O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamrayev qo‘mita markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yosh xodimlarning kasbiy rivojlanishi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda statistika sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qo‘mita raisi yoshlarning faol ishtiroki va yangicha yondashuvlari sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.


Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ish jarayonlari, malaka oshirish, raqamlashtirish hamda xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.


