O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari

1970- yil 10- oktyabrda Buxoro viloyati, Qorako`l tumanida tug`ilgan. Mutaxassisligi bo`yicha huquqshunos. 2000- yilda O`zbekiston Milliy universitetini, 2005- yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Yuridik fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD).

1986-1988- yillarda “Oktyabr” jamoa xo`jaligida ishlagan.

1988-1990- yillarda harbiy xizmatda bo`lgan.

1990-1991- yillarda Buxoro viloyati Qorako`l tuman sudida ishlagan.

1991-1993- yillarda Toshkent yuridik texnikumi talabasi bo`lgan.

1993- yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huquqshunosi bo`lib ishlagan.

1994-2005- yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limida 2-toifali mutaxassis, 1- toifali mutaxassis, bo`lim boshlig`ining 1- o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2004-2005- yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo`lgan.

2005-2006- yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2006-2007- yillarda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Pensiya ta`minotini tashkil etish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2007-2008- yillarda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Pensiya ta`minoti boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2008-2010- yillarda Buxoro viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2010-2011- yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2011-2017- yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

2017- yilning avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisining ijtimoiy statistika bo`yicha o`rinbosari etib tayinlangan. Hozirda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Pensiya va sug`urta ishi” kafedrasida pedagogik faoliyatini olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 1 ta o`quv qo`llanma, 3 ta monografiya, 8 ta o`quv-uslubiy ishlari chop etilgan.

Oilali, ikki o`g`il va bir qizi bor.