13/07/2021

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan. 

perepisichi113072021

perepisichi213072021

Joriy yilning may oyida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish o`tkazilishi ko`zda tutilgan 4 ta hududda uy-joy ro`yhаtini tuzuvchilar tomonidan o’z uchaskasini xatlovdan o’tkazish davomida respondentlar yashaydigan, vaqtincha bo’lib turgan yoki yashashi mumkin bo’lgan barcha binolar ro’yxatini aniqlash va kartografik materiallarni tekshirildi, ularga tegishli belgi qo’yish yuzasidan ishlar tashkil etildi.

perepisichi313072021

perepisichi413072021

perepisichi513072021

Davlat statistika qo‘mitasi  Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi xodimi N. Shukurov hamda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hokimi O’. Atemov boshchiligida Yuqori Chirchiq tumani hokimligida tuman faollari, statistika bo’limi  va  kadastr agentligi hodimlari bilan birgalikda kartalarga tegishli o’zgartirishlar kiritilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.   

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech