O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o`rinbosari
1985– yil 28– mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Telekommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi, iqtisodchi. 2007– yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2010– yil Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini, 2018– yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
2007- yildan 2008- yilgacha Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi aloqa va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, tizimlari va xizmatlari ilmiy tadqiqot bo‘limi muhandisi, 2-toifali muhandis;
2008- yildan 2010- yilgacha Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini tamomlagan;
2010- yildan 2011- yilgacha «O‘zbektelekom» AK Simli tarmoqlarni rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
2011- yildan 2012- yilgacha «O‘zbektelekom» AK Biznes va investitsiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish departamenti yetakchi mutaxassisi, «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va investitsiyalar departamenti direktor o‘rinbosari;
2012- yildan 2015- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi boshlig‘i;
2015- yildan 2016- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi boshlig‘i, Telekommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i;
2016- yildan 2018- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi iqtisodiyot menejmenti yo‘nalishi tinglovchisi;
2017- yildan 2019- yilning may oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari ATD Telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta xizmatlari va arxiv ishini rivojlantirish masalalari sho‘basi mudiri, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
2019- 2023- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2023- yilning 31- yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-37-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oilali, uch nafar farzandi bor.