O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 20- maydagi 01-07/1-953-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq, mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tizimida “Yilning eng faol yosh statistigi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovning barcha hududiy bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlovning respublika bosqichi ham qizg‘in kechdi. Berilgan shartlarda eng faol qatnashgan ishtirokchilar orasidan g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Ko‘rik-tanlovning 1- o‘riniga Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimi Jalolov Farhodbek sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimi Diyorbek Yoqubboev qo‘lga kiritdi. Davlat statistika qo‘mitasi xodimi Muhriddin Abdullaev tanlovning uchinchi o‘riniga munosib ko‘rildi.
G‘olib va sovrindorlar qo‘mita tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Matbuot xizmati


