Milliy statistika qo‘mitasida yosh xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda xalqaro ekspert Ralph Hakkert ishtirok etib, demografik jarayonlarni statistik tahlil qilish, xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Seminar davomida demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va talqin qilish, aholi jarayonlarini tahlil etishda zamonaviy usullardan foydalanish hamda xalqaro amaliyotni milliy statistika tizimiga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va mavzu yuzasidan amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.


