Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

sportichi1280621

sportichi2280621

Ayni maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-son farmoni qabul qilingan. Farmonda nazarda tutilgan vazifalar  ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.sportichi3280621

sportichi4280621

Jumladan, 2021- yilning 26- iyun kuni hududiy statistika boshqarmalarida “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish chora-tadbirlari dasturi” yuzasidan xodimlar o'rtasida mini-futbol, shaxmat, futbol va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.

sportichi5280621

sportichi6280621

Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, qo`mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

 

Matbuot xizmati