Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.perepisichi1080721

Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi va hududiy statistika boshqarmalari ham faol qatnashmoqda.perepisichi2080721

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Sirdayo”, “Turkiston” va “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida hasharlar tashkil etmoqda.perepisichi3080721

Hashar davomida ushbu mahalladagi ko‘chalar tozalanib, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazon va boshqa chiqindilar olib tashlandi, tuproq va qum-shag’allar bilan chuqur joylar to’ldirilib, past-baland yerlar tekislandi.perepisichi4080721

perepisichi5080721

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 Matbuot xizmati