojlanish holatini aniqlashda zarur bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish uchun muhim manba sifatida tan oladi, ayniqsa, aholining daromadlari, jinsi, yoshi, irqi, etnik kelib chiqishi, migratsiya holati va geografik joylashuvi yoki boshqa xususiyatlari shular jumlasidandir.
Vebinar davomida ishtirokchilarga “Aholi va aholini ro'yxatga olish statistikasi –Turkiya tajribasi”, “Yashash manzillari asosida aholini ro'yxatga olish tizimi”, “2011- yilda aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish” hamda “2021- yilda aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish” kabi mavzular bo'yicha taqdimotlar taqdim etildi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan vebinarda Ro'yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'lim boshlig'i o'rinbosari Jamshid Eshniyazov ishtirok etdi.
Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 19/02/2021
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Davlat statistika qo’mitasi mutaxassislari uchun “Milliy hisoblar tizimining alohida ko‘rsatkichlari” mavzusida malaka oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining mutaxassislari hamda Osiyo taraqqiyot bankining Manila vakolatxonasi mutaxassislari: Mahintan Dzozef Mariansing, Anna Francesca V. Rosales, Julietta S. Magallanes, Klara D. Torelli, Janob Jennin G. Antonio va Sara may A. Manuel bilan milliy hisoblar tizimi statistikasi sifatini kompleks baholash va alohida ko'rsatkichlarini tayyorlash bo'yicha trening o'tkazdi.
Tadbirda, bilvosita o'lchangan moliyaviy xizmatlar, raqamli iqtisodiyot, QQS matritsasi, kuzatilmaydigan iqtisodiyot va resurslar hamda foydalanish jadvallari mavzusida taqdimotlar qilindi.
Onlayn uchrashuv yakunida, MHT-2008 standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish va 2020–2025- yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladigan tavsiyalar ishlab chiqildi.
O'zbekiston Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasiga qo'shilgan dunyoda 23 mamlakat bo'ldi
NASHR ETILGAN: 19/02/2021
O'zbekiston Xalqaro Ochiq ma'lumotlar Xartiyasiga 23 mamlakat sifatida qo'shildi va Janubiy Koreya va Filippindan keyin Osiyoda uchinchi mamlakat bo'ldi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishning muhim mexanizmlaridan biridir. 2017–2021- yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy etish davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishi sifatida belgilandi.
Mamlakatimizda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirishda belgilangan vazifalarga erishish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash xamda mamlakatimiz statistik salohiyatini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4273-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq Davlat statistika qo'mitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar to'plamlari ro'yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida tegishli axborotni o'z vaqtida aks ettirish ishlari bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas'ul etib tayinlandi. 2019- yil aprel oyida Davlat statistika qo'mitasi Markaziy apparati tarkibida ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.
Eslatib o'tamiz, Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasi (Open Data Charter) - bu 150 dan ortiq hukumat va tashkilotlarning umumiy tamoyillar asosida ma'lumotlarni ochish ustida ish olib boradi.
Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasining oltita tamoyillari 2015- yilda butun dunyo bo'ylab hukumatlar, fuqarolik jamiyati va ekspertlar tomonidan global miqyosda kelishilgan ma'lumotlarni chop etish uchun kerakli me'yorlar to'plamini taqdim etish uchun ishlab chiqilgan.:
- odatiy ravishda ochiqlik — ma'lumotlarni qonuniy talablardan kelib chiqqan holda ochiq, bepul va mashinada o‘qiladigan formatlarda e'lon qilish hamda ulardan erkin foydalanishni ta'minlash;
- o‘z vaqtida e'lon qilish va keng qamrovlilik — ochiq ma'lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, ma'lumotlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli e'lon qilish, shuningdek, ulardan foydalanish qamrovini kengaytirish;
- foydalana olish imkoniyati va qulayligi — axborotdan foydalanuvchilarning barcha toifalari uchun davlat organlarining mashinada o‘qiladigan va boshqa formatlardagi ochiq ma'lumotlaridan foydalanish uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
- taqqoslash imkoniyatining mavjudligi va o‘zaro bog‘langanlik — ochiq ma'lumotlarni izlash, taqqoslash va samarali qayta foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun ochiq ma'lumotlarni standartlashtirilgan tarkib va formatda taqdim etish hamda o‘zaro bog‘liqlik;
- samarali boshqaruv va fuqarolarni jalb etishga qaratilganlik — ochiq ma'lumotlarni e'lon qilishda hukumat va fuqarolar o‘rtasida boshqaruv va ishonchni mustahkamlashga qaratilganlik;
- har tomonlama rivojlanish va innovasiyalarga qaratilganlik — sohadagi ilg‘or xorijiy mamlakatlar bilan bilim va tajriba almashish hamda ma'lumotlarni to‘plash tartibotlari, standartlari va e'lon qilish jarayonlarining shaffofligini ta'minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish hamda ochiq ma'lumotlardan foydalanishning innovasion usullarini rag‘batlantirishga qaratilganlik.
Xalqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasiga qo'shilishdagi asosiy islohotlar dunyodagi ochiq ma'lumotlarni baholovchi barcha mavjud ko'rsatkichlar va reytinglar bo'yicha O'zbekiston Respublikasining yuqori ko'rsatkichlari bo'ldi:
- O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib org dunyodagi ochiq ma'lumotlar portallarining eng to'liq ro'yxatiga kiritilgan.
- "BMTning elektron hukumat bo'yicha sharhi 2020" ga ko'ra, O'zbekiston "Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi"da ochiq ma'lumotlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichga (Very high OGDI) ega bo'lgan 41 mamlakatdan joy oldi.
- "Open Data Inception" ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo'yicha dunyoda 6-o'rinni
- O'zbekiston ochiq ma'lumotlar reytingiga ko'ra, Open Data Inventory (ODIN) 63 ball to'plab, dunyoda 44, Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egalladi va 125 pog'onaga ko'tarildi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2020- yil 2- iyundagi "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini yaxshilash xamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish to'g'risida" gi Farmoni bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishda muhim qo'llanma bo'ldi.
Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 19/02/2021
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Davlat statistika qo’mitasi mutaxassislari uchun “Milliy hisoblar tizimining alohida ko‘rsatkichlari” mavzusida malaka oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining mutaxassislari hamda Osiyo taraqqiyot bankining Manila vakolatxonasi mutaxassislari: Mahintan Dzozef Mariansing, Anna Francesca V. Rosales, Julietta S. Magallanes, Klara D. Torelli, Janob Jennin G. Antonio va Sara may A. Manuel bilan milliy hisoblar tizimi statistikasi sifatini kompleks baholash va alohida ko'rsatkichlarini tayyorlash bo'yicha trening o'tkazdi.
Tadbirda, bilvosita o'lchangan moliyaviy xizmatlar, raqamli iqtisodiyot, QQS matritsasi, kuzatilmaydigan iqtisodiyot va resurslar hamda foydalanish jadvallari mavzusida taqdimotlar qilindi.
Onlayn uchrashuv yakunida, MHT-2008 standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish va 2020–2025- yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladigan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 28/01/2021
2021- yil 28- yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi rahbari Ron van Ruden bilan videokonferensaloqa rejimida muloqot o'tkazdi. Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad – keng qamrovli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdir. Muloqot davomida davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohaza almashildi.
Tomonlar makroiqtisodiy statistika masalalariga batafsil to'xtalib, Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli hamkorlik va texnik ko'mak masalalari xususida so‘z yuritdi.
Xalqaro ekspertlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning, jumladan, statistika organlari faoliyatining ijobiy dinamikasi haqida gapirib, O'zbekistonning “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o'tish doirasida Xalqaro valyuta jamg'armasiga katta ko'mak berayotganini qayd etdi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 26/01/2021
2021- yil 25- yanvar kuni Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Inqirozga qarshi boshqaruv” mavzusida onlayn trening o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimi Olga Zolotayeva hamda Xizmat ko'rsatish sohasi statistikasi boshqarmasidan Nigora Yakubova qatnashdi.
Treningda xalqaro ekspertlardan – Devid Savyer, Styuard Moem, Reychel Andras taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Trening ishtirokchilari favqulodda vaziyatlarda rejalashtirish va xizmatlar ko'rsatish strategiyasi bilan tanishdi. Inqiroz xarajatlarini moliyalashtirish manbalari, inqirozga qarshi boshqaruvda shikoyat va takliflarni ko'rib chiqish mexanizmi baholandi. Inqirozga qarshi boshqaruvda gender masalalarining ahamiyati ko'rib chiqildi.
Treningda xalqaro ekspertlardan – Devid Savyer, Styuard Moem, Reychel Andras taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Trening ishtirokchilari favqulodda vaziyatlarda rejalashtirish va xizmatlar ko'rsatish strategiyasi bilan tanishdi. Inqiroz xarajatlarini moliyalashtirish manbalari, inqirozga qarshi boshqaruvda shikoyat va takliflarni ko'rib chiqish mexanizmi baholandi. Inqirozga qarshi boshqaruvda gender masalalarining ahamiyati ko'rib chiqildi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 26/01/2021
2021- yilning 25- yanvar kuni Davlat statistika qo'mitasi rahbariyatining Xalqaro valyuta jamg'armasi ekspertlari missiyasi bilan texnik yordam ko'rsatish doirasida fiskal qoidalarni budjet jarayoniga integratsiyalash masalalari bo'yicha videokonferensaloqa rejimida uchrashuv bo'lib o‘tdi.
Unda Davlat statistika qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Dilshod Xolmurodov Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi ekspertlari bilan suhbatlashdi.
Tomonlar kun tartibi bo‘yicha makroiqtisodiy statistika tarkibi sifatini muhokama qildi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usuli va yashirin iqtisodiyotni baholash usullari haqida fikr almashdi.
Davlat statistika qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini takomillashtirish va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, 2020–2025- yillarda statistikani rivojlantirish milliy strategiyasi Yo'l xaritasi haqida ma’lumot berildi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi Davlat statistika qo'mitasining sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va davlatning iqtisodiy siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda statistikaning muhim roli borligini alohida ta'kidladi.
Konferensiya yakunida tomonlar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo'yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Jurnalistikada ma'lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish
NASHR ETILGAN: 22/01/2021
Joriy yilning 21- yanvar kuni BMTning Xalqaro ma’lumotlar forumi doirasida “Jurnalistikada ma'lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida vebinar tashkil qilindi.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad – jurnalistika faoliyatida ma’lumotlardan samarali foydalanish, yangilik yaratishda zamonaviy AKTlardan unumli foydalanish, ma’lumotlarni yetkazib berishda soddalik, ochiqlik, tushunarlilik tamoyillariga tayanish hamda turli sohalardagi jurnalistlar faoliyati bo’yicha tarjiba almashishga qaratildi.
Vebinarda turli sohalarda faoliyat olib boruvchi 270 dan ortiq jurnalistlar va ma’lumotlar bilan ishlovchi tashkilotlar vakillari onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Tadbirda Devex xalqaro media-platformasi redaktori o’rinbosari Jessika Abrahams, Janubiy Afrika statistika boshqarmasi direktori o’rinbosari Eshvel Jenneker, Arizona Universiteti Jurnalistika maktabi jurnalisti Sara Koen, Jahon resurslari instituti direktori Andres Pedersen jurnalistika sohasida ma'lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish borasida taqdimotlar qilishdi.
Davlat statistika qo’mitasidan mazkur tadbirda Axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov va xizmat xodimlari qatnashdi.
“Innovatsiyalar statistikasi” bo’yicha tajriba amashildi
NASHR ETILGAN: 21/01/2021
Joriy yilning 21- yanvar kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika xizmati (TurkStat) bilan hamkorlikda “Innovatsiyalar statistikasi” bo’yicha tajriba almashish borasida onlayn seminar tashkillashtirildi.
Tadbir statistika va axborot departamenti direktori doktor Atilla Karaman va Turkiya statistika xizmati vakili Guxan Elyildurum kirish so’zlari bilan ochildi.
Davlat statistika qo’mitasi tomonidan onlayn uchrashuvda markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu veb-seminar tadqiqotlari bilan bog’liq tushunchalar va ta’riflar, metodologik asos, tasniflash, qamrov va statistik birliklar, axborot yig’ish, o’lchash va tahlil qilish hamda tarqatish kabi mavzularni qamrab oldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar innovatsiyalar statistikasi bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Seminar yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
“Turizm statistikasi bo'yicha onlayn trening
NASHR ETILGAN: 18/01/2021
Joriy yilning 18-21- yanvar kunlari Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC) tomonidan statistika salohiyatini oshirish dasturi (StatCaB) doirasida tadbir o‘tkaziladi. Unda Saudiya Arabistoni bosh statistika boshqarmasi uchun turizm statistikasi bo'yicha onlayn trening tashkil etiladi.
Ushbu tadbirda Iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'limi direktori yordamchisi Malaty Ponnusami, Malayziya statistika departamenti direktori yordamchisi Azrulnizam Zul hamda Saudiya Arabistoni bosh statistika boshqarmasi vakillari mavzu yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.
Onlayn trening davomida sayyohlik ko'rsatkichlariga kirish, turizm ma'lumot manbalari, tadqiqot metodologiyasi, turizmning yordamchi hisoblari kabi mavzular bo‘yicha fikr-mulohazalar almashinadi.
Davlat statistika qo'mitasi vakillar ham mazkur treningni YouTube platformasi orqali onlayn tarzda kuzatib borishdi. Unda qo‘mitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig'i Botir Irgashev, Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig‘i Xayrulla Hasanov hamda Joriy hisoblar bo'limi bosh mutaxassisi Hilola Yakubova ishtirok etmoqda.
“Malayziya statistika departamenti bilan iqtisodiyot statistikasi bo‘yicha tajriba almashiladi
NASHR ETILGAN: 12/01/2021
Joriy yilning 12- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari Malayziya statistika departamenti tomonidan statistik biznes registrlarni yuritish bo‘yicha tashkil etilgan virtual ta’lim mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – ikki davlat statistika idoralari o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini yanada mustahkamlash hamda statistik biznes registrlarni yuritish bo‘yicha o‘quv-kurslarini o‘tkazishdan iborat.
Mazkur onlayn tashkil etilgan o‘quv-kurslari joriy yilning 14- yanvar kuniga qadar davom etadi. O‘quv-kurslarda iqtisodiyotni ro‘yxatga olish, ishlab chiqaruvchi sanoatning oylik kuzatuvi mavzularida Malayziya tajribasi o‘rganiladi.
Qo’mita xodimlari iqlim o'zgarishi ko’rsatkichlarini tuzish bo’yicha o’quv kursida qatnashishmoqda
NASHR ETILGAN: 06/01/2021
Joriy yilning 6- yanvardan 12- fevralgacha Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun statistika instituti tomonidan “Iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarini tuzish va hisoblash” mavzusida onlayn o‘quv kursi o'tkaziladi.
Ushbu o‘quv kursda iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarni tuzish bilan bog'liq masalalar haqida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari mazkur kurslar iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlari va siyosati, atmosferaga chiqarilayotgan chidindilar hisobi hamda ma'lumotlar manbalari kabi mavzularni ham qamrab oladi. O‘quv kurslari doirasida vebinarlar, mavzular yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tadi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig'i o'rinbosari Abdujalil Qodirov, Qishloq xo`jaligida tarkibiy o`zgarishlar bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi bosh mutaxassisi Azima G'afurova, Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi bosh mutaxassisi Nigora Dehqonova, shuningdek, Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblari bo’lim boshlig’i Elyor Babaxanov onlayn tarzda ishtirok etishmoqda.
O‘quv kurslari yakunida, kurs davomida taqdim etiladigan va muhokama qilinadigan iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarini tuzishdan manfaatdor mamlakatlarga amaliy yordam ko'rsatish ko’zda tutilgan.
“Barqaror rivojlanish maqsadalari ko‘rcatkichlari – 3” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 30/12/2020
2020- yilning 28–30- dekabr kunlari Pokiston statistika byurosi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadalari ko‘rcatkichlari – 3” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Taʼlim, sog‘liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Shayxali Abduraxmanov ham ishtirok etdi.
Mazkur seminarda Pokiston statistika byurosi, Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC), Gambiya statistika byurosi vakillari mavzu oid taqdimotlarini namoyish qildi. Tinglovchilar mazkur taqdimotlar yuzasidan fikr-mulohaza almashib, o‘z malaka va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadalari ko‘rsatkichlari bo'yicha kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib oldilar.
“Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 22/12/2020
Joriy yil 21–22- dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi tomonidan MDH mintaqasidagi valyutalarning xarid qobiliyati pariteti asosida “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021”ga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mamirov hamda boshqa xodimlar qatnashdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – MDH mintaqasida valyutalarning xarid qobiliyati pariteti asosida xalqaro taqqoslashlar dasturi doirasida uy xo‘jaliklari tomonidan sotib olingan iste'mol tovarlar va xizmatlari ro‘yxatini yangilashdan iborat.
Uchrashuvni MDH statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Kosarev xalqaro taqqoslash dasturlarining statistikasini rivojlantirishdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan ochib berdi.
Yig'ilishda MDH statistika qo‘mitasi mutaxassislari “Oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki”, “Shaxsiy foydalanish uchun tovarlar”, “Uy uchun tovarlar”, “Xizmatlar” guruhlariga kiruvchi iste'mol tovarlari bo‘yicha taqdimot qilishdi. Taqdimotlarda xalqaro taqqoslash dasturlari uchun yangi mahsulot va xizmatlarning paydo bo‘lishi bilan bog'liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Korrupsiyaning oldini olishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati
NASHR ETILGAN: 21/12/2020
2020- yilning 18- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasi ekspertlari tomonidan videokonferensiya formatida “Korrupsiyaning oldini olishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” mavzusida onlayn-seminar tashkil etildi.
Seminar mamlakatimizda davlat organlarining ochiqligini oshirish va korrupsiyaning oldini olish maqsadida ochiq ma'lumotlar ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlandi.
Seminarda mamlakatimizdagi vazirlik va idoralarning 70 nafardan ortiq xodimi ishitrok etdi.
Tadbirda ochiq ma'lumotlar asoslari, Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasi tamoyillari, ma'lumotlar to‘plamlari va xalqaro ma'lumotlar standartlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati muhokama qilindi.
MDH statistika idorlari rahbarlari kengashining 61-yig'ilishi o‘z ishini boshladi
NASHR ETILGAN: 18/12/2020
Joriy yilning 18- dekabr kuni videokonferensaloqa tarzida MDH statistika idoralari rahbarlari kengashining 61- yig'ilishi o‘z ishini boshladi.
Ma'lumot uchun: Mazkur MDH statistika idoralari rahbarlari kengashi statistika sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi. Statistika masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning eng muhim masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. MDH statistika qo‘mitasining ish rejasini tasdiqlaydi, statistik metodologiya masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli komissiyalar tuzadi, ular to‘g'risidagi normativ-huquqiy hujjat va nizomlarni tasdiqlab, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 2018- yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi MDH statistika qo‘mitasining to‘laqonli a’zosi bo‘lgan. Shundan buyon Davlat statistika qo‘mitasi MDH statistika idorlari rahbarlari kengashida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Joriy yiligi yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iz, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi statistika idoralari rahbarlari kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi.
Jumladan, MDHda aholi sonini ro‘yxatga olish va o‘tkazish, MDHdagi valyutalarning xarid qobiliyati pariteti asosida xalqaro taqqoslashlar dasturi: 2017- yil MDHning Xalqaro taqqoshlash dasturlari natijalari va 2021- yilda dasturni amalga oshirish, pandemiya davrida MDHning statistik idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqa qator yo‘nalishlarda fikr-mulohaza almashildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ishtirok etib, O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olish uchun faol tayyorgarlik ko'rilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Bahodir Abdusalomovich so'nggi 30 yil ichida birinchi marta aholini ro’yxatga olish tadbirlari tashkillashtirilayotgani hamda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qaroriga muvofiq aholini ro'yxatga olish tadbirlari 2023- yilda amalga oshirilishini ta’kidlab o’tdi hamda uchrashuv qatnashchilariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Rahbarlar Kengashi yig'ilishining natijalariga ko‘ra, MDH statistika xizmatlarining pandemiya davrida faoliyatini belgilovchi asosiy qarorlar, 2021- yil uchun MDH statistika qo‘mitasining ishchi dasturi, 2021- yilda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro taqqoslash dasturini o‘tkazish rejalari, aholini ro‘yxatga olishning 2020-raundida MDH davlatlarida aholini ro‘yxatga olish tabirlariga tayyorgarlik ko‘rish rejalari tasdiqlanadi.
Malayziyaning statistika faoliyatini tashkil etish yuzasidan xalqaro e'tirof etilgan ilg‘or modellarni joriy etish bo‘yicha tajribasi o‘rganilmoqda
NASHR ETILGAN: 18/12/2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son ijrosini ta'minlash borasida Davlat statistika qo‘mitasi boshqa davlatlar statistika idoralari bilan statistika sohasida ilg‘or tajribalarni almashish masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda.
Bunga misol tariqasida Malayziya statistika Departamentini keltirib o‘tish mumkin. Xususan, 2020- yil 16-17- dekabr kunlari videokonferensaloqa orqali Malayziya statistika departamentiga virtual o‘quv tashrifi tashkil etildi. Unda statistik faoliyatni samarali tashkil etish va xalqaro darajada e'tirof etilgan zamonaviy modellarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha dolzarb mavzular muhokama qilindi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi diplomatik vakolatxonasi ko‘magida tashkil etildi.
Tadbir davomida Malayziya statistika departamentining tajribasi o‘rganildi va quyidagi mavzudagi taqdimotlar o‘tkazildi:
1. GSBPM va GSIMni amalga oshirishda Malayziyaning tajribasi;
Ma'lumot uchun: GSBPM – statistik ma'lumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy modeli. Model rasmiy statistikani ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan biznes-jarayonlarni kompleks tavsiflaydi va belgilaydi. Statistik tashkilotlarga statistik ishlab chiqarish jarayonlarini, almashinuv usullari va tarkibiy qismlarini modernizatsiya qilishga yordam beradigan standartlar, asoslar va terminologiyani taqdim yetadi. 2008- yilda BMT yeIK tomonidan yevrostat va IHTT bilan hamkorlikda Yangi Zelandiya tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Model takomillashtirilgan va so‘nggi 5-son versiyasi 2019- yil 1 yanvarda kuchga kirgan. GSIM – statistik ma'lumotlarni taqdim etishning umumiy modeli. Nevshatel terminologiyalar modeli asosida ishlab chiqilgan. Maqsad: Statistik klassifikatsiyalarni va ular o‘rtasidagi aloqalarni anglash/qabul qilish uchun umumiy tilda gaplashishga erishish. Terminlogik va konseptual model hisoblanib, metama'lumotlarni tuzish va statistik klassifikatsiyalarni boshqarishning asoslarini yaratib beradi. 1999- yilda BMT yeIK tomonidan Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Shveytsariya statistika idoralari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Model takomillashtirilgan va 2016- yil 14- dekabrda 2-takomillashtirilgan versiyasi kuchga kirgan.
2. NQAFni joriy etish;
Ma'lumot uchun: NQAF - Sifatni ta'minlash bo‘yicha milliy qo‘llanma. Qo‘llanma turli xil sharoitlarda va vaziyatlarda sifatni ta'minlaydigan milliy sifat kafolati tizimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur ko‘rsatmalarni beradi va shu bilan mamlakatlar statistikasini doimiy o‘zgaruvchan muhitda ishonchli ma'lumot manbai sifatida yaratilishida yordam beradi. Yo‘riqnomaning eng so‘nggi versiyasi 2019- yil mart oyida BMT Statistika komissiyasi tomonidan qabul qilingan (5-sessiya, 50/106 qaror).
3. GSBPM: iqtisodiyot sektori, uy xo‘jaliklari, shuningdek, ishchi kuchi kuzatuvlarida qo‘llash bo‘yicha ajoyib tajriba.
Ma'lumot uchun: Malayziya statistika departamenti vakillari o‘zlarining taqdimotlarida tadbir ishtirokchilarini GSBPM talablarini kuzatuv jarayonlariga, masalan, iqtisodiyot sektori, uy xo‘jaliklari va ishchi kuchi kuzatuvlarida qo‘llash amaliyoti bilan tanishtirdilar. Har bir kuzatuv misolida GSBPM tarkibiy qismlari va subkomponentlariga muvofiqlikning barcha bosqichlari ochib berildi.
Tadbir yakunida tomonlar dolzarb mavzularda, xususan, ishlab chiqarish jarayonlarida AKTning ilg‘or imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ro‘yxatga olish tadbirlarini samarali tashkil yetish, tarmoq statistikasini takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlarda bu kabi tadbirlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Korxonalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o’rganish
NASHR ETILGAN: 17/12/2020
Joriy yilning 17- dekabr kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) korxonalarda AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha seminar tashkillashtirildi.
Tadbirni SESRICning statistika va axborot departamenti direktori doktor Atilla Karaman kirish so’zi bilan ochib berdi.
Davlat statistika qo’mitasi tomonidan onlayn uchrashuvda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig’i Shohruh Odilov, Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari indikatorlari va yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig'i Abdug‘ofir Mirzaxidov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo`limi bosh mutaxassisi Fazliddin Berdiyorov hamda Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi Tadbirkorlik faoliyatining tanlanma kuzatuvlarini tashkil etish bo`limi bosh mutaxassisi Raximjon Rasulov ishtirok etdi.
Ushbu veb-seminar AKT yordamida korxonalarda kuzatuvlarni olib borish bilan bog’liq tushunchalar va ta’riflar, metodologik asos, tasniflash, qamrov va statistik birliklar, axborot yig’ish, o’lchash va tahlil qilish va tarqatish kabi mavzularni qamrab oldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar korxonalarda AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Seminar yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Multiindikator klaster kuzatuvlari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom etmoqda
NASHR ETILGAN: 14/12/2020
Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda xalqaro ekspertlar bilan yaqin hamkorlikda kuzatuvlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.
Kuzatuvlarni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan savolnomalarni CAPI dasturidan foydalangan holda sinovdan o‘tkazish maqsadida joriy yilning 14- dekabridan 26-dekabriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar uchun o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
O‘quv-mashg‘ulotlar yakunida Toshkent shahri Olmazor tumanida, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida hamda Yangiyo‘l shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani va Nukus tumanidan tanlab olingan mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xonadonlarda savolnomalarni CAPI dasturidan foydalangan holda sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qo’mita xodimlari BAA tomonidan tashkillashtirilgan onlayn treninglarda ishtirok etmoqda
NASHR ETILGAN: 11/12/2020
Joriy yilning 10- dekabr kuni Davlat statistika qo’mitasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkillashtirilgan davlat boshqaruvi sohasiga doir dolzarb mavzularga bag’ishlangan onlayn treninglarda qatnashdi.
Maxsus va umumiy yo’nalishlarda tashkillashtirilayotgan mazkur treninglar vazirlik va idoralar xodimlarining boshqaruv yo’nalishi bo’yicha malakasini oshirishga qaratilgan bo’lib, pandemiya sharoitini inobatga olgan holda onlayn tashkil qilinmoqda.
Тreninglarda Statistika hisobotlarni raqamlashtirish va vazifalarni dasturlashtirish bo'limi boshlig’i Zaytsev Chingiz va Ro'yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'limi boshlig’i o’rinbosari Jamshid Eshniyazov qatnashmoqda.
Uy xo’jaliklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o’rganish
NASHR ETILGAN: 10/12/2020
Joriy yilning 10- dekabr kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika xizmati (TurkStat) bilan hamkorlikda uy xo’jaliklarida AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha seminar tashkillashtirildi.
Tadbir statistika va axborot departamenti direktori doktor Atilla Karaman va Turkiya statistika xizmati vakili Bilol Qurbonning kirish so’zlari bilan ochildi.
Davlat statistika qo’mitasi tomonidan onlayn uchrashuvda Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umid Madaminov hamda Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo’limi boshlig’i Shaxboz Samadov ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uy xo’jaliklarida AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.
Seminar yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
KOSTAT vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi
NASHR ETILGAN: 24/11/2020
Joriy yilning 24- noyabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti Komissiоneri janob Shin-Wook Kang boshchiligidagi KOSTAT vakillari bilan onlayn tarzda uchrashuvi tashkil etildi.Ma’lumot uchun: mazkur uchrashuv Davlat statistika qo`mitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) o`rtasida 2011- yil 24- avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik to`g`risidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etilmoqda.Har yili tashkil etilayotgan ushbu uchrashuv joriy yilda pandemiya sababli videokonferensaloqa tarzida tashkil qilinmoqda. Tadbirda aholini ro'yxatga olish amaliyotini o'rganish va tajriba almashish, Koreya milliy statistikasini rivojlantirishning strategik rejasi, shu jumladan, sanoat statistikasi sohasidagi bir qator masalalar muhokama qilindi.Jumladan, Sanoat statistikasi boshqarmasi Sanoat bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni va sanoatni rivojlantirish dasturlarining indikatorlarini shakllantirish bo`limi boshlig’i Avakova Anjela Georgiyevnaning “Sanoat statistikasi (Davstatqo’m tajribasi)” mavzusidagi taqdimoti tinglandi.Shuningdek, KOSTAT vakillari Misuk Yang va Xyokbin Kvon tomonidan “Koreya biznes statistika tizimi (sanoat statistikasi)” hamda “Sanoat ishlab chiqarish indeksi (KOSTAT tajribasi)” mavzularida ham taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.Tadbir so‘ngida tomonlar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. KOSTAT bilan onlayn tarzda tashkil etilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
Rasmiy statistikani modernizatsiya qilish bo'yicha onlayn seminar tashkil qilindi
NASHR ETILGAN: 20/11/2020
Joriy yilning 18-19- noyabr kunlari Yevropa statistiklari konferentsiyasi byurosi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamkorligida rasmiy statistikani modernizatsiya qilish bo'yicha ishchi guruhining onlayn seminari tashkil etildi.Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad – rasmiy statistikani modernizatsiya qilishning strategik yondashuvlari hamda faol xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, tadbirda joriy yilda erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va 2021- yil uchun xalqaro hamkorlikning asosiy ustuvor yo'nalishlarini belgilash bo’yicha takliflar ko’rib chiqildi.Davlat statistika qo'mitasidan onlayn uchrashuvda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig'i D. Zokirov hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig'i O. Mamadaliyev ishtirok etdi.Uchrashuv davomida rasmiy statistikani modernizatsiya qilish bo'yicha ishchi guruhining amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarni muhokama qilishdi.Onlayn uchrashuv yakunida ekspertlar tomonidan sohaga doir bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika boʻyicha vebinar tashkil qilindi
NASHR ETILGAN: 19/11/2020
2020- yilning 18- noyabr kuni Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika boʻyicha onlayn seminar boʻlib oʻtdi.Mazkur vebinarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Kadirov Abdujalil hamda bosh mutaxassisi Dexkanova Nigora, shuningdek, Sanoat statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Raisova Kseniya ishtirok etishdi.Ushbu tadbirda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika idoralari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tashkilotlaridan vakillar, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMTning Rivojlanish boʻyicha dasturi, Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ekspertlari ishtirok etishdi.Vebinardan ko’zlangan maqsad – ishtirokchi davlatlarda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika va koʻrsatkichlarni joriy etish boʻyicha imkoniyatni oshirish, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika va koʻrsatkichlarni ishlab chiqish va foydalanish bo’yicha ishtirokchilarning salohiyatini oshirish, ushbu sohada tajriba almashishga qaratilgan.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida demografik barqarorlik va barqaror rivojlanish
NASHR ETILGAN: 19/11/2020
Joriy yilning 18- noyabr kuni Bolgariya hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) hamkorligida “Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida demografik barqarorlik va barqaror rivojlanish” mavzusida onlayn brifing bo'lib o'tdi.Tadbirda Bolgariyaning BMTdagi doimiy vakili, favqulotda muxtor elchi Georgiy Panayotov, UNFPAning ijrochi direktori o’rinbosari Diane Keyta, YUNFPAning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy direktori Alanna Armitaj so’zga chiqdi. Tadbirda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsidan Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich ishtirok etdi.Tadbirdan ko'zlangan maqsad aholining turli guruhlari dinamikasiga javob berish usullari bo'yicha demografik xilma - xillik tajribasini o’rtoqlashish, shuningdek, UNFPA Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi demografik barqarorlik dasturini namoyish etish va kelgusida amalga oshirishni rag’batlantirishdan iborat.Tadbirda ishtirokchilar 2030- yilgacha bo'lgan davrda demografik barqaror rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga ta'sir qiluvchi turli demografik tendentsiyalar va siljishlar bo'yicha taqdimot qilishdi. So'zga chiqqanlar aholining zaif qatlamlariga manzilli yordam ko'rsatish uchun aholi haqidagi statistik ma'lumotlarning muhimligini ta'kidlashdi.Maxmudjon Ziyadullayev o'z nutqida 2023- yilda aholini ro'yxatga olish bo'yicha chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishi, xususan, mamlakatimizda karantin tadbirlari vaqtida Davlat statistika qo'mitasi tomonidan aholini ro'yxatga olish borasida qo'mitaning rasmiy veb-saytlarida va ommaviy axborot vositalarida ma’lumotlarni joylashtirish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish haqida batafsil ma'lumot berdi.
Ma'lumot uchun: ushbu tadbir 2019- yilda o'tkazilgan МКНР25 bo'yicha Nayrobida bo'lib o'tgan sammitga bag'ishlangan bo’lib, mintaqada barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda demografik tendensiyalarni qayd etish, sammitda olingan majburiyatlarni bajarishda hukumatlarning yutuqlarini aks ettirish, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi sharoitida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish tajribasi bilan o’rtoqlashish imkonini beradi.
Jahon banki ekspertlari bilan fikr-mulohaza almashildi
NASHR ETILGAN: 13/11/2020
Joriy yil 13- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasi hamda Jahon banki ekspertlari ishtirokida vebinar o‘tkazildi.Tadbirda Davlat statistika qo'mitasi vakillari va Jahon banki ekspertlari siyosiy va institutsional harakatlarni ko'rib chiqish, O'zbekistonda yashil o'sish yo'nalishida yagona maqsadli, sektor uchun dairesel iqtisodiyotning (CEAO) harakat ko‘rinishini tavsiya etish, xususan, pandemiya davrida ekologik tiklanishni qo'llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdi.Aytish lozimki, 2020- yil mart oyida Jahon banki Qozog'iston, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarda aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishga ko'maklashish maqsadida Koreya yashil o'sish trast fondi (KGGTF) tomonidan moliyalashtiriladigan texnik yordam ko'rsatish faoliyatini boshladi. Ushbu faoliyat Jahon bankining iqlim va atrof-muhit bo'yicha Markaziy Osiyo (CLIENT) dasturi doirasida amalga oshiriladi.Texnik yordam ko'rsatish faoliyati iqlim o'zgarishi va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.Ishtirokchilar KGGTF tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan texnik yordam ko'rsatish faoliyati davlatlar o‘rtasida maqsadli loyihalarni amalga oshirish, xodimlar salohiyatini oshirish va axborot almashish sohasida hamkorlik qilish alohida ta’kidladi.Vebinarda kelgisida ham hamkorlikda maqsadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 13/11/2020
2020- yilning 13- noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasida Xalqaro valyuta jamg'armasining texnik ko‘mak missiyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.Tadbir Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlarini tarqatishning ijtimoiy standarti tavsiyalariga muvofiq, tashqi qarz va zaxira aktivlari ko'rsatkichlarini tuzish maqsadida tashkil etildi.Uchrashuvda Xalqaro valyuta jamg'armasining texnik ko‘mak missiyasi vakili Vaxtang Pxakadze hamda Davlat statistika qo’mitasi bo'lim boshliqlari Javlon Saipov va Bahodir Jabbarov o‘zaro fikr almashdi.Qatnashchilar tadbir davomida xorijiy investitsiyalar kuzatuvini muvofiqlashtirish masalasida o'z tavsiyalarini bildirdi. Xorijiy investitsiyalar kuzatuvini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.Tadbir so’nggida ishtirokchilar statistika sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida kelishib oldilar.
“BRM ko'rsatkichlarini to'plash va tarqatishda O’zbekiston tajribasi” mavzusida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi
NASHR ETILGAN: 12/11/2020
Joriy yilning 12- noyabr kuni Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC) bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hamkorligida “BRM ko'rsatkichlarini to'plash va tarqatishda O’zbekiston tajribasi” mavzusiga bag’ishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuvni Davlat statistika qo’mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich va Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC) general direktori Nebil Dabur ochib berishdi.Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – BRM ko'rsatkichlariga oid rasmiy statistikani rivojlantirish, BRM ko'rsatkichlarini to'plash va tarqatishda O’zbekiston tajribasi tahlil qilish, ma’lumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, tarqatish va tahlil qilish hamda statistika sohasida o’zaro tajriba almashishdan iborat.Tadbirda Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig’i Jaxongir Qambarov “BRM indikatorlarini tarqatish bo'yicha Davlat statistika qo'mitasining tajribasi” va bo'lim boshlig'i o’rinbosari Olga Aleshulina “Davlat statistika qo'mitasining BRM ko'rsatkichlarini to'plash va taqqoslash bo'yicha tajribasi” mavzularida ma’ruza qilishdi.Shuningdek, uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring va hisobot masalalarini ko‘rib chiqish, rasmiy statistikada noan’anaviy ma’lumot manbalarini qo‘llash va boshqa bir qator masalalar ko’rib chiqildi.
Ma'lumot uchun: SESRIC – Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash markazi bo'lib, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) statistika komissiyasining byurosi va Ijroiya organi hisoblanadi.
COVID-19ning O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari muhokama qilindi
NASHR ETILGAN: 11/11/2020
2020- yil 11- noyabr kuni Taraqqiyot strategiyasi markazida Jahon banki bilan hamkorlikda “O’zbekiston fuqarolarini tinglab” va “COVID-19ning O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari” mavzusiga doir so’rovnomalar natijalariga bag’ishlangan vebinar tashkil qilindi.Vebinarda Taraqqiyot strategiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Jahon banki hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi vakillari ishtirok etdi.Onlayn tashkil qilingan ushbu uchrashuvda Covid-19ning kichik va o’rta biznesga ta’siri, kambag’allikni qisqartirish, pandemiya sharoitida mahalla raislari orasida o’tkazilgan so’rovnomalarning natijlari hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.Vebinarda Davlat statistika qo’mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Zoyir Yuldoshev, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umid Madaminov hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Jahongir Qambarov ishtirok etishdi.Jahon banki hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi vakillari tadbir so’nggida mahalla raislar va biznes vakillari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar natijalari hamda mazkur uchrashuvdan olingan takliflardan kelib chiqib, pandemiya oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’kidladi.
