Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Yorqin hayot mahallasida aholi turar-joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar tashkil etdi.yangiichi10507

yangiichi20507

yangiichi30507

Hashar davomida ushbu mahalladagi ko‘chalar tozalanib, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazon va boshqa chiqindilar olib tashlandi, tuproq va qum-shag’allar bilan chuqur joylar to’ldirilib, past-baland yerlar tekislandi.yangiichi40507

yangiichi50507

yangiichi60507

Shuningdek, qo‘mita xodimlari tashabbusi bilan mazkur mahalladagi ko‘p qavvatli uylar аtrofidagi daraxtlar butalib, oqlandi.yangiichi70507

yangiichi80507

yangiichi90507

yangiichi100507

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

 

Matbuot xizmati