Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatida sunʼiy intellekt boʻyicha master-klass tashkil etildi. Tadbir zamonaviy raqamli texnologiyalardan, xususan sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan ish jarayonlarida samarali foydalanish boʻyicha xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Master-klass davomida sunʼiy intellektdan toʻgʻri va samarali foydalanish usullari, amaliy tavsiyalar, axborot xavfsizligi qoidalari hamda sunʼiy intellektni ish faoliyatiga joriy etish bilan bogʻliq dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.


