Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar-may oylarida jami 173 dona traktor ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 72,2 % ga kamaygan.
Ishlab chiqarilgan traktorlar soni (yanvar-aprel oylarida):
2019- yil - 338 dona
2020- yil - 623 dona
2021- yil - 173 dona
Eslatib o‘tamiz, 2021- yilning yanvar-may oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida jami 283 dona kultivator ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43,7 % ga kamaygan.
Matbuot xizmati



