23/07/2021

Joriy yilning 23- iyul kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida  “Aholini ro`yxatga olish” mavzusida  o’quv seminari tashkil qilindi.

permoblojka

Seminarda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.permoblojka

Shuningdek, seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.permoblojkapermoblojka

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech