Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar -may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 mln. AQSh dollariga  oshgan.

mawina

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

 

Qozog‘iston – 127,1 mln.

Afg‘oniston – 2,7 mln.

Ukraina – 2,3 mln.

Qirg‘iz R. – 1,0 mln.

Rossiya – 955,9 ming

Ozarbayjon – 444,7 ming

Tojikiston – 339,1 ming AQSh dollari

 

 2021- yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Matbuot xizmati