24/07/2021

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.yangihayot1

yangihayot2

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etilmoqda.yangihayot3

yangihayot4

Jumladan, Yorqin Hayot mahallasidagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlandi.yangihayot5

 Ishchi guruh vakillari Yangihayot tumanidagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda.

yangihayot6

yangihayot7

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.yangihayot8

yangihayot13

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech