O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining birinchi o‘rinbosаri
1978 yil 28 noyabrda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi - matematik. 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umid” jamg‘armasi granti asosida AQShning Arizona universitetini “Matematika” va “Iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan.
2006 yilda Yaponiyaning Xitotsubashi universitetini “Davlat moliyasini boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasi bilan tugatgan.
2001-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Davlat byudjeti Bosh boshqarmasida birinchi toifali iqtisodchidan bo‘lim boshlig‘igacha bo‘lgan lavozimlarda;
2009-2012 yillarda “O‘zavtosanoat” AK tizimidagi “O‘zavtosanoatlizing” lizing kompaniyasida menedjer lavozimida;
2012-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar siyosat departamentida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va direktor o‘rinbosari lavozimida;
2015-2018 yillarda Markaziy bankning Moliya-iqtisod departamenti direktori lavozimida;
2018-2020 yillarda Markaziy bankning Statistika va tadqiqotlar departamenti direktori lavozimida ishlagan.
2020 yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Oilali, uch nafar farzandi bor.


