Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
R. Maxammadiyev 1988-yil 13-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy, 2010-yilda Toshkent moliya institutini “Moliya” yoʻnalishi boʻyicha va 2017-yilda Koreya ilgʻor ilm va texnologiyalar institutini tamomlagan.
2011-yildan 2013-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toʻlov tizimi va axborotlashtirish departamenti Toʻlov tizimi va hisob-kitoblar boshqarmasi yetakchi va bosh iqtisodchisi;
2013-yildan 2014-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toʻlov tizimi va axborot texnologiyalari departamenti Toʻlov tizimi va hisob-kitoblar boshqarmasi bosh iqtisodchisi;
2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Matbuot xizmati boshligʻi oʻrinbosari;
2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar siyosat departamenti Pul va moliya bozorini hamda iqtisodiyotda inflyatsiyani tahlil qilish boshqarmasi bosh iqtisodchisi vazifasini bajaruvchi;
2017-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti Inflyatsiyani tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi Narxlar dinamikasini tahlil qilish va prognozlash boʻlimi boshligʻi;
2018-yildan 2019-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti Inflyatsiyani tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi boshligʻi;
2019-yildan 2021-yilgacha Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Vashingtondagi shtab-kvartirasi ijrochi direktorining maslahatchisi;
2021-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy barqarorlik departamenti direktori;
2025-yilning 21-avgustidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-257-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Oilali, bir nafar farzandi bor.


