Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Yorqin hayot mahallasida aholi turar-joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar tashkil etdi.
Hashar davomida ushbu mahalladagi ko‘chalar tozalanib, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazon va boshqa chiqindilar olib tashlandi, tuproq va qum-shag’allar bilan chuqur joylar to’ldirilib, past-baland yerlar tekislandi.
Shuningdek, qo‘mita xodimlari tashabbusi bilan mazkur mahalladagi ko‘p qavvatli uylar аtrofidagi daraxtlar butalib, oqlandi.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati





