Joriy yilning 17-dekabr kuni Milliy statistika qo‘mitasida rais o‘rinbosarlari hamda yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish va kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, yoshlar yetakchisi U. Sayfullayev tomonidan qo‘mita tizimida yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar, joriy loyihalar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.


Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashildi va takliflar tinglandi.



