O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosarining funksional vazifalari

- Davlat statistika sohasiga oid qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining ijrosini ijtimoiy statistika yo`nalishida o`z vaqtida ta`minlash choralarini ko`rish;

- Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha bo`yicha statistika kuzatuvlarini o`tkazilishi, statistik ma`lumotlarning to`liqligi, haqqoniyligi va o`z vaqtida taqdim etilishini muvofiqlashtirish;

- O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy, demografik, mehnat bozori, aholi turmush darajasi, ta`lim, sog`liqni saqlash va xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo`yicha statistik axborotlarni shakllantirilishini tashkil etish;

- davlat boshqaruvi organlariga ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirilishi monitoringi uchun statistik axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish;

- ijtimoiy statistika ma`lumotlarini yig`ish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;

- ijtimoiy soha va xizmatlar statistikasiga oid davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, joriy etish va statistika kuzatuvlarini o`tkazish usullari bo`yicha takliflar tayyorlash ishlarini tashkil etish;

- davlat statistikasi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;

- ijtimoiy va xizmatlar sohasida xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlar reyting baholarini tuzish uchun foydalaniladigan axborot manbalarini o`rganishni muvofiqlashtirish, ular asosida shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ko`rsatkichlar tarkibini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishni tashkil etish;

- ijtimoiy statistika sohasidagi ilg`or xorijiy tajribani o`rganish, umumlashtirish va tarqatish ishlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro tavsiyalar asosida ko`rsatkichlarni hisoblash metodikalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish;

- ijtimoiy statistika, hisobot ko`rsatkichlari va o`tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarini tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini, statistika axborotlaridan foydalanishning qulayligi va oshkoraligini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi muvofiqlashtirish;

- mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.