Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sportichi105072021

Ayni maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son farmoni qabul qilingan. Farmonda nazarda tutilgan vazifalar  ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Sportichi205072021

Jumladan, Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi hodimlari o‘rtasida futbol sport turi bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.

Sportichi305072021

Sportichi405072021

Ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi.

Sportichi505072021

Shuningdek, boshqarmada faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

 Matbuot xizmati