Joriy yilning 17-20-noyabr kunlari Milliy statistika qo‘mitasida xorijiy xizmat safarida bo‘lib qaytgan mas’ul xodimlar tomonidan yosh xodimlar uchun taqdimotlar o‘tkazildi.

p

p

Taqdimotlar davomida xizmat safari chog‘ida orttirilgan tajriba, xorijiy amaliyotda qo‘llanilayotgan ish usullari hamda ularni mahalliy sharoitda joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

p

p

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuvlar natijalari va amaliy xulosalar taqdim etildi. Taqdimotlar yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.