Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yil yanvar - iyun oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 54 693 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 7 053 taga ko‘p.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
Toshkent shahri – 9 139 ta
Qashqadaryo viloyati – 6 637 ta
Samarqand viloyati – 5 260 ta
Toshkent viloyati – 4 706 ta
Farg‘ona viloyati – 4 659 ta
Namangan viloyati – 3 515 ta
Surxondaryo viloyati – 3 311 ta
Andijon viloyati – 3 188 ta
Buxoro viloyati – 3 135 ta
Jizzax viloyati – 2 518 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 2 471 ta
Xorazm viloyati – 2 405 ta
Navoiy viloyati – 2 379 ta
Sirdaryo viloyati – 1 370 ta
Matbuot xizmati