YeXHTning byudjetdan tashqari loyihasi doirasida vebinar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 11/11/2020
Joriy yilning 10- noyabr kuni YeXHT Iqtisodiy va ekologik faoliyat koordinatori byurosi tashabbusi bilan "Ochiq ma'lumotlar va yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali YeXHT mintaqasida korrupsiyaga qarshi kurashni to'g'ri boshqarish va kuchaytirishga ko'maklashish" byudjetdan tashqari loyihasi doirasida vebinar tashkil etildi.Tadbir "Ma'lumotlarni monitoring va tahlil qilish hamda ulardan foydalanishda shaffoflikni oshirish" mavzusida o'tkazildi.Vebinarda Sharqiy, Janubiy-Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.Qatnashchilar ochiq ma'lumotlarning roli, fuqarolar va jamiyatning ehtiyojlariga asoslangan faktlar asosida qaror qabul qilish imkoniyatlari masalasida mulohaza yuritdi.Shuningdek, vebinar davomida tarmoq, milliy yoki mahalliy boshqaruv islohotlariga ta'sir ko'rsatish va monitoring qilish uchun ochiq ma'lumotlarning qanday qo'llanilishi yuzasidan fikr almashildi.Ishtirokchilar ochiq ma'lumotlarni monitoring qilish, tahlil qilish va ulardan foydalanishning samarali usullari, shuningdek, Markaziy Osiyo, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlariga potentsial ta'sir ko'rsatish haqida so'z yuritdi.Onlayn seminarda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi faoliyatining natijalari sarhisob qilindi
NASHR ETILGAN: 09/11/2020
2020- yil 6- noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasida Xalqaro valyuta jamg'armasining statistika boshqarmasi real sektor bo'limi katta iqtisodchisi Brayan Graf boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg'armasining ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslari statistikasi bo'yicha masofaviy texnik yordam missiyasi bilan yakuniy yig'ilishi onlayn tarzda bo'lib o'tdi.Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Xolmurodov Dilshod Ibragimovich olib bordi. Shuningdek, uchrashuvda narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig'i Muxtor Umarov va ushbu bo'limning mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.Tomonlar missiya davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida fikr almashdilar. O’z navbatida Brayan Graf missiya ishlarni sarhisob qilib, iste'mol narxlari indeksini tuzish bo'yicha o'z tavsiyalarini bildirdi.Tadbir so’nggida har ikki tomon vakillari narxlar statistikasini takomillashtirish bo'yicha kelgusidagi hamkorlikni yana davom ettirishga kelishib oldilar.
Atrof-muhit statistikasi va ko`rsatkichlari bo`yicha tadbir o`tkazildi
NASHR ETILGAN: 29/10/2020
2020- yil 26- 27- oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Atrof-muhit statistikasi va ko'rsatkichlari bo'yicha qo‘shma ishchi guruhning 17- sessiyasi va Atrof-muhitni monitoring qilish hamda baholash bo‘yicha ishchi guruhininig 22- sessiyasi tashkil qilindi. Onlayn ravishda tashkil etilgan ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.G‘ulomov hamda bosh mutaxassis A.Gafurova qatnashdi. Sessiyalarda Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Moldova, Tojikiston, Ukraina, Shimoliy Makedoniya hamda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE)ga a’zo boshqa davlatlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, mazkur onlayn tadbirni xorijlik atrof-muhit bo‘yicha yetakchi mutaxassislar, statistika idoralari vakillari, atrof-muhit masalalari bilan shug‘ullanuvchi ekspertlar kuzatib borishdi. 17- sessiyada "Janubiy–Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarida 2030- yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni qo‘llab-quvvatlash uchun atrof-muhit monitoringi va baholashni takomillashtirish" loyihasi doirasidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Mavjud imkoniyatlarni mustahkamlash bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Sessiya davomida ekologik ko‘rsatkichlarni qo‘llash bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan qo‘llanmalar muhokama qilinib, ayrim ko‘rsatkichlarni, masalan, iqlim o‘zgarishi va boshqa ko‘rsatkichlarni almashtirish yoki qo‘shimcha kiritish zaruriyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. 22- sessiyada mavjud ekologik ko'rsatkichlar va ularning onlayn rejimida mavjudligi muhokama etildi. Atrof-muhit monitoringi va baholash bo'yicha ishchi guruhining ish faoliyati taqdimot qilindi. Ekologik axborot umumiy tizimining sharqiy mintaqadagi tamoyili va amaliyoti hamda Ishchi guruh tomonidan 2021- yilda o'tkaziladigan tadbirlar jadvali ko'rib chiqildi.
Narxlar statistikasi bo`yicha vebinar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 27/10/2020
Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Narxlar statistikasi boshqarmasiga texnik ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan o‘n kunlik vebinarning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamenti bosh iqtisodchisi Brayan Graf ham ishtirok etdi. Vebinar davomida ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasining hisob-kitoblari va indekslarning shakllanish jarayonlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar narxlari indeksi yuzasidan fikr-mulohazalar bildiridi. Shu yil 6- noyabrga qadar davom etadigan mazkur vebinarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashib, kelgusida narxlar statistikasi bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Vebinar samimiy va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.
BMTning 75 yilligini nishonlash yuzasidan onlayn muloqot o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 23/10/2020
2020- yilning 23- oktabr kuni BMTning 75 yilligini nishonlash va global kompaniyaning natijalarini taqdim etishga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi. Xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov va boshqalar ishtirok etishdi. Mazkur onlayn muloqotni Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham kuzatib bordi. Ta'kidlash lozimki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz BMT bilan yaqindan va uzviy hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Bu borada oliy darajadagi muloqotlar muntazam o‘tkazilib, BMTning turli maydonlarida mamlakatimiz tomonidan ilg‘or tashabbuslar ilgari surilmoqda. 2020- yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilganining 75 yilligini nishonlash maqsadida, shu yilning yanvar oyida tashkilot bosh kotibi tomonidan “BMT 75” global kompaniyasiga start berildi. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi – a'zo mamlakatlar bilan birgalikda dunyoning rivojlanishini jadallashtirish va global muammolarga yechim topish, shu jumladan, koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish, istiqbolli kelajakni qurish uchun global hamkorlik rolini o‘rganishdan iborat. Tadbirda “Inson” videoroligi taqdimoti o‘tkazildi. Ishtirokchilar “BMT 75” global kompaniya doirasida davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari, NNT bilan o‘zaro hamkorlik masalalarida fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, “BMT 75” global kompaniyasining ilk natijalari taqdimoti namoyish etildi.
Energetika statistikasini takomillashtirilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 22/10/2020
Joriy yilning 22- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “2020- 2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida Xalqaro energiya agentligi vakillari bilan videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari, Xalqaro energiya agentligidan Markus Fager-Pintilla, Antonio Carvalho, Celine Rouquette hamda agentlikning yurtimizdagi vakili Tolib Sultonov ishtirok etdi. Ushbu tadbirda energetika sohasidagi statistikani xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va uy xo‘jaliklari tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish holatini aniqlash, zarur bo‘lgan yuqori sifatli yoqilg‘i-energetika balansini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Abdullayev so‘z yuritdi. Shuningdek, Sanoat bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni va sanoatni rivojlantirish dasturlarining indikatorlarini shakllantirish bo`limi boshlig‘i A. Avakova mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Tadbir yakunida, ekspertlar energetika statistikasi bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarini tahlil qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan kelishib oldi.
Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida gender statistikasi masalasi muhokama qilindi
NASHR ETILGAN: 13/10/2020
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi gender statistikasi bo‘yicha tajriba almashish va sohada ilg‘or xalqaro uslublarni ommalashtirish bo‘yicha turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etib keladi.
Shu yil 12- oktabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan navbatdagi yig‘ilish videokonferensaloqa rejimida bo‘lib o‘tdi. 14- oktabrga qadar davom etadigan ushbu tadbirda mutaxassislar Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari milliy statistika idoralari hamda xalqaro tashkilotlarda gender statistikasini baholash masalalari, shuningdek, pandemiya davrida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishadi.
Ushbu tadbirlarda Davlat statistika qo‘mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev ishtirok etmoqda.
Tadbir yakunida, ekspertlar gender statistikasi bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi guruhlari tomonidan gender statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan uslubiy ishlarini tahlil qiladi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, inqirozga qarshi ko’riladigan choralar muhokama qilinadi.
Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo'yicha vebinar tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 12/10/2020
Joriy yilning 12- oktabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti va Koreya statistika boshqarmasi hamkorligida Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo'yicha vebinar tashkil etildi.
Mazkur seminar videokonferentsaloqa tarzida joriy yilning 15- oktabriga qadar davom etadi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ishtirok etmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan mazkur vebinar joriy yilning 15- oktabriga qadar davom etadi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ishtirok etmoqda.
Tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti va Koreya statistika boshqarmasi xodimlaridan tashqari Avstraliya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Butan, Gruziya, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iz, Mongoliya, Nepal, Yangi Zelandiya, Tojikiston, Pokiston, Papua - Yangi Gvineya, Koreya, Samoa, Turkmaniston, Turkiya, Fidji, Shri-Lanka, Yaponiya davlatlari vakillari ham qatnashmoqda. Vebinar davomida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi, ma'lumotlarni yig'ish, ma'muriy ma'lumotlardan foydalanish strategiyasi, turli manbalardan foydalangan holda xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasini shakllantirish metodikasi masalalari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
Tadbir ishtirokchilari Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.
Aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgalik bo’yicha onlayn konferensiya tashkil qilindi
NASHR ETILGAN: 09/10/2020
Joriy yilning 9- oktabr kuni Davlat statistika qo’mitasi, BMTning aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA) va hamkor tashkilotlar o’rtasida videokonfersaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda, O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik ishlarining hozirgi natijalari bo’yicha ma’lumot berildi. Tadbirda BMTning aholishunoslik jamg’armasining O’zbekistondagi vakili Yu Yu ham qatnashdi.
Tadbirda Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari M. Ziyadullayev boshchiligida qo’mita vakillari 2020- yil 3- chorak yakunlari bo’yicha aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan taqdimot o’tkazishdi. Shuningdek, uchrashuvda aholini ro'yxatga olish so'rovnomasini to'ldirish, uslubiy hujjatlar va yo'riqnomalarni tayyorlash, kartografik materiallarni tayyorlash hamda xalqaro hamkorlik masalalariga alohida urg’u berildi.
Tadbir so’nggida, tomonlar fikr-mulohaza almashib, aholini ro’yxatga olish borasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan kelishib oldi.
O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash
NASHR ETILGAN: 02/10/2020
Joriy yil 2- oktabr kuni Jahon banki boshchiligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida videokonferensiya tashkil etildi. Unda Jahon banki, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat statistika hamda Soliq qo‘mitalari vakillari onlayn ravishda o‘zaro fikr-mulohaza almashdi. Onlayn konferensiyada Davlat statistika qo‘mitasidan raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Xolmurodov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mamirov, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yuldoshev, Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo'limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar statistik maqsadlar uchun norasmiy sektor va yashirin iqtisodiyotni aniqlash, mehnat bozorida norasmiy sektorining statistik ko'rsatkichlari, korxona va muassasalar o'rtasida norasmiy sektorni o'lchash, rasmiy va norasmiy biznes haqida ma'lumotlar, rasmiylikni rag'batlantirish choralarini yaratish masalalarida so‘z yuritdi.
Jahon bankidan katta iqtisodchi Uilyam Zeyts statistika tizimini mustahkamlashda xorij tarjibasi, amaliyotga tatbiq etilayotgan metodlar, mavjud muammo va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Davlat statistika qo‘mitasidan raisining birinchi o‘rinbosari Xolmurodov Dilshod Ibragimovich milliy statistika tizimini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi. Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga soha ekspertlari atroflicha javob qaytardi.
O’zbekistonda bolalar nafaqalari tizimini isloh qilish bo’yicha loyiha muhokamasi
Nashr etilgan: 30/09/2020
2020- yil 30- sentabr kuni Moliya vazirligi va UNICEF o'rtasida imzolangan 2019- 2020- yillarga mo'ljallangan qo'shma ikki yillik ish rejasini amalga oshirish doirasida “O'zbekistonda bolalar nafaqalari tizimini isloh qilishda investitsiyaviy asoslarni tayyorlash” masalasini muhokama qilish bo'yicha onlayn-konsultatsiya bo'lib o'tdi.
Davlat statistika qo'mitasidan tadbirda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi demografik ko'rsatkichlarni shakllantirish bo'limi boshlig'i – Raximjon Satvaldiyev va Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasiAaholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi bosh mutaxassisi - Muslima Muxamedova ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda respublikadagi tegishli vazirlik va idoralarning tegishli xodimlari onlayn qatnashishdi.
Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha va ilm – fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i Nodir Mulitdinov hamda UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi ijtimoiy siyosat bo'limi boshlig'i v.b. Umid Aliyev ochib berishdi.
Uchrashuvda xalqaro ekspert – Metyu Townshend “O’zbekistonda bolalar nafaqalarini to'lash masalalarida joriy siyosat va yondashuvlarni qo'llashni davom ettirish bilan bog'liq harakatsizlik qiymatini tahlil qilish natijalari bo'yicha hisobot loyihasi – iqtisodiy xarajatlar” mavzusida taqdimot qildi.
