Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Yorqin hayot mahallasida aholi turar- joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar tashkil etdi.

yangihayotichi2

Hashar davomida ushbu mahalladagi ko‘chalar tozalanib, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazon va boshqa chiqindilar olib tashlandi, tuproq va qum-shag’allar bilan chuqur joylar to’ldirilib, past-baland yerlar tekislandi.

yangihayotichi4

yangihayotichi3

yangihayotichi5

Shuningdek, qo‘mita xodimlari tashabbusi bilan mazkur mahalladagi ko‘p qavvatli uylar аtrofidagi daraxtlar butalib, oqlandi.

yangihayotichi6

yangihayotichi7

yangihayotichi8

 

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati