Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 899 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, ushbu sohada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 844 tani tashkil etmoqda.
2021- yil yanvar - iyun oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 175 ta
Farg‘ona viloyati – 103 ta
Samarqand viloyati – 87 ta
Toshkent viloyati – 77 ta
Matbuot xizmati