Shuningdek, bolalarning nafaqalarini to'lash masalalarida joriy siyosat va yondashuvlarni qo'llash bilan bog'liq iqtisodiy xarajatlarni baholashni nazarda tutuvchi harakatsizlik qiymatini tahlil qilishda qo'llaniladigan taxminlarni (farazlarni) va boshlang'ich ma'lumotlar muhokama qilindi.
Vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari taqdim etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish va yig'ish metodologiyasini yaxshilash bo'yicha konstruktiv sharhlar va tavsiyalar berdi.
Elektroaloqa/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha takroriy uchrashuv
Nashr etilgan: 29/09/2020
2020- yil 29- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida videokonferentsiya rejimida telekommunikatsiya/AKT sohasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspertlar guruhining 11- yig‘ilishi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilning 14- sentabrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlis xulosalarini e’lon qilishdan iborat bo‘lib, ushbu tadbirda kotibiyatning 2020-yilda AKTni rivojlantirish indeksini e’lon qilish bo‘yicha takliflarini muhokama qilish uchun 300 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar, Xizmatlar sohasi statistikasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi hamda Narxlar statistikasi boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Joriy yilning 14- 18- sentabr kunlari AKT sohasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspertlar guruhining 11-yig‘ilishi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlarning maqsadi hozirgi ish davrida telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi va uy xo‘jaliklari ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining onlayn muhokamalar forumlari ishtirokchilaridan olingan takliflarni ko‘rib chiqish va muhokama qilingan mavzular bo‘yicha ishlarni yakunlashdan iborat edi.
Telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida 5G ko‘rsatkichlari, AKT xizmatlari narxi, xizmat ko‘rsatish sifati va xalqaro rouming kabi mavzular muhokama qilindi. Bundan tashqari, xalqaro elektraloqa Ittifoqining barcha MSE elektron tarjima tillarida telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ma’muriy ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotnomasi rasmiy ravishda taqdim etildi.
Uy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida AKT foydalanish ko‘nikmalarini hisoblash va internet foydalanuvchilari sonini hisoblash usullari kabi mavzular muhokama qilindi. Xalqaro elektraloqa ittifoqining AKTdan foydalanishni hisoblash va ularni uy xo‘jaliklari va shaxslar darajasida MSE elektron tarjima tilida ishlatish bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan qo‘llanma rasmiy ravishda taqdim etildi.
Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilishi
Nashr etilgan: 29/09/2020
Joriy yilning 29- sentabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur yig‘ilish 1- oktabrgacha davom etadi. Unda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari statistika idoralari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etadi.
Onlayn ravishda o‘tkazilayotgan tadbirda pandemiya sharoitida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirni o‘tkazishda innovatsion usullar, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, ma'lumotlar sifatini baholash, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish, aholini ro‘yxatga olish va ijtimoiy kuzatuvlarni integratsiyalash kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasdan Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G‘ulomovich ham qatnashmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi – Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2020- yil raundi doirasida amalga oshirilgan ishlar va ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazgan davlatlar tajribasini muhokama qilishdan iborat.
Yig‘ilish davomida Qobil Berdiqulov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Davlat statistika qo‘mitasi vakilining ma’ruzasi xalqaro ekspertlarda katta taassurot qoldirdi. Mutaxassislar O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasining 9-sessiyasi boshlandi
Nashr etilgan: 28/09/2020
Joriy yilning 28- sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasi (SESRIC)ning 9- sessiyasi o‘z faoliyatini boshladi.
Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi qo‘mita jamoasi ham qatnashmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda rasmiy statistikani rivojlantirish, ma’lumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, tarqatish va tahlil qilish maqsadida milliy statistika idoralari salohiyatini mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdan iborat.
28- sentabrdan 1-oktabrgacha bo‘lib o‘tadigan mazkur sessiyada Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Tinch okeani mamlakatlari delegatlarining ma'ruzalari tinglanadi va bildirilgan tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.
Jumladan, sessiyasi doirasida quyidagi masalalar kun tartibidan o‘rin olgan:
✓ 2030- yilga mo‘ljallangan Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasining strategik qarashlari va 2021- 2025- yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturini qabul qilish;
✓ milliy statistika tizimlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni muhokama qilish;
✓ Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring va hisobot masalalarini ko‘rib chiqish (qashshoqlikning barcha ko‘rinishlarini bartaraf etish);
✓ rasmiy statistikada noan’anaviy ma’lumot manbalarini qo‘llash.
(Ma'lumot uchun: SESRIC – Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash markazi bo'lib, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) statistika komissiyasining byurosi va Ijroiya organi hisoblanadi).
Xalqaro axborotdan foydalanish kuniga bag'ishlangan onlayn videokonferensiya bo'lib o'tdi
Nashr etilgan: 28/09/2020
2020- yil 28- sentabr kuni YEXHTning O'zbekistondagi loyihasi koordinatori va Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Xalqaro universal ma'lumotlardan foydalanish kuniga bag'ishlab onlayn videokonferensiya tashkil etildi.
Onlayn tadbir davomida ommaviy axborot vositalarida huquqiy jihatlar, erkinlik va islohotlar, shuningdek, hukumatga yo'l olgan ochiq axborotdan universal foydalanish: ochiq ma'lumotlar, ma'lumotlarni to'plash, eng yaxshi milliy va xalqaro amaliyotlar ko'rib chiqildi.
Shundan so'ng, ikki mavzuli blokda xalqaro va milliy ekspertlarning ma'ruzalari tinglandi. Jumladan,
• Elchi Jon Makgregor, YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori;
• Elchi Ulrik Funered, EXHT da Shvetsiya doimiy vakili va 2021- yilda YEXHT doimiy kengashi raisi;
• Natalya Karfi, ochiq ma'lumotlar Xartiyasi direktorining o'rinbosari (Open Data Charter);
• Komil Allamjonov, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik Kengashi raisi;
• Helena Freyzer, BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori;
• Melissa Fleming, Global aloqa bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining o'rinbosari;
• Bibigul Jeksenbay, Qozog'iston Respublikasi Bosh muharrirlar klubi prezidenti, Qozog'iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri maslahatchisi;
• Oleg Pekos, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari;
• Aleksandra Kolesnichenko, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
• Farhod Ibragimov, O'zbekiston IT-parki direktori mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov ishtirok etdi.
Mahallalarda MICS savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Nashr etilgan: 23/09/2020
Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorligida MICS savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha videoseminar tashkil etib kelinmoqda.
Onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv-seminarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar ishtirok etayabdi.
Seminarda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan savolnomalarni sinov tariqasida tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz UNICEF va UNFPA tashkilotlari ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shu yil 14- sentabrdan buyon o‘tkazilib kelinayotgan ushbu o‘quv-seminarida supervayzer va intervyuerlar Davlat statistika qo‘mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan o‘qitilayabdi.
21- 22- sentabr kunlari o‘quv-seminari ishtirokchilari Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan mahallalarda multiindikator klaster kuzatuvlari savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Gender tengligi masalasida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi
Nashr etilgan: 18/09/2020
2020- yil 17- sentabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida gender masalalari bo‘yicha videokonferensiya tashkil etildi.
Unda Davlat statistika qo'mitasi, Xalqaro savdo markazi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi vakillari hamda loyiha koordinatorlari ishtirok etdi.
Ta’kidlash lozimki, “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash loyihasi” 4 yillik muddatga mo'ljallangan. Loyihani amaliyotga joriy etish orqali mamlakatlarning barqaror va har tomonlama iqtisodiy rivojlanishiga amaliy ko‘mak beriladi.
Videokonferensiya davomida gender statistikasi bo'yicha ma'lumotlar yig'ishni takomillashtirish masalalari, xususan, tadbirkor ayollar, mintaqaviy va xalqaro savdoda ishtirok etuvchi xotin-qizlar, ayollar ishtirok etadigan biznesning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
Aholini ro‘yxatga olish savolnomasi qanday to‘ldiriladi?
Nashr etilgan: 16/09/2020
2020- yilning 16- sentabr kuni “2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasi va uni to’ldirish yo’riqnomasi” loyihasi doirasida vebinar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu onlayn o‘tkazilgan tadbir MDHning Statistika qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi vakillari hamda Davlat statistika qo’mitasining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin hamda boshqarma boshlig’i I.A. Zbarskaya 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasi va uni to’ldirish yo’riqnomasi loyihasini tahlil qilib, aholini ro‘yxatga olish savolnomasini to’ldirish tartibi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Tadbir davomida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasini to’ldirish yo’riqnomasi loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr-munozaralar bildirildi.
Valyutalar xarid qilish qobiliyatining tengligi: iqtisodiyotning qamrovi va tuzilishini o'lchash
Nashr etilgan: 16/09/2020
2020- yil 15- sentabr kuni Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlatlararo statistika qo'mitasi tomonidan videokonferensaloqa tashkil etildi. Onlayn ravishda o‘tkazilgan tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro konferensiyani Belarus, Qozog'iston, Qirg'iz, O'zbekiston, Moldova milliy statistika idoralari vakillari, ROSSTAT, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki, Iqtisodiyot oliy maktabi vakillari hamda boshqa taniqli iqtisodchi ekspertlar kuzatib bordi.
Konferensiyada MDH Davlatlararo statistika qo'mitasi raisining o'rinbosari Andrey Yevgeniyevich Kosarev "Valyutalar xarid qilish qobiliyatining tengligi: iqtisodiyotning qamrovi va tuzilishini o'lchash" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimotda xalqaro taqqoslash global dasturining boshlanishi, hisob-kitoblarni amalga oshirish bosqichlari to'g'risidagi tarixiy ma'lumotlar, valyutalar xarid qobiliyatining tengligi asosida xalqaro taqqoslashning asosiy nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, 2017- yil jarayonining natijalari taqdim etildi.
Onlayn konferensiya davomida 2017- jarayonining natijalari muhokama qilindi. Andrey Kosarev hisob-kitoblar uslubiyatining dolzarb masalalari hamda global xalqaro taqqoslash dasturi – 2020 jarayonini o'tkazish bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Nashr etilgan: 04/09/2020
2020- yil 3- sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi rahbari Ron van Ruden bilan videokonferensaloqa rejimida muloqot o'tkazdi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad – keng qamrovli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdir.
Muloqot davomida davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohaza almashildi.
Tomonlar makroiqtisodiy statistika masalalariga batafsil to'xtalib, Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli hamkorlik va texnik ko'mak masalalari xususida so‘z yuritdi. Xalqaro ekspertlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning, jumladan, statistika organlari faoliyatining ijobiy dinamikasi haqida gapirib, O'zbekistonning ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga o'tish doirasida Xalqaro valyuta jamg'armasiga katta ko'mak berayotganini qayd etdi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
Bangkok shahrida ESKATOning 7- sessiyasi boshlandi
Nashr etilgan: 26/08/2020
Joriy yil 26- avgust kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning 7- sessiyasi boshlandi. Ushbu xalqaro vebinarda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Mazkur onlayn ko‘rinishdagi tadbirni o‘tkazishdan ko'zlangan maqsad – ESKATOga a'zo mamlakatlarda rasmiy statistikani rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, mintaqalardagi milliy statistika idoralari uchun xalqaro standartlarga mos ma'lumotlarni ishlab chiqarish, tarqatish va tahlil qilish ko‘nikmasini oshirishdan iborat.
Shu yil 26- 28- avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 50 mamlakatdan delegatlar so'zga chiqadi. Ular 2030- yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi uchun rasmiy statistikani takomillashtirish masalalarini ko'rib chiqadi.
Muhokamalar jarayonida statistika idoralarining tashabbuslari o‘rganilib, integratsiyalashgan statistika, ma'lumotlarni tahlil qilish, rasmiy statistikani modernizatsiya qilish hamda ma'lumotlardan samarali foydalanish masalalari bo'yicha tajriba almashiladi.
Shuningdek, tashabbuslarni amalga oshirish monitoringini muhokama qilish, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatga olish va aholining tabiiy harakati statistikasi va kun tartibi kabi masalalar yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazasi o‘rganiladi.
Davlat statistika qo'mitasi vakillari ham ESKATOning 7- sessiyasi yakunlari bo'yicha mintaqada milliy statistika tizimlarining rolini oshirish va rasmiy statistikani takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbir va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv
Nashr etilgan: 25/08/2020
Joriy yilning 24- avgust kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O'zbekistondagi elchixonasi vakillarining O'zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo'lib o‘tdi.
Uchrashuvda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot, Buyuk Britaniya xalqaro taraqqiyot vazirligining (BBXTV) Markaziy Osiyo vakolatxonasi rahbari Honor Flanagan hamda BBXTV Markaziy Osiyo vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Devid Rinnert ishtirok etdi.
O’zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o'rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov boshchilik qildi. Shunindek, uchrashuvda Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda Buyuk Britaniyaning xalqaro taraqqiyot vazirligi tomonidan O'zbekiston uchun maxsus tayyorlangan “Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv” loyihasining tafsilotlari haqida ma'lumot berildi. Ishtirokchilar inson kapitalini rivojlantirish, xususan, tadbirkorlik ta'limi va davlat tomonidan, shu jumladan ayollar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, mehnat bozorini rivojlantirish va rasmiy sektorni kengaytirish kabi sohalardagi hamkorlikning muhimligi to'g'risida kelishib oldilar.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilishning muhim jihati sifatida O‘zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishiga texnik ko'mak ko'rsatilishi borasida fikr-mulohaza almashdi.
Uchrashuv so‘nggida Buyuk Britaniyaning Xalqaro taraqqiyot vazirligi ko'magida tayyorlangan “Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv” maxsus dasturini tasdiqlash bo'yicha keyingi qadamlar ishlab chiqilib, unda mamlakatning statistik salohiyatini shakllantirishda texnik yordam ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida qayd etildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘yicha mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi
Nashr etilgan: 20/08/2020
Joriy yilning 20- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan vebinar tashkil etildi. Unda qo‘mitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.
Vebinarda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi. Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi xodimlari bilan savol-javob o‘tkazildi. Savollarga javob berish jarayonida tashqi va ichki savdo statistikasini takomillashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, 2020- yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, respublikaning tashqi savdo aylanmasi 15 855,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 3 528,0 mln. AQSh dollariga yoki 18,2 % ga kamaygani ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Bu kabi seminarlar grafik asosida joriy yilning 5- sentabrgacha sohadagi barcha xodimlarni qamrab olgan holda davom ettiriladi.
Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida videomuloqot tashkil qilindi
Nashr etilgan: 11/08/2020
Joriy yilning 10- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi diplomatik konsulligi ko‘magida, Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida videomuloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarori doirasida tashkil etilgan bo‘lib, tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi hamda Malayziya statistika departamenti rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulotda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov ochib berdi.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich statistika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarori bilan qatnashuvchilarni tanishtirib o‘tdi.
Videomuloqot davomida, Malayziya statistika departamenti direktori, doktor Moxd Uzir Maxidin O‘zbekiston Respublikasinig Milliy statistika tizimini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi.
Tomonlar “Kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholashda Malayziyaning ilg'or tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma vebinarlarni tashkil etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, tomonlar ishlab chiqarish jarayonida AKTlarning ilg‘or imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha Malayziya tajribasini o‘rganish maqsadida, Malayziya statistika departamentining mas'ul xodimlarini jalb etgan holda, Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari bilan tajriba almashish vebinarlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Tadbir yakunida, tomonlar statistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida, o‘zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumini imzolash masalasini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
Jahon banki eksperti bilan videomuloqot bo‘lib o‘tdi
Nashr etilgan: 04/08/2020
Joriy yilning 4- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislarining Jahon banki eksperti bilan videomuloqoti bo‘lib o‘tdi.
Videomuloqotda, mamlakatda “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholash va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda yanada to‘liqroq aks ettirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan bu boradagi jahon tajribasi o‘rganilayotganligi, shuningdek, hozirgi kunda O‘zbekistonda “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholash bo‘yicha amaldagi tajriba yuzasidan ma'lumot berildi.
Shuningdek, “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ning tarkibiy qismlari, yashirin iqtisodiyotni baholash usullari hamda yashirin iqtisodiy faoliyatni statistik baholash amaliyoti yuzasidan fikr almashildi. O‘z navbatida, Jahon banki eksperti Uilyam Xatchins Zeyts tomonidan “yashirin iqtisodiyot”ni baholash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda alohida e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar, bu boradagi jahon tajribasi va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari bo‘yicha ma'lumot berildi.
Muzokara yakuniga ko‘ra, Jahon banki tomonidan mamlakatda “kuzatilmaydigan iqtisodiyot”ni baholash borasida ishlarni tashkil etishda, Davlat statistika qo‘mitasiga zarur texnik va ekspert ko‘maklarini ko‘rsatish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Statistik amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi
Nashr etilgan: 30/07/2020
Joriy yilning 21, 27, 28, 29- iyul kunlari ikki tomonlama hamkorlik va statistik hisobni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa tarzida uchrashuvlar tashkil etildi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar kun tartibida tashkilotlar faoliyatining uslubiy va amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Tomonlar sanoat, xizmat va transport statistikasi, investitsiyalar va qurilish, biznes-registrlar, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo, qishloq xo‘jaligi va ekologiya, milliy hisoblar, tadbirkorlik faoliyati hamda AKT bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va chop etish bo‘yicha fikr almashishdi.
Uchrashuvlar mavzuga oid taqdimotlar va boshqa dolzarb masalalar taqdimoti hamda ularning muhokamasi tarzida tashkil etildi.
Tadbir so‘nggida tomonlar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o’rinni egalladi
Nashr etilgan: 30/07/2020
“Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 70 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi bo‘yicha jahonda 6-o’rinni egalladi.
Open Data Inception - bu Open Data Soft tomonidan ishlab chiqilgan 2600 dan ortiq ochiq ma'lumotlar portallarining to‘liq ro‘yxatidir. opendatainception.io sayti butun dunyoda keng foydalaniladigan va eng katta ochiq ma'lumotlar manbalaridan biri hisoblanadi.
Ochiq ma'lumotlar manbalari bo‘yicha birinchi o‘ntalikka kiruvchi mamlakatlar ro‘yxati:
№ | Davlat nomi | Manbalar soni |
1 | Amerika Qo‘shma Shtatlari | 644 |
2 | Ispaniya | 304 |
3 | Fransiya | 111 |
4 | Buyuk Britaniya | 105 |
5 | Kanada | 99 |
6 | O‘zbekiston | 70 |
7 | Avstraliya | 59 |
8 | Germaniya | 57 |
9 | Italiya | 48 |
10 | Gollandiya | 31 |
Shuningdek, “Open Data Inception”da Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) eng yirik 21 ta ochiq ma’lumot manbalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Eslatib o’tamiz, BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori ball to‘play olgan.
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki va BMTTD O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma'lumotlar sohasini faol rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.
Pandemiya davrida ochiqlik va shaffoflikni oshirishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati
Nashr etilgan: 22/07/2020
2020- yilning 22- iyul kuni Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning iqtisodiyot va ekologik faoliyat bo‘yicha koordinatori ofisi tomonidan “Pandemiya davrida ochiqlik va shaffoflikni oshirishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.
Vebinar qatnashchilari ochiq ma'lumotlar va raqamli vositalarning hukumat shaffofligi hamda yaxlitligini mustahkamlashdagi roli bo‘yicha fikr-mulohaza yuritdi. Samarali boshqaruvni targ'ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish YXHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Davlat organlarida hisobdorlikni oshirish, korrupsiyani kamaytirish maqsadida ochiq ma’lumotlar platformalari va yaxshi boshqaruvni rag'batlantirishda raqamlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada YXHT ishtirokchi davlatlarni ochiq ma'lumotlarni taqdim etish, monitoring qilish va tahlil qilish uchun raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatini oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Tadbir davomida YXHTning davlat boshqaruvi direktori Barbara Ubaldi, Ochiq shartnoma hamkorligi dasturining katta menejeri Karolis Granitskas, Sarayevo jurnalistik tekshiruv markazi xodimi Leyla Bichakchich, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi vakili Murod Husanov favqulodda vaziyatlarda ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha ilg‘or metodlar, milliy tajriba va ochiq ma’lumotlar bilan bog’liq muammolar yuzasidan fikr bildirdi.
Shuningdek, onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akrom Sultanov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
2019- yilning 11-fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi. Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.
Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi yuzasidan onlayn muloqot
Nashr etilgan: 21/07/2020
Joriy yilning 21- iyul kuni Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Jahon bankining yetakchi ekspertlari bilan “2020- 2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan onlayn muloqot qildi.
Vebinarda Jahon banki tamonidan tavsiya etilgan savolnomalar asosida 2020- yil davomida sinov tariqasida uy xo'jaliklarida planshetlar yordamida o'tkazilgan tanlama kuzatuvlar natijalari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, Jahon bankining ekspertlari 2021- yilda planshetlar orqali kuzatish rejalashtirilayotgan uy xo'jaligi tanlama kuzatuvi savolnomalarini takomillashtirish bo'yicha o'zining kerakli tavsiyalarini berdi. Vebinar munozara va fikr-mulohaza almashish shaklida bo'lib o'tdi.
Axborot xizmati
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O'zbekistonda "To'yib ovqatlanmaydiganlar ulushi" qayta ko'rib chiqildi
Nashr etilgan: 15/07/2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarori va joriy yilning 2- iyunidagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF- 6003 son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, 2019- yilda Davlat statistika qo‘mitasi raisi topshirig‘iga binoan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan e'lon qilinadigan “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini tadqiq qilish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Ziyadullayev boshchiligida ekspertlar guruhi tashkil etilgan edi.
2019- yilning 10- 12- dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari tomonidan tashkil etilgan seminar davomida Davlat statistika qo‘mitasi ekspertlar guruhi vakillari H.Xudoyqulova FAO ekspertlari bilan mazkur masala bo‘yicha ya’ni O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini hisoblashdagi kamchiliklar yuzasidan bahs-munozaralar olib borishdi. FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining ushbu kamchiliklar haqidagi isbot-dalillarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014- yildan boshlab New Food Balance Sheet asosida qayta hisoblashni amalga oshirdi. Qayta hisoblash natijasida bu ko‘rsatkich 2016- 2018- yillar uchun 2,8 % (0,9 mln. kishi) va oxirgi 2017- 2019- yillar uchun 2,6 % (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.
Bu ma'lumotlar rasman 2020- yil 13- iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI - 2020) dokladi taqdimoti onlayn yig‘ilishida va FAO rasmiy sayti orqali e'lon qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda ochiq ma'lumotlar portallarining eng keng qamrovli ro'yxatiga kiritilgan birinchi mamlakat bo'ldi
Nashr etilgan: 10/07/2020
O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz ochiq ma'lumotlar portallarining eng keng qamrovli DataPortals.org ro'yxatidan joy oldi.
DataPortals.org bu dunyodagi ochiq ma’lumotlar portallarining to'liq ro'yxati bo’lib, u mahalliy, mintaqaviy va milliy hukumatlar, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar va ko'plab nodavlat tashkilotlar vakillari, shu jumladan, butun dunyodagi yetakchi ochiq ma'lumotlar mutaxassislari guruhi tomonidan nazorat qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz DataPortals.org keng qamrovli ro'yxatiga kirish va unga mos kelishi uchun ekspertlar tomonidan to’liq o’rganilib, muhokama qilingan.
Hozirgi vaqtda 589 ta ochiq ma’lumotlar portallari mazkur keng qamrovli ro'yxatga kiritilgan.
Ayni kunga qadar, O'zbekiston Markaziy Osiyodagi ushbu ro'yxatga ikkita ochiq ma'lumot manbasiga ega bo'lgan yagona mamlakat sifatida kiritilgan.
Davlat statatistika qo’mitasi raisi B. Begalov va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolotxonasi rahbari Sasha Grauman o’rtasida masofaviy video muloqot bo’lib o’tdi
Nashr etilgan: 02/07/2020
Joriy yilning 1- iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi raisi B. Begalov va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Grauman o’rtasida onlayn video muloqot bo’lib o’tdi.
Suhbat davomida “2020- yilga mo’ljallangan hamkorlik dasturi bo’yicha ishchi reja” doirasida va xususan Respublikadagi “COVID-19” bilan bog’liq qiyin vaziyat holatida Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS)ni o’tkazish jarayoni muhokama qilindi.
Shuningdek, MICS loyihasini amalga oshirishni davom ettirish bo’yicha kelishib olindi. Davlat statistika qo’mitasi va YUNISEF o’rtasida bolalar huquqlarini monitoring qilish bo’yicha statistik va ma'muriy ma'lumotlar bazalarini o'z ichiga oladigan tizimni ishlab chiqish bo’yicha hamkorlik qilinadi.
Uchrashuv yakunida statistik to’plam va O’zbekistonda bolalar to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlovchi veb-portal yaratish bo’yicha kelishib olindi.
Axborot xizmati
Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning zamonaviy modellari
Nashr etilgan: 01/07/2020
Joriy yilning 1- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning zamonaviy modellari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qo‘mita markaziy apparati boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.
Seminar avvalida ishtirokchilar 2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar xususida to‘xtalib o‘tdishdi.
Shundan so‘ng, Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev Statistik ma’lumotlarning universal modeli (GSIM), Statistik ma’lumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarining namunaviy modeli (GSBPM), Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modellari (GAMSO) haqida batafsil ma`lumot berdi hamda ushbu modellarni statistika sohasiga joriy qilish masalalariga ham to`xtalib o`tdi.
Shuningdek, seminarda sifatni boshqarish bo‘yicha bazaviy prinsiplar haqida ham so`z yuritildi va ishtirokchilar o`zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
Axborot xizmati
Ochiq ma'lumotlar bo‘yicha bir guruh trenerlarning salohiyatini oshirish uchun o‘quv seminari o‘tkazildi
Nashr etilgan: 01/07/2020
Joriy yilning 30- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Jahon bankining “Ochiq ma'lumotlar ekotizimini rivojlantirish, salohiyatni oshirish va joriy etish” loyihasiga ko‘ra, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida ilgari o‘qitilgan ochiq ma'lumotlar bo‘yicha milliy trenerlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbir davomida Jahon banki eksperti Ivan Fost ochiq ma'lumotlarni boshqarish metodologiyasi, ma'lumotlarni inventarizatsiya qilish yondashuvlari, mos yozuvlar ma'lumot manbalarini ajratish, ma'lumotlar sifatini baholash haqida ma’lumot berdi.
