Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 179 taga ko‘p.
2021- yilning may oyida O‘zbekistonga 49 ta elektromobil olib kelindi, bu aprel oyiga qaraganda 16 taga kam.
2021- yilning yanvar - may oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 166 ta
Turkiya – 24 ta
Koreya – 5 ta
AQSh – 5 ta
Germaniya – 3 ta
Litva – 1 ta
Ispaniya – 1 ta
Matbuot xizmati