Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanida aholi turar-joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar tashkil etdi.yengixayotichi12072021

yengixayotichi112072021

Hashar davomida mahalladagi ko‘chalar tozalanib, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazon va boshqa chiqindilar olib tashlandi, tuproq va qum-shag’allar bilan chuqur joylar to’ldirilib, past-baland yerlar tekislandi.

yengixayotichi212072021

yengixayotichi312072021

Ishchi guruh vakillari Yangihayot tumanidagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olinib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda.

yengixayotichi412072021

yengixayotichi512072021

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

 

Matbuot xizmati