O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining birinchi o‘rinbosаrining funksional vazifalari
- Respublika iqtisodiyotining rivojlanish holati, iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilish holati to`g`risidagi yillik va choraklik statistik va tahliliy materiallarni tayyorlash va e`lon qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
- milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishini, aholi turmush darajasidagi sifat o`zgarishlarini yanada to`liq aks ettiradigan yig`ma statistik axborotlarni tezkor va sifatli tayyorlash ishlarini tashkil etish;
- makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar tizimi ko`rsatkichlarini shakllantirish, tahlil qilish, e`lon qilish tizimiga xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlar tajribasini joriy etish ishlarini tashkil etish;
- statistik ma`lumotlarni hisobga olish amaliyotiga xalqaro standart va qoidalar talablarini hisobga olgan holda, narxlar statistikasi bo`yicha ma`lumotlarni o`z muddatida va sifatli tayyorlanishini ta`minlash;
- statistik klassifikatorlarni, metama`lumotlar va sifatni boshqarish tizimini joriy etish, yuritish va rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
- davlat statistika kuzatuvlari tizimini doimiy asosda takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish;
- davlat statistika hisobotlarini qabul qilish jarayonida, tadbirkorlik subyektlariga yuqori darajada qulay shart-sharoitlarni ta`minlash bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- Xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlar reyting baholarini tuzish uchun foydalaniladigan axborot manbalarini shakllantirish va tarqatiladigan statistik ko`rsatkichlar tarkibini kengaytirish ishlarini amalga oshirish;
- statistik axborotlarning maksimal darajada ochiq-oydinligi va oshkoraligini, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko`rsatkichlari va materiallarini Хalqaro statistik tashkilotlar bilan almashuvini tashkil etish;
- mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.


