24/07/2021

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan. pern1

Joriy yilning may oyida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish o`tkazilishi ko`zda tutilgan 4 ta hududda uy-joy ro`yhаtini tuzuvchilar tomonidan o’z uchaskasini xatlovdan o’tkazish davomida respondentlar yashaydigan, vaqtincha bo’lib turgan yoki yashashi mumkin bo’lgan barcha binolar ro’yxatini aniqlash va kartografik materiallarni tekshirildi, ularga tegishli belgi qo’yish yuzasidan ishlar tashkil etildi.pern1

pern1

Davlat statistika qo‘mitasi  Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida kadastr agentligi hodimlari bilan birgalikda kartalarga tegishli o’zgartirishlar kiritilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.  pern1

pern1

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech