2026-yil 23-iyul kuni Milliy statistika qo‘mitasida yosh xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi loyihalar, raqamli yechimlar va axborot tizimlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Taqdimot davomida Qo‘mita markaziy apparatining boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar tomonidan statistika tizimini yanada takomillashtirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan loyihalar namoyish etildi.

Har bir loyihaning maqsadi, ishlash mexanizmi, funksional imkoniyatlari, amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida savol-javob va fikr almashish jarayonlari tashkil etilib, taqdim etilgan ishlanmalarni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir yakunida istiqbolli loyihalarni Qo‘mita tizimida sinovdan o‘tkazish, amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish hamda yosh xodimlarning ilg‘or tashabbuslarini muntazam qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



