Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan.
Bu 2020- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga ko‘p.
2021- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 13,8 ming tonna
Rossiya – 8,6 ming tonna
Qirg‘iz R. – 4,7 ming tonna
Ukraina – 212,3 tonna
Belarus – 142,2 tonna
Polsha – 67,0 tonna
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-may oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan.
Matbuot xizmati