Trening natijalariga ko‘ra, trening ishtirokchilari ochiq ma'lumotlar yetkazib beruvchilar bilan ishlashda tizimli yondashuvga, O‘zbekistonning ochiq ma'lumotlari faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar sifatida yakunlanishi va qabul qilinishi mumkin bo‘lgan individual uslubiy hujjatlar loyihalari, texnologik imkoniyatlar, tartibga solish cheklovlari, foydalanuvchi so‘rovlari, bo‘limlarning kadrlar imkoniyatlari o‘rtasidagi ma'lumotlarni ochishda muvozanatli ish algoritmi kabi tushunchalarni chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ta’kidlash joizki, 2019- yilda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori tomonidan “Training of trainers in Open Data” o‘quv-seminari doirasida yurtimizdagi 88 ta vazirlik va idoradan 185 nafar xodim o‘qitildi. 2020- yilda ochiq ma'lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mas'ul vazirlik va idoralar xodimlari uchun o‘quv kurslarini davom ettirish rejalashtirilgan. O‘z malakasini oshirgan trenerlar Davlat statistika qo‘mitasi, IT-Park, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Jahon banki ko‘magida o‘qishni davom ettiradi.
Yevropa statistiklari konferensiyasining 68- yalpi majlisi
Nashr etilgan: 22/06/2020
Joriy yilning 22- iyun kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida videokonferensiya shaklida Yevropa statistiklari konferensiyasining 68-yalpi majlisi (CES) o'z ishini boshladi.
Ma’lumot o’rnida eslatib o’tish joizki, CES dunyodagi nufuzli statistik tashkilotlardan biri bo’lib, 1953- yilda tashkil etilgan.
Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida tarmoq boshqarma boshliqlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
22- 24 - iyun kunlari bo'lib o'tadigan CES yig’ilishining kun tartibida CES yangi yo'riqnomalari va tavsiyalari, 2020 va 2021- yillarda BMT YEIK statistika dasturlari delegatlar tomonidan ko'rib chiqiladi.
Shuningdek, globallashuv va iqtisodiy statistikaning kelajagi, raqamli transformatsiyani o'lchash, o'zgarayotgan dunyoda NSO ma'lumotlarini boshqarish va boshqa ko'plab mavzular ko’rib chiqiladi.
CES ishtirokchilari xalqaro statistika standartlarini ko'rib chiqib, tasdiqlaydilar hamda ilg'or xalqaro amaliyot va statistika sohasidagi so'nggi tavsiyalar va yutuqlar bilan tanishadilar.
Tadbir yakunida 2021- yilga mo'ljallangan CES ning ish rejasi, CES ning amaliy tavsiyalari ishlab chiqiladi, bu milliy statistika institutlari faoliyatini strategik rejalashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Ochiq ma'lumotlar bo'yicha ishchi guruhining salohiyatini oshirishga qaratilgan vebinar o‘tkaziladi
Nashr etilgan: 19/06/2020
2020- yil 22- iyun kuni soat 14:00–17:00da O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Jahon banki ko'magida ochiq ma'lumotlar bo'yicha ishchi guruhining salohiyatini oshirishga qaratilgan vebinar tashkil etiladi.
Ayni pandemiya davrida dunyo bo'ylab COVID–19 pandemiyasiga qarshi kurashishda rasmiy ma'lumotlarning, ochiq ma'lumotlarning e’lon qilinishi, kasallik oqibatlarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Vebinar davomida dunyoda pandemiyaga qarshi kurashish bo'yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan yechimlar hamda O'zbekistonda amalga oshirilgan harakatlar bo'yicha taqdimot namoyish etiladi. Taqdimotda davlat, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarining sog'liqni saqlash, mehnat, biznesni qo'llab-quvvatlash, ta'lim va boshqa tashabbuslari, global pandemiya davrida qaror qabul qilishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Jahon banki ekspertlari, shuningdek, turli davlat tuzilmalari, xususiy sektor va ilmiy doiralar vakillari tomonidan ochiq ma'lumotlar va ularning ta'sir ko'rsatishi hamda davlatlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratishi haqida suhbat o'tkaziladi.
Ekspertlar O'zbekistonda hukumat, xususiy sektor, fan va akademiya, shuningdek, tadbirkorlik istiqbollari haqida so'z yuritadi. Muhokamadan so'ng ishtirokchilar “Ma'lumotlarni depersonalizatsiya qilish” va “Ochiq ma'lumotlar uchun metama’lumot” kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan onlayn seminarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ma'lumotlarni anonimlashtirish va ochiq ma'lumotlar bilan ishlashni soddalashtirish uchun metama’lumotdan foydalanishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan usullar haqida axborot beriladi. Vebinarda quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin:
https://worldbankgroup.webex.com/worldbankgroup/j.php?MTID=mcb014d9aea6b9dda27cbb17abd9ad31a
"Dunyo va O‘zbekistonda Covid-19 pandemiyasi ta’siri bo‘yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan yechimlar" mavzusida vebinar
Nashr etilgan: 16/06/2020
Davlat statistika qo'mitasi, Toshkent shahridagi Amity universiteti va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "O‘zbekistonda Covid-19 pandemiyasi ta’siri bo‘yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan chora-tadbirlar" mavzusida vebinar tashkil etiladi.
Eng yirik moliyaviy manbalaridan biri bo'lgan Jahon banki guruhi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun pandemiyaga qarshi kurashish uchun tezkor choralarni kuchaytirishda yordam bermoqda. Sana: 2020- yil 17- iyun.
Vaqt: 15:00.
Vebinar tili: Ingliz tili.
Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://attendee.gotowebinar.com/register/8590758533817603854
Axborot xizmati
YUNISEF vakillari bilan MICS bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi
Nashr etilgan: 15/06/2020
Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning mas'ul ekspertlari tomonidan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha videoseminar tashkil etildi.
Videoseminarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari, xalqaro ekspertlar hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Seminarda MICS kuzatuvini olib borishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada xorijiy tajriba qanday ekani to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Ta’kidlash lozimki, Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi “2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shunga ko‘ra, MICS kuzatuvini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida birqancha tadbirlar rejalashtirilgan.
Mazkur tashkil etilgan tadbirda ham Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.
Videoseminarda MICS bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etish, xaritalar ustida ishlash, mahallalarni segmentlarga ajratish qoidalari kabi masalalar bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.
Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
Joriy yilning 26- fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich bilan Albert Yeger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari o’rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda, O`zbekistonda “Yig`ma ma`lumotlar milliy sahifasi”ning yuritilishi, milliy hisoblar tizimi, iste`mol narxlari indeksi bo`yicha masalalar muhokama etildi.Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.Uchrashuv yakunida Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
KOSTAT delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yil 25- mart kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) Кomissiоneri o’rinbosari janob Song Vuk Choy boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv jarayonida, aholini ro'yxatga olish amaliyotini o'rganish va tajriba almashish, Koreya milliy statistikasini rivojlantirishning strategik rejasi, shu jumladan, statistika xizmatini ko'rsatishning zamonaviy usullari bilan bog’liq bo’lgan masalalar muhokama qilindi.Tashrif davomida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazilаdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha eksperti bilan uchrashuv
Joriy yil 8- aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning BMTning Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti bilan bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuv jarayonida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5655- son Farmoni va 2022- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi. BMTning Aholishunoslik jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti joriy yilning 8- 19- aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan aholini ro`yxatga olish bo`yicha muhokama olib boradi.
Davlat statistika qo`mitasida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
Joriy yilning 17- aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida MDH davlatlarida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda, Davlat statistika qo'mitasi va "Bloomberg" kompaniyasi o'rtasida hamkorlik qilish, shuningdek, "Bloomberg" platformasida (O'zbekiston bo'yicha mamlakat statistikasi) statistik ma'lumotlarni joylashtirish bo`yicha masalalar muhokama etildi. Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.chrashuv yakunida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
Joriy yilning 22- aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, milliy statistika tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash kelishildi. Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Davlat statistika qo‘mitasida YUNISEF vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Davlat statistika qo‘mitasi raisi o'rinbosari Mahmudjon Ziyodullayev boshchiligida o‘tgan tadbirda 2020- 2021- yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda O‘zbekistonda multiindikator klaster tekshiruvlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. YUNISEFning mintaqaviy konsultanti Sinan Turkyilmaz multiindikator klaster tekshiruvlarini o‘tkazish uchun tanlamani shakllantirish jarayoni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuv yakunida YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Afshin Parsi Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, bunday hamkorlik aloqalari statistika sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
Joriy yilning 20- may kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Osiyo taraqqiyot bankining Bilim va texnik ko`mak: Rivojlanish uchun ma`lumot – Mamlakat ichida trening missiyasi expertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda, Davlat statistika qo`mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o`rtasidagi hamkorlik, korxonalarning statistic registri, Davlat statistika qo`mitasi veb-saytida informatsion panellar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki expertlari joriy yilning 20- mayidan 31- mayiga qadar Davlat statistika qo`mitasida ma`lumotlarni vizuallashtirish va tarqatish, veb-saytda informatsion panellar yaratish kabi masalalar bo`yicha trening o`tkazmoqda. Uchrashuv yakunida Osiyo taraqqiyot banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.
Osiyo taraqqiyoti banki mutaxassislari bilan uchrashuv o`tkazildi
2019- yilning 21- yanvaridan 1- fevraligacha Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyoti banki tashabbusi bilan “Salohiyat va bilimlarni oshirish (KSTA) 9356- REG (Rivojlanish uchun ma`lumotlar)” nomli texnik ko`mak loyihasi doirasida trening tashkil etildi. Missiya OTB mutaxassislari: statistika va loyihalar bo`yicha mutaxassis – Moxintan Jozef Mariasingam, maslahatchi – Nikko Anjelo D. Antonio, maslahatchi – Juletta S. Magallens va maslahatchi – Jon Arvin S.Bernabe tomonidan o`tkazildi. Treningda Davlat statistika qo`mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi hamda Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasining mutaxassislari ishtirok etishdi. Treningda resurslar va ishlatilishi, xarajatlar-ishlab chiqarish jadvallarini tuzish hamda tahlil qilish bo`yicha savollar ko`rib chiqildi. Shuningdek, biznes registr yuritish va uy xo`jaliklari byudjettlari bo`yicha kuzatuvini o`tkazish baholandi. Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari tomonidan yuqorida keltirilgan masalalarga doir keng ko`lamli prezentatsiyalar o`tkazildi.
Olmota shahrida (Qozog’iston) “ BRM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash ” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.
2017- yil 28- 30- noyabr kunlari “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash” mavzusida Olmota shahrida (Qozog’iston) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Statistika bo’limi, Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi, Atrof muhit bo’yicha dasturi va Qozog’iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining statistika qo’mitasi tomonidan tashkil etildi.
Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Ta’lim, sog’liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo’limi boshlig’i v.b. D.Raxmatullayev va Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo'limi bosh mutaxassisi A.G’afurovlar ishtirok etdi.
Seminarda Sharqiy Evropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo (ShEKMO), Mongoliya, Rossiya, Turkiya milliy statistika idoralari vakillari, BMTning statistika bo`limi, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo’limi, Jahon Banki, BMTning oziq- ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMTning Atrof muhit bo’yicha dasturi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda BRM indikatorlarini shakllantirishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar (ma’muriy ma’lumotlar, registr ma’lumotlari, geografik ma’lumotlar)dan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
Joriy yilning 24- noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda, to`lov balansi statistikasini shakllantirish, tashqi savdo statistikasi, uy xo`jaliklarini kuzatuvi, sanoat va taqshi iqtisodiy faoliyat statistikasi masalalari muhokama etildi. Uchsharuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.
O`zbekistondagi Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Gyunter Overfeld uchrashuvi bo`lib o`tdi
Uchrashuvda, O`zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o`rtasida ko`plab sohalardagi samarali hamkorlik yo`lga qo`yilayotganligi e`tirof etilib, ikki davlat statistika organlari o`rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirdi va kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.
Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida aholini ro’yxatdan o’tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va uni qo’llash” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.
21- 22- noyabr 2017
2017- yil 21-22 noyabr kunlari “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida aholini ro’yxatdan o’tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va uni qo’llash” mavzusida Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Janubiy Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) va Osiyo-Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI) tomonidan tashkil etildi.
Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutahassisi Z.Khudayarova ishtirok etdi.
Seminarda AQSh, Niderlandiya, Mongoliya, Vetnam, Tayland, Shri-Lanka, Janubiy Koreya, O’zbekiston milliy statistika idoralari mutaxassislari, Osiyo va Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI), Janubiy Koreya milliy universiteti mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishdi.
Seminarda aholini ro’yxatdan o’tkazishda zamonaviy uslublardan foydalanish texnologiyasini shakllantirish, aholini ro’yxatdan o’tkazishda ma’muriy ma’lumotlardan foydalanishning afzalligi, internet va aholi registri ma’lumotlari bazasi yordamida aholini ro’yxatdan o’tkazishni takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi yig`ilishi
13- noyabr 2017
2017- yilning 13- noyabrida “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu tadbirda 2017- 2020- yillardagi O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining hamkorligini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy choralar Rejasi (“Yo`l xaritasi”) muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar Yo`l xaritasi, Harakatlar strategiyasi (2017- 2021- yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi), barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibi va YuNDAF orasidagi o`zaro bog`liqligi bilan ham tanishtirildi.
Yig`ilishda BMT Bosh kotibining yordamchisi Jixan Sultono`g`li xonim, BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchi vakili Xelena Freyzer xonim hamda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan Davlat statistika qo`mitasi vakillari ishtirok etdilar.
Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
13- noyabr 2017
2017- yil 13- noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda, davlat statistika organlarining faoliyati, ekspertlarning ishi uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlarni o`z vaqtida va qulay tarzda taqdim etilishi masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.
Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
10- noyabr 2017
Joriy yilning 10- noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy sector bo’yicha Konsultativ missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvdan ko`zlangan maqsad, O`zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga qo’shilishi yuzasidan erishilgan natijalar, shuningdek Missiyaning O`zbekiston Respublikasida faoliyatini davom ettirishi uchun statistik ma’lumotlarni olish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni muhokama qilish edi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.
2017- yil 30- 31- oktabr va 1- 2- noyabr kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) “Migratsiya statistikasi” mavzusida ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi.
30- oktabr va 2- noyabr 2017
2017 yil 30-31 oktabr va 1-2 noyabr kunlari “Migratsiya statistikasi” mavzusida Jeneva shahrida (Shveytsariya) ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi sessiya va seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) va Yevrostat tomonidan tashkil etildi.
Ishchi sessiya va seminarda Davlat statistika qo’mitasining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutahassisi D.Yeshniyazov ishtirok etdi.
Ishchi sessiya va seminarda BMT YIK a’zo mamlakatlari milliy statistika idoralari vakillari, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Statistika Qo’mitasi, Yevropa Statistika idorasi (Yevrostat), Moskva Davlat universiteti, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo`limi, UNFPA, UNICEF, UNHCR, Jahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Ishchi sessiya va seminarda migratsiya statistikasi ma’lumotlarini shakllantirishda ma’muriy ma’lumotlar va uy xo’jaligida tanlanma kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
7- noyabr 2017
2017- yil 7- noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda, ijtimoiy himoya va kambag`allik darajasini aniqlash sohasida Davlat statistika qo`mitasining o`rni hamda aholini ijtimoiy himoyalash bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirish va taqdim etilishi masalalari yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi.
Shuningdek, uchrashuvda aholi turmush darajasi statistikasiga oid dolzarb yo`nalishlarda Jahon banki tomonidan texnik va uslubiy jihatdan ko`maklashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.
2017- yil 16- 21- аprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 16- 21- aprel kunlari Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT)ning 5 kishidan iborat vakillari Davlat statistika qo`mitasiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif Davlat statistika qo`mitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) o`rtasida 2011 yil 24 avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik to`g`risidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etildi.
Tashrif davomida 17- 18- aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazildi. Jumladan, KOSTAT vakillari “Koreya Milliy Statistika tizimi”, “Jamoat bilan aloqa”, “aholini ro’yhatga olish va demografiya statistikasi tizimlari”, “ Xalqaro Migratsiya Statistikasi” mavzularida taqdimotlar o`tkazishib, Koreya Respublikasi tajribasi to`g`risida batafsil axborot berishdi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi vakillari Qo’mitaning faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, vazifalari bilan mehmonlarni tanishtirishdi va hamda “Fuqorolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish va aholining tabiiy harakati statistikasi”, “Inson resurslari boshqaruvi tizimi (inson resurslarini rivojlantirish, baholash), xodimlar boshqaruvi va farovonligini qo'llab-quvvatlash” va “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlar markazi” mavzularida taqdimotlar namoyish etildi.
19- 21- aprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi Samarqand va Buxoro viloyati statistika boshqarmalariga tashrif buyurishdi va Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarining tarixiy obidalarini hamda diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.
KOSTAT delegatsiyasining O`zbekistonga tashrifi va Davlat statistika qo`mitasi vakillari bilan uchrashuvlari juda iliq va do`stona ruhda o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qirg`iziston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi o`rtasida o`zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi:
Memorandum joriy yilning 5- oktyabr kuni, Ko`ksaroy qarorgohida, Qirg`iziston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining O`zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich va Qirg`iziston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi Raisi Sultanov Akilbek Shakirovich tomonidan tantanali ravishda imzolandi.
Mazkur memorandum xalqaro iqtisodiy va statistika tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etishda, ayniqsa, statistik ma’lumot bazalarini boshqarish va statistik ma’lumotlarni to’plashda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tajriba almashish, ilmiy va metodologik tadqiqotlar hamda o’zaro manfaatli loyihalarda hamkorlik qilish, har ikki mamlakatdahi iqjtimoiy-iqtisodiy holat haqidagi nashrlarni almashish, statistic kuzatuvlarni o’tkazish, statistic tizimlarni yaratish va yuritish uchun muhim bo’lgan statistik materiallar va metodologik hujjatlarni almashish hamda statistic ma’lumotni yigish, qayta ishlash va tahlil qilish bo’yicha mutaxassislarning o’zaro tajriba almashuv tashriflarini tashkil etish kabi yo’nalishlarda keg qamrovli va samarali hamkorlikni ko’zda tutadi.
Shuningdek, memorandumda statistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, tenglik va o`zaro manfaatdorlik asosida ikki tomonlama hamkorlikni yanada ilgari surish maqsadlari o`z aksini topgan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi (Goskomstat) bilan Koreya Respublikasi “Koreya Statistiks” (KOSTAT) o`rtasida Toshkent shaxrida 2011- yil 24- avgust kuni imzolangan statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi doirasida 2011- 2015- yillarda quyidagi ikkitomonlama uchrashuvlar amalga oshirilgan:
05.09-09.09.2016y. Goskomstat vakillarining KOSTAT va Goskomstatda metama’lumotlar almashinuvi standartlari, aholi bandligi va mehnat statistikasi, ma'muriy ma'lumotlarni yig’ish va ulardan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.
Tashrif chog'ida tomonlar yuqorida keltirilgan mavzularda, shuningdek Goskomstat va KOSTATning statistik tizimlari to’g’risida prezentatsiyalar namoish qilishdi. Prezentatsiya chog’ida ishtirokchilar KOSTATning tashkiliy tuzilishi, tarixi, asosiy vazifalari, ko'rsatkichlari va xalqaro hamkorligining ustuvor yo’nalishlari bilan tanishishdi. Shuningdek xar bir prezentatsiyadan so’ng munozaralar bo'lib o'tdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Goskomstat vakillari Tedjon shaxridagi statistika rivojlanishi tarixiga bag'ishlangan ko'rgazma zaliga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Dongnam (Busan) hududiy statistika boshqarmasiga tashrif uyushtirildi. Dongnam hududiy statistika boshqarmasi direktori va xodimlari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Narx statistikasi kuzatuvi bo’yicha videorolik va presentatsiya namoyish etildi.
30.11 - 04.12.2015y. Goskomstat vakillarining qishloq xo`jaligi va baliqchilik soxasida ro`yxatga olish kuzatuvlari bilan tanishish maqsadida o`tkazilgan treningda qatnashish uchun KOSTATga tashrifi.
Treningning asosiy maqsadi Goskomstat vakillarini Koreyaning qishloq xo`jalik va baliqchilik sohasida kuzatuvlarini o`tkazilish tartibi, ma`lumotlarni yig`ish usullari, kuzatuv natijalarini umumlashtirish va shakllantirish tartibi bilan tanishtirish hamda shu yo`nalishdagi tajribalar bilan o`zaro almashish edi.
Tashrif mobaynida Goskomstat vakillari Busan, Sejon, Xion Doy, Dongnam va Seul shaharlaridagi xududiy statistik boshqarmalari faoliyati bilan hamda qishloq xo`jaligi va baliqchilik sohasida statistik kuzatuvini tashkillashtirish, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, ma`lumotlarni dasturiy ta`minotga kiritish jarayoni bilan tanishib chiqishdi.
Tashrif dasturiga asosan, Goskomstat vakillari Gijang markaziy boshqarmasiga va axborot markaziga hamda qator fermer va uy xo`jaliklariga tashrif uyushtirishdi.
26.04 - 01.05.2015у. KOSTAT vakillarining O`zbekiston va Koreyaning aholi sonini xisoblashning amaldagi metodikasi bilan tanishish, aholini ro`yxatga olish, qishloq xo`jaligini ro`yxatga olishni tashkillashtirish masalalari bo`yicha Goskomstatga uyushtirgan tashrifi.
Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida Goskomstat tomonidan O`zbekiston Respublikasi aholi sonini amaldagi ro`yxatga olish metodikasi, 2011- yilgi aholi sonini tanlanma kuzatuvini tashkillashtirish va o`tkazilish jarayoni, O`zbekistonda qishloq xo`jaligi statistikasi bilan bog`liq masalalarga izox berildi.
KOSTAT vakillari Koreyada muntazam o`tkaziladigan aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olinishi to`g`risida prezentatsiyalarini namoyish qilishdi.
Tashrif doirasida KOSTAT vakillarini Samarqand viloyati statistika boshqarmasiga tashrifi tashkillashtirildi.
25.05 - 01.06.2014y. Goskomstat vakillarining statistik ma`lumotlarni tarqatish jarayonida ma`lumotlarni vizuallashtirish, statistik tizimni yaxshilash borasida Koreya strategiyasini o`rganish, uy xo`jaliklari daromad va harajatlari kuzatuvi jarayonida elektron kundalikdan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.
Uchrashuv davomida Goskomstat amaliyotida qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxlari bo`yicha statistik kuzatuvlarni tashkillashtirish borasida fikrlar almashinuvi bo`lib o`tdi. Goskomstat vakillari Koreyaning qishloq xo`jaligi statistikasi va guruch yetishtirish kuzatuvini tashkillashtirish tartibi bilan tanishib chiqishdi.
Uchrashuv doirasida Goskomstat vakillari Dong-nam xududiy statistik boshqarmasi faoliyati bilan tanishishdi.
17.09 - 20.09.2013y. KOSTAT vakillarining ishchi kuchi kuzatuvlarini internetdan foydalangan holda tashkillashtirish, uy xo`jaligi daromad/xarajatlari kuzatuvlarida, uy xo`jaligi turmush darajasi kuzatuvlarida va moliyaviy kuzatuvlarida elektron jurnaldan foydalanish bo`yicha tajriba almashish borasida Goskomstatga tashrifi.
KOSTAT vakillari O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy statistikani qamrab oluvchi sohalar, ularning statistik kuzatuv usullari, statistik kuzatuvlar jarayonida, statistik ma`lumotlarning davriyligini shakllantirishda Goskomstat tomonidan foydalaniladigan statistik hisobot turlari, statistik nashrlar va foydalanuvchilar turlari bilan qisqacha tanishib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuv doirasida yuqorida ko`rsatilgan mavzularda namoyish etilgan prezentatsiyalar bo`yicha qiziqtirgan savollar muxokama qilindi.KOSTAT delegatsiyasi 19- 20- sentyabr kunlari tashrif dasturiga binoan Samarqand viloyat statistikasiga tashrif buyurib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.
18.06 – 22.06.2012 y. Goskomstat vakillarining milliy statistika tizimlarining tuzilishi va faoliyati bo`yicha tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.
19- dan 21- iyunga qadar Tedjon va Sunchen shaharlarida O`zbekiston va Koreya statistika vakillarining statistik tizimni muvofiqlashtirish va strategik rejalashtirish, sifat tizimini joriy qilish, statistika tizimida Internet-texnologiyalarni amaliyotda qo`llanishini tashkil etish bilan bog`liq masalalarda muzokaralar bo`lib o`tdi.
Tashrif doirasida tomonlarning tegishli taqdimotlari namoyish etildi.
Shuningdek Goskomstat vakillari KOSTATning hududiy boshqarmalari faoliyati, ularning statistik ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlashda foydalanadigan texnologiyalari bilan tanishib chiqishdi.
22.08 - 26.08.2011 y. KOSTAT vakillarining Anglashuv Memorandumini imzolash, davlatlarning milliy statitika tizimlari bilan o`zaro tanishuvi borasidagi Goskomstatga tashrifi.
2011- yil 24- avgust kuni Goskomstat va KOSTAT o`rtasida statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida KOSTAT delegatsiyasi O`zbekiston Respublikasi statistika tizimi va davlat statistikasi rivojlanishining yakin istiqboldagi asosiy yo`nalishlari bilan tanishishdi. Tomonlar, shuningdek, statistika sohasidagi hamkorlik mavzusida muzokaralar o`tkazishdi.
Uchrashuv mobaynida KOSTAT vakillari Samarqand viloyat statistika boshqarmasiga tashrif buyurishdi hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.