Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.perepisichi1270721

perepisichi2270721

Joriy yilning may oyida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan hududlarda uy-joylar ro‘yxati tuzilib, aholi soniga aniqlik kiritilgan holda xonadonlar ro‘yxati to‘liq yangilab chiqildi.

perepisichi3270721

perepisichi4270721

Bajarilgan ishlar natijasi bo‘yicha xaritalardagi  aniqlangan xato va kamchiliklarini tuzatish, lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish uchun hududiy  kadastr agentligiga topshirilib, qayta ishlab chiqildi.

perepisichi5270721

perepisichi6270721

2021- yil 27- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi xodimlari tomonidan sinov hududlarining yangilangan xaritalari holati  muhokama qilindi.

Matbuot xizmati