2026-yil 24-sentabr kuni Milliy statistika qo‘mitasida tashkil etilgan tadbirda giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir ijtimoiy oqibatlari hamda yoshlarni bunday illatlardan asrash masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.

photo_2026-09-28_17-47-01-2_p78673

photo_2026-09-28_17-47-13_p79419

Tadbirda Raisning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Q. Ahmedov tomonidan giyohvandlikning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, uning oldini olishda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tushuntirish ishlarini kuchaytirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

photo_2026-09-28_17-46-57_p94347

Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashish faqat muayyan tashkilotlarning emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasi ekani ta’kidlandi. Xodimlarga ushbu illatning salbiy oqibatlari, undan himoyalanish va profilaktika choralari bo‘yicha tegishli tushunchalar berildi.

photo_2026-09-28_17-46-48_p34795