Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.bekichi1

bekichi2

Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi va hududiy statistika boshqarmalari ham faol qatnashmoqda.

bekichi3

bekichi4

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Sirdayo”, “Turkiston” va “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida hasharlar tashkil etmoqda.

bekichi5

Jumladan, mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.bekichi6

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig’ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlandi.

bekichi7

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 Matbuot xizmati